8.2.2-jadval
Kredit bo‗yicha oylik to‗lov (100000 so‗mdan
10% dan 20 yilga)
965
Bozor me‘yoridagi oylik to‗lovlarning asl
qiymati (12% dan 20 yilda 965)
87642
Naqd to‗lov
50000
Tuzatilgan sotilish narxi (50000+87642)
137642
243
Tuzatilgan sotilish narxini olishning boshqa usuli bitim
me‘yoridagi oylik to‗lovni bozor me‘yoridagi oylik to‗lovga bo‗lishdan,
hamda natijani qarz kattaligiga ko‗paytirishdan iborat:
8.2.3-jadval
Foizning bitim me‘yoridagi oylik to‗lovi
965
Foizning bozor me‘yoridagi oylik to‗lovi
1101
Tuzatilgan kredit qiymati
87645
Naqd to‗lov
50000
Tuzatilgan sotilish narxi
137645
Endi shunday taxmin qilaylikki, mazkur bozorda tipik xaridor
qarzni o‗rtacha 8 yil davomida ushlab turadi, so‗ngra yo uni butunlay
to‗laydi yoki qayta shartnoma tuzadi, yoinki obyektni mavjud ipoteka
bilan birga sotadi. Bunday sharoitlarda qarzning haqiqiy qiymati egalik
qilish muddati davomidagi qarz bo‗yicha to‗lovlarning haqiqiy qiymati
summasi va bozorning foiz qo‗yilmasi sharoitidagi qarz qoldig‗ining
haqiqiy qiymati sifatida hisoblanadi:
8.2.4-jadval
Bitim me‘yoridagi oylik to‗lov
965
Haqiqiy qiymat oyiga 965, 8 yilda12% dan
59375
Qolgan to‗lovlarning haqiqiy qiymati oyiga
965, 12 yilda 10% dan
80749
To‗lovlar qoldig‗ining haqiqiy qiymati 8 yilda
12% dan
32613
Qarzning haqiqiy qiymati (59375+32613)
91988
Naqd to‗lov
50000
Tuzatilgan sotilish narxi
141988
Ko‗rsatilgan yondashishlar istalgan moliyalashtirish sharoitlaridagi
sotuvning bozorga nisbatan tuzatilgan narxiga olib kelishi mumkin.
Tuzatish uchun bozor va kelishuvning moliyaviy shartlari haqidagi
ma‘lumotlarning yetarli darajada mavjudligi zarur.
244
Sotuv shartlari
Sotuv shartlari uchun tuzatish sotuvchi va xaridor o‗rtasidagi
bozorga xos bo‗lmagan munosabatlarni aks ettiradi. Agar sotuvchi
mulkni darxol sotishi zarur bo‗lsa, sotuvchiga bosim qilinsa, kelishuv
ishtirokchilari o‗rtasida oilaviy, ish yuzasidan yoki moliyaviy aloqa
mavjud bo‗lsa, sotuv bozordan pastroq narxda amalga oshirilishi
mumkin.
Boshqa tomondan esa, agar xaridor uchun uning umumiy mulki
qiymati sezilarli oshsa yoki sotib olinayotgan mulk unga oila yodgorligi
sifatida qadrli bo‗lsa, sotuv bozordan yuqoriroq narxda bajarilishi
mumkin.
Sotuv
shartlari
uchun
tuzatishdagi
asosiy
qiyinchiliklar
kelishuvning uchramaydigan sabablarini yuzaga chiqarish va xususan
tuzatish
kattaligini
aniqlashdan
iboratdir.
Sotuvning
nobozor
shartlaridan shubhalanilgan taqdirda mazkur obyektni qiyosiy sotuv
sifatida juda ehtiyotkorlik bilan ko‗rib chiqish kerak.
Bozor ahvoli
Bozor ahvoli uchun tuzatish avvalo vaqt o‗tishi bilan yuz
beradigan bozor shartlarining o‗zgarishini hisobga oladi.
Inflyatsiya va deflyatsiya, soliq qonunlari va boshqa qonunlarning,
talab va taklif o‗zgarishlari bozor shartlarini o‗zgartiruvchi asosiy
omillar hisoblanadi. Bozor shartlari ham umuman, ham mulkning ayrim
turlari uchun o‗zgarishi mumkin.
Doimiy jismoniy va iqtisodiy parametrlarga ega bir obyektning
qayta sotilishi bozor ahvolining muqobil indikatoridir. Bunday
ma‘lumotlar mavjud bo‗lmaganda shunday obyektlarning bir bozorning
o‗zida sotilishini qo‗llash mumkin. Odatda bozor shartlarining o‗zgarishi
avvalgi narxlarning foizlarida o‗lchanadi.
Joylashish o„rni
Qiyoslash obyektining jo‗g‗rofiy o‗rni baholash obyekti o‗rnidan
farq qilgan vaqtda joylashish o‗rni uchun tuzatish talab qilinadi. Eng soz
tarzda tuzatish kattaligi bunday obyektlarning turli joylarda sotilishi
tahlilidan hosil qilinadi. Shuning uchun joylashish o‗rni uchun tuzatish
245
mazkur obyektlar uchun yer qiymatidagi farqni aks ettiradi, deyish
mumkin.
Jismoniy xususiyatlar
Deyarli har doim qiyoslash obyektlarining jismoniy xususiyatlari
bir-biridan ajralib turadi. Masalan, turli o‗lchovlar, konstruktiv tarkibiy
qismlar, materiallar sifati, yemirilish, tashqi ko‗rinishini olaylik. Bunga
atrof-muhit holatini, amaliy imkoniyatlar va estetik xususiyatlarni
qo‗shimcha qilish mumkin.
Jismoniy xususiyatlar uchun tuzatish har bir farqning tarkibiy
qismini muhokama etishni talab qiladi. Shuni ham aytib o‗tish kerakki,
tuzatish kattaligi biror-bir farqlanuvchi uskunaning qiymatiga har doim
ham teng bo‗lavermaydi, negaki aytaylik, tipik xaridorning har biri ham
ortiqcha me‘moriy qismlar uchun pul to‗lashga tayyor emasdir.
Iqtisodiy xususiyatlar
Qiyoslashning ushbu tarkibiy qismini odatda daromad keltiruvchi
obyektlarga nisbatan ishlatadilar. Sof joriy daromad miqdoriga ta‘sir
etadigan joriy xarajatlar, boshqaruv sifati, ijara to‗lovini tushirishlar,
ijara shartlari va muddatlari va boshqalar iqtisodiy xususiyatlar sanaladi.
Mulk huquqlari va bozor shartlarini iqtisodiy xususiyatlar qatoriga
kiritishdan juda ehtiyot bo‗lish zarur.
Foydalanish
Qiyoslash obyektlari tanlangan vaqtda sotuvdan so‗ng baholash
obyekti kabi ishlatilmaydiganlaridan voz kechish lozim. Masalan, sport
zali sotuvdan so‗ng yopiq avtomobillar to‗xtash joyi sifatida ishlatiladi.
Bunday holda sotilish narxi sport majmuasining bozor qiymatidan
yuqoriroq
bo‗lishi
mumkin.
Baholash
obyektidan
ehtimolli
foydalanishni aniqlash uchun mahalliy zonalashtirish me‘yorlariga
tayangan ma‘qul. Agar ikkita obyekt ularning bir xilda ishlatilishini
istisno
etadigan
turli
zonalarda
joylashgan
bo‗lsa,
ularni
qiyoslanuvchilar sifatida muhokama etib bo‗lmaydi.
Ko„chmas mulkka bog„liq bo„lmagan qiymat komponentlari
Mehmonxonalar, restoranlar, do‗konlar va boshqa shu kabi savdo
obyektlariga ko‗chmas mulkka bog‗liq bo‗lmagan komponentlarning
qiymatda borligi xosdir. Jihozlar, mebel, moslamalar, idish-tovoq va
246
boshqalarning qiymati alohida hisobga olinishi lozim, negaki bunday
o‗rinlarning iqtisodiy xususiyatlari ko‗chmas mulk xususiyatlariga mos
kelmaydi. Ijara to‗lovi asosida ko‗chmas mulk baholanganda baholash
va qiyoslash obyektlari uchun ko‗chmas mulkga bog‗liq bo‗lmagan
qiymat komponentlari albatta ajratilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |