O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

5.24 – rasm. 
Skreperning harakatlanish (I) va gruntni kesish sxemalari (II): 


163 
a –ellips bo‘yicha; b – sakkiz ko‘rinishida; v – spiralli sxema; g – zigzagsimon sxema; 1 
va 2 − mos ravishda skreperni to‘ldirish va bo‘shatish joylari; 3 – skreperning harakatlanish 
yo‘li; 4 – grunt to‘kilayotgan ko‘tarma; d – ponasimon ko‘rinishdagi qatlam; ye – qirrali qatlam; 
j – o‘zgarmas qalinlikdagi yupqa qatlam. 
Elliptik sxema
fuqaro va sanoat qurilishida ayniqsa tekislash ishlarida tez-tez 
qo‘llaniladi. Bu sxemani qazilma qazishda va gruntni ishlashning balandligi 2 m 
gacha bo‘lgan 50...100 m uzunlikdagi baland bo‘lmagan chiziqli uchastkalarda 
to‘kilmalar barpo etishda, chiqish-tushish yo‘llari talab qilinmaydigan maydonlarni 
tekislashda qo‘llash yuqori samara beradi. Sxema tekislash ishlarida, chuqur 
bo‘lmagan qazilmalarni kovlashda va gruntni zahiraga joylashtirishda qo‘llaniladi. 
Har bir tsiklda gruntni bir marta yig‘ish, ikki marta 180

burchakka burish amalga 
oshiriladi. Aynan bitta yo‘nalishda (bitta tushish va bitta ko‘tarilish) bir marta 
to‘kish bajariladi.
 
Spiralsimon (xalqasimon) sxema
elliptik sxemaning turlaridan biri bo‘lib, u 
balandligi 2,0...2,5 m bo‘lgan keng to‘kilmalarni ikki yon tomondagi rezervlardan 
barpo etishda yoki chuqurligi 2,6 m gacha bo‘lgan qazilmalarni qazishda ko‘proq 
qo‘llaniladi. Eni cho‘michni bo‘shatish yo‘li uzunligiga teng yoki undan katta 
to‘kilmani barpo etishda ushbu sxemadan tez-tez foydalaniladi. Bunda maydondan 
tushish va qazilmadan chiqish yo‘llari talab etilmaydi, skreperni asosiy harakati 
barpo etilayotgan inshootga perpendikulyar yo‘naltiriladi, tashish uzoqligi 
kamayadi, ish unumdorligi oshadi.
Sakkizsimon sxema 
ham elliptik sxemaning bir turi deb sanaladi. 
Sakkizsimon sxema katta hajmli ishlarni bajarishda, yonlama zahiralardan 
balandligi 4...6 m bo‘lgan to‘kilmalarni barpo etishda, uzun qazilmalarni qazish va 
maydonlarni tekislashda, ayniqsa, murrakab relefga ega bo‘lgan maydonlarni, 
masalan grunt qazilmasining ikkita zonasi va bitta to‘kilmasi yoki akkarkasa 
bo‘lgan hollarda sakkizsimon sxemadan foydalaniladi. Bir tsiklda skreper gruntni 
ikki marta yig‘adi va ikki marta to‘kadi, shuning uchun skreper 
harakatlanayotganda uni navbatma-navbat chapga va o‘ngga burishni amalga 


164 
oshirish imkoniyatining mavjudligi, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi, 
ish tsikli vaqtini qisqartiradi.
Zigzag (ilonizi)
sxemasidan yonida joylashgan qazilmalardan uzunligi 200 m 
dan kam bo‘lmagan, ishchi uchastkalarida balandligi 6 m gacha bo‘lgan uzun 
to‘kilmalar (yo‘l, to‘g‘onlar) ni barpo etishda foydalaniladi. Bu sxema 
qo‘llanganda burilishlar soni kamayadi, bitta tsiklning davomiyligi qisqaradi, ish 
unumdorligi elliptik sxemaga nisbatan 15...20% ga o‘sadi. 
Mokisimon-ko‘ndalang sxema 
to‘kilmaning ikki tomonida joylashgan 
qazilmadagi gruntni unga to‘kish, shuningdek chuqurligi 1,5 m gacha bo‘lgan 
qazilmani qazishda va qazilgan gruntni ikki tomondagi uyumlarga surishda 
qo‘llanadi. Gruntni yig‘ish skreperning qazilma o‘qiga perpendikulyar holatda bir 
tomonga va boshqa tomonga harakatlanishi orqali amalga oshiriladi. Ushbu 
sxemadan foydalanilganda skreperning burilishlar soni, yuklangan va bo‘sh 
holatda harakatlanish yo‘li uzunligi qisqaradi. 
 
Skreperlar harakatlanishining 
mokisimon-bo‘ylama sxemasidan 
to‘kilmaning 
ikki tomonida joylashgan zaxiradan yoki qazilajak kanal uzanidan gruntni tashish 
orqali baland (4...6 m) to‘kilmalarni 45º dan katta bo‘lmagan qiyaliklar bilan hosil 
qilishda foydalaniladi. Mazkur sxema skreperning bo‘sh holatda yurish yo‘lini 
minimumgacha qisqartiradi, bitta tsiklda gruntni ikki marta to‘kadi va burilishlar 
soni qisqartiradi. 
Qurilish maydonini vertikal tekislashda elliptik va spiralsimon sxemalar 
qo‘llaniladi, ba’zi hollarda 
mokisimon-ko‘ndalang sxemadan 
ham foydalanish 
mumkin. Qiyin kovlanadigan gruntlarni qazishda ushbu gruntlar qazilishi lozim 
bo‘lgan qalinlikda oldindan yumshatiladi, buning uchun traktorlarga o‘rnatilgan 
osma yumshatuvchilar qo‘llaniladi.
Skreperlar cho‘michi bilan grunt qatlamlarini 0,12...0,35 m qalinlikda va 
zarur bo‘lgan enlikda kesadi (turli turdagi mashinalar uchun 1,65...2,75 m). 
To‘kilayotgan qatlamning eng katta qalinligi 0,35...0,5 m ni tashkil etadi. 
To‘kilayotgan grunt bir tekis qalinlikda bo‘lishi to‘kish faqat skreperning 
harakatlanish jarayonida amalga oshirish bilan bo‘ladi. Skreperlar o‘z cho‘michini 


165 
12...20 m yo‘l uzunligida to‘ldiradi, guntni to‘kish yo‘li uzunligi esa to‘ldirish yo‘li 
uzunligiga nisbatan qisqaroq bo‘ladi va bu masofa 9...15 m atrofida bo‘ladi. Qirqib 
olinadigan grunt qatlamining qalinligini oshirish, cho‘michni to‘ldirish vaqtini 
qisqartirish va grunt bilan to‘liq to‘ldirish uchun traktor-itargichlar qo‘llaniladi 
(2...6 ta skreperga bitta itargich).
Gruntning turi va zarrachalarining tortishishigiga qarab skreperlar 
yordamida gruntni qirqishning quyidagi sxemalari qo‘llaniladi (5.24 rasm): 
yupqa qatlam 
bilan har qanday yopishqoq gruntlarni doimiy ya’ni o‘zgarmas 
qilinligida qazishda (qirqish); 
ponasimon qatlam
(qalinligi o‘zgaruvchan) bilan yengil bog‘lanishli 
gruntlarni gorizontal uchastkalarda pichoqni maksimal chuqurlikka kiritib keyin 
uni bir maromda ko‘tarib qazishda; 
cho‘qqisimon qatlam
(cho‘michni navbat bilan o‘zgaruvchan chuqurliklarga 
kiritish va ko‘tarish) doimiy so‘nuvchi amplituda bilan quruq qumli loy va loyli 
gruntlarni qazishda. 
Skreperlar – quvvatli va chidamli mashinalardir. Ular yuklangan holatda 
18% gacha va bo‘sh holatda 40% gacha bo‘lgan qiyalikli tepalikka chiqa oladi, 
qiyaligi 45% gacha bo‘lgantepaliklardan pastga tusha oladi, qiyaligi 30% gacha 
bo‘lgan ko‘ndalang qiyaliklarda bemalol harakatlana oladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish