5.11. Qish sharoitida yer ishlarini bajarish
Qurilish ishlari yil davomida amalga oshiriladi, shunga bog‘liq ravishda
O‘zbekistonda umumiy yer ishlarining ozroq qismi qish sharoitlarida va ayrim
hollarda gruntning muzlagan holatida bajarishiga to‘g‘ri keladi.
Gruntni muzlagan holatda qazishning o‘ziga xosligi shundan iboratki, grunt
muzlaganda uning mexanik mustahkamligi oshadi, ishlarni bajarish esa
qiyinlashadi. Qishda gruntni qazishda mehnat sarfi ancha oshadi (qul ishlarida 4...7
marta, mexanizatsiyalashgan ishlarda 3...5 marta), ba’zi bir mexanizmlar –
ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, greyderlarni qo‘llash chegaralanadi, shu
bilan bir qatorda qazilmalarni qiyaliklarsiz (otkoslarsiz) bajarish mumkin. Ba’zida
shpuntli to‘siqlarga xojat qolmaydi. Konkret joy sharoitlariga qarab, gruntni
qazishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
gruntni muzlashdan saqlash izma-iz odatdagi usullar bilan
qazish.
gruntni eritish va uni erigan holatda qazish;
muzlagan holatdagi gruntni oldindan yumshatib qazish;
bevosita muzlagan gruntni qazish;
192
5.11.1. Gruntni muzlashdan asrash.
Issiqni saqlaydigan termoizolyatsion qoplamalar quyidagi usullar bilan
barpo etiladi: gruntni oldindan yumshatish, gruntni ag‘darish va boronalash, har
tamonlama kesishib yumshatish, isitgichlar bilan grunt yuzasini yopish va
boshqalar.
Gruntni oldindan yumshatish.
Gruntning yuzasi yumshatilganda, uning
yuqori qatlami havo bilan to‘lgan yopiq bo‘shliqlarni hosil qiladi, bu yopiq
bo‘shliqlar yetarli darajada issiqni saqlaydigan xususiyatga ega. Haydash 30...35
sm chuqurlikda traktorli omochlar yoki yumshatgichlar bilan amalga oshiriladi,
izma-iz 15-20 chuqurlikda boronalanadi.
Chuqur yumshatish
ekskavatorlar bilan 1,3...1,5 m chuqurlikda gruntni
qazib, keyinchalik bo‘lajak yer inshooti joylashadigan joyga irg‘itib to‘kiladi.
Yuzani
kesishib yumshatish
30...40 sm chuqurlikda bajariladi,
yumshatishning ikkinchi qatlami unga 60...90
0
burchak ostida joylashadi, har qaysi
keyingi yumshatib o‘tish avvalgisini 20 sm qoplab o‘tish bilan bajariladi. Qor
qatlamini qo‘shgan holda gruntni bunday ishlash gruntning muzlay boshlashini
2,5...3,5 oy orqaga suradi, muzlashningumumiy chuqurligi keskin kamayadi.
Grunt yuzasini isitkich materiallar bilan berkitish.
Buning uchun arzon
mahalliy materiallar - daraxt barglari, quruq mox (zaxda o‘sadigan o‘t), torfli
mayda-cho‘yda, poxol to‘shamalar, kipiq, qirindi, qordan foydalaniladi. Eng oddiy
usul – qatlamining qalinligi 20...40 sm bo‘lgan bunday isitgichlarni bevosita grunt
yuzasi bo‘yicha joylashlashtirishdan iboratdir. Bunday yuzali isitish asosan yuzasi
bo‘yicha katta bo‘lmagan qazilmalar uchun qo‘llanadi.
Havoli qatlam bilan berkitish.
Yanada samarali yo‘llardan biri mahalliy
materiallar va havoli qatlam bilan birgalikda berkitishdir. Buning uchun oldin
grunt yuzasida qalinligi 8...10 sm bo‘lgan tag to‘sinlar joylashtirili bularni o‘stiga
qalinligi 15...20 sm qalinlikda shamol uchirib ketmaslik choralari bilan pushtaxta
(taxtaning po‘stloq bilan qoplangan qismi) yoki boshqa qo‘lostida bo‘ladigan
materiallardan shox-shabba, xivich novdalar, qipiq, yog‘och payraxalar to‘kilib
193
chiqadi.Isitiladigan maydonning yon tomonlarini har tomondan 2...3 m ga
kengaytirish maqsadga muvofiqdir, chunki bu narsa gruntni nafaqat yuqoridan ,
balki yon tomondan ham muzlashdan himoyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |