O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Gruntni suvda oqizib to‘kilmalarni hosil qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Gruntni suvda oqizib to‘kilmalarni hosil qilish.
Gruntni joylashtirish (suvda 
oqizib hosil qilish) quyqadagi grunt zarrachalarining o‘tirishi natijasida ro‘y 
beradi, bunda uning tezligi kritik tezlikdan past bo‘ladi.


179 
Dastlab 
suv oqizib yuviladigan xaritasi
deb nomlangan, quyqa oqib 
tushadigan maydon atrofida do‘ngliklar hosil qilinadi. (bo‘ldozer yordamida bu 
hudud perimetri bo‘ylab berilgan balandlikda grunt do‘ngliklari hosil qilinadi). Suv 
oqiziladigan yuvilish xaritasining eni tiklanadigan to‘kilma asosining eniga teng 
qilib olinadi, xaritaning uzunligi 100...200 m oraliqda qabul qilinadi. Suv oqizib 
yuviladigan xarita enining uning uzunligiga nisbatan optimal nisbati 1: 3 dan 1: 8 
gacha bo‘ladi. Shunga bog‘liq ravishda xaritaning uzunligi ko‘pincha bu nisbatga 
keltiriladi, ya’ni bu uzunlik kamaytiriladi yoki uzaytiriladi. 
Bir vaqtning o‘zida ish joyida kamida uchta xarita-qamrov joylashishi lozim: 
birinchi xarita-qamrovda 
quyqani tindirish
, ikkinchisida 
quyqani uzatish

uchinchisida esa 
do‘ngliklar hosil qilish
joylashadi. Bu xaritalarda navbat bilan 
gruntni yuvish, tindirish (suvsizlantirish) va keyingi qatlamni suv oqizib yuvishga 
tayyorgarlik ishlari bajariladi. Har bir xarita konturi bo‘ylab buldozer yordamida 
quyqaning yuviladigan qatlami balandligida yer do‘ngliklari tiklanadi va bu xarita 
chegarasida oldindan o‘rnatilgan, xarita chegarasiga chiqarilgan quvurga ega 
bo‘lgan drenajli (suv yig‘uvchi) quduq o‘stiriladi. 
Quyqani oqizib yuvish va tashishning mavjud bo‘lgan estakadali va 
estakadasiz usullaridan ko‘proq foydalaniladi (5.33. - rasm). 
Gruntni oqizib yuvib joylashtirishning 
estakadali usuli
shundan iborat 
bo‘ladiki, bunda magistral quyqa oqizgich quvurlarii to‘kilmaning bo‘ylama o‘qi 
bo‘ylab inventar estakadalarga joylashtiriladi, bu estakadalarning balandligi 
tiklanayotgan to‘kilmaning balandligidan yuqoriroq bo‘ladi.


180 
5.33 rasm. Gruntni oqizib yuvib joylashtirish: 
a – estakadali usul bilan; b – past estakadali usuli; 1 – do‘nglik; 2 – quyqa oqizgich; 3 – 
suv yig‘adigan quduq (drenaj); 4 – suvni chetlatuvchi quvur; 5 – yuvilib cho‘ktiriladigan grunt 
qatlamlari; 6 – quyqa oqizgichning ko‘chiriladigan tayanchi. 
Quyqaoqizgichdan quyqa ketma-ket xaritaga yoki oqizib yuvish 
uchastkasiga uzatiladi. Bu usul keng to‘kilmalarni oqizib yuvib cho‘ktirish uchun 
qo‘llanadi. Yuvishning ikki usuli – quyqa oqizgichning ko‘ndalang tomonidan olib 
boriladigan past estakadali oqizib yuvish va, quyqa oqizgichning oxirgi bug‘ini 
(zvenosi)ning yon teshiklari orqali amalga oshiriladigan yuqori estakadli oqizib 
yuvish. 
Estakadasiz usul
shunisi bilan farqlanadiki, unda magistral quyqa 
oqizgichlar to‘kilmadan tashqarida joylashtiriladi, ya’ni ularni bo‘lajak to‘kilma 
tag qismi yoniga xaritaning ikkala tomonidan joylashtiriladi va har bir 10...20 m 
dan keyin quyqa oqizgichga patruboklar (qisqa truba) biriktiriladi, o‘z navbatida 
ularga teshiklarga ega bo‘lgan gorizontal quvurlar biriktirilgan bo‘ladi, bu 
teshiklardan quyqa yuviladigan tekislikka oqib tushadi. Bu usul ancha ilg‘or 
usullardan biridir, chunki uning qo‘llanishi bir million kubometr gruntni yuvishda 
estakada hosil qilishga sarf bo‘ladigan 1000 kubometr atrofidagi yog‘och 
materiallarni tejash imkonini beradi. Gruntning eng yirik zarralari bu usulda 
to‘kilmaning yon qismlari bo‘ylab o‘tiradi (cho‘kadi), bu esa yon qismlarni 
mustahkamlaydi, demak ular suv bosimi qarshisidagi qurilayotgan damba, 
to‘g‘onlar va boshqa inshootlarni yanada ustivor qiladi.
To‘kilmalarning atrofidagi yer do‘ngliklari suvning bir marta yuvilishi 
uchun 1,0...1,5 m balandlikda tiklanadi, yuvilishning o‘zi esa joylashtirilayotgan 
gruntning drenajlanuvchanlik qobiliyatiga bog‘lik ravishda 20 dan 100 sm gacha 
qalinlikda bajariladi. Suvning yuvilayotgan to‘kilmadan tezroq oqib ketish 
jadalligini oshrish uchun 
chiqarib tashlovchi quduqlar
quriladi, ulardagi tiniq 
(aralash gruntdan bo‘shagan) suv to‘kilmaning chegarasidan tashqariga 


181 
yo‘naltiriladi. Grunt qatlamlarining yuvilish me’yoriga qarab quduqlar o‘z 
balandligi bo‘yicha o‘stirilib boriladi.
Oqizib yuvish usuli orqali to‘kilmalarni barpo etish gruntning sezilarli 
darajadagi zichligini ta’minlaydi, shu tufayli uni sun’iy ravishda zichlashtirish 
talab etilmaydi, to‘kilmalarga esa balandlik bo‘yicha keyingi tabiiy cho‘kishiga 
katta bo‘lmagan zahirani beriladi (qumli loy va loyli qum gruntlar uchun 1,5%, 
qumli gruntlar uchun esa 0,75 %). 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish