O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Gruntni gidromexanik usul bilan qazish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

5.9. Gruntni gidromexanik usul bilan qazish 
 
Gruntni gidromexanik usul bilan qazish va tashish suv oqimining katta 
tezlikda harakatlanib gruntni yuvilishiga va u zarrachalarni tezlik kamaymaguncha 
vaqt davomida surib borishi, natijada tezlik kamaygandan so‘ng zarrachalar cho‘ka 
boshlashiga asoslangan.
Gidromexanizatsiya butun jarayonni – gruntni qazish, uni to‘kilmaga tashish 
va joylashtirishni bir vaqtda suvning bir oqimi bilan amalga oshiradi.
Bu usulni katta hajmdagi ishlarni bajarishda, suv va elektr energiyasi 
resurslari yetarli bo‘lganda, to‘kilmalarni minimal cho‘kma bilan tiklash zarur 
bo‘lgan hollarda, qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Gidromexanizatsiyaning 
texnologik jarayoni gruntga zaboyda ishlov berish, uning suv bilan aralashib yarim 
suyuq massa (quyqa)ga o‘tishi, bu suyuq massani inshoot yoki uyumlash joyiga 
tashish, va cho‘kma holatiga olib keladigan joylashtirishni o‘z ichiga oladi. 
Gruntlarni qazish gidromexanizatsiya usullari 
gidromonitor
(gruntni suv 
oqimi bilan yuvish ) va ye
rni so‘rish 
(suv ostidan gruntni so‘rib olish)larga 
bo‘linadi.
Gidromonitor usul – 
quruq zaboyni kuchli suv oqimi bilan yuvish va 
suyultirilgan grunt (quyqa)ni tashishdan iborat. Bu usul foydali qazilmalarning 
yuzini ochish ishlari (foydali qazilmalarga bemalol erkin yetib borish uchun 
gruntlarning yuqori qatlamlarini ochiq usulda qazish va keyin qazilmalarni ochiq 
usulda qazib olish)da, qumli, qumli loy, loyli va boshqa gruntli qazilmalarini 
qazishda qo‘llanadi 


175 
Yerni so‘rish usuli
- suv ostida gruntni qazish, suyultirilgan gruntni so‘rib 
olish va quvurlar vositasida tashish bilan bajariladi. Bu usul kanallar qurish, 
dambalar, to‘g‘onlar, ko‘tarmalarni yuvish, hududlarni tekislashda, dengiz va 
daryo inshootlarini qurishda qo‘llaniladi. 
Gruntni gidromexanik qazish−eng qulay va iqtisodiy tejamkor usul bo‘lib, 
bunda avtomobil yo‘llari, temir yo‘llarini qurish va gruntni tashish uchun transport 
vositalariga zaruriyat bo‘lmaydi. Ishlarni olib borishning quruq usulida gruntni 
namlash, tekislash va zichlash kabi ishlar bu yerda bajarilmaydi, chunki bu ishlarni 
suv bajaradi. Gruntni qazish narxi ekskavator yordamida qazish bilan uzaro 
solishtirilganda 30...40% ga past; mahsulot ishlab chiqarish 1,5...2 marta yuqori. 
Agar yer ishlarini bajarishning butun tsiklining narxini olsak, u holda 
gidromexanizatsiya usulida bajarilgan ishlarning narxi boshqa usullarnikidan 
10...18 marta pastdir. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish