O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
Nazorat savollari 
 
1.
Ko‗chmas mulklar tarkibiga qanday obyektlar kiritiladi? 
2.
Ko‗chmas mulk obyektlarini xususiyati va alomatlariga ko‗ra 
ajrating. 
3.
Ko‗chmas mulk obyektlari qanday tasniflanadi? 
4.
Ko‗chmas mulk turlari bo‗yicha qiymati qanday yondashuv va 
usullar asosida baholanadi? 
5.
Ko‗chmas mulk qiymatini baholash to‗g‗risida natijaviy 
hisobotni tuzish va mijozga topshirish qanday amalga oshiriladi? 


257 
 
9-bob. XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONIDA KO„CHMAS
MULK QIYMATINI BAHOLASH XUSUSIYATLARI 
 
9.1. Xususiylashtiriladigan ko„chmas mulk qiymatini 
baholashga davlat talablari 
Respublikada davlat mulkining keng ko‗lamli transformatsiyasi va 
ko‗p 
ukladli 
iqtisodiyotni 
yaratish 
jarayoni 
O‗zbekiston 
Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to‗g‗risida‖gi qonun (19-noyabr, 1991-yil) kuchga kirgan vaqtdan 
boshlandi. 
Davlat tasarrufidan chiqarish – bu jamoa va xususiy mulk turlariga 
o‗tishni anglatuvchi, davlat mulkini o‗zlashtirish bo‗yicha tadbirlar 
yig‗indisidir. Bu o‗zgarishlar natijasida davlat o‗zini to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
xo‗jalik boshqaruvi funksiyalaridan ozod etib, ularni mulkdor 
zimmasiga o‗tkazadi. Shuningdek, bu ko‗pchilik davlat mulkida bo‗lgan 
korxonalarni davlat boshqaruvi nazorat organlarining to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
nazoratidan chiqarilishi va ularni mustaqil jamoa korxonalari, 
kooperativlar, mehnat jamoalari, aksiyadorlik jamoalari yoki xususiy 
korxonalarga aylantirilishini bildiradi. Bu korxonalarga operativ 
mustaqillikni, moliyaviy avtonomlikni taqdim etish insonlarning xo‗jalik 
tashabbuslari va mehnat motivatsiyalarini kuchaytirishga yordam beradi, 
bu esa natijada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta‘minlashi 
lozim.
Xususiylashtirish – bu davlat egaligida bo‗lgan mulkni 
o‗zlashtirish jarayoni bo‗lib, u oldi-sotdi, ba‘zida xususiy shaxslar yoki 
ularning birlashmalariga o‗tkazish yo‗li orqali amalga oshiriladi. 
Xususiylashtirish – bu mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning 
yo‗nalishlaridan biridir. Bu atama lotincha ―privat‖ so‗zidan olingan 
bo‗lib, ―xususiy‖, ―o‗zlashtirilgan xo‗jalik‖ ma‘nolarini anglatadi. 
―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‗g‗risida‖gi 
qonunda xususiylashtirish davlat mulkidagi obyektlarni yoki davlat 
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini jismoniy yoki nodavlat yuridik 


258 
shaxslar tomonidan o‗zlashtirishi sifatida ta‘riflanadi. 
Aholining keng ommasini mulkka jalb qilish, mulkdorlar sinfini 
shakllantirish – davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 
maqsadli istiqboli hisoblanadi. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy 
shakllari: 

davlat 
korxonalarini 
jamoa, 
xo‗jalik jamiyatlari yoki 
shirkatlarga aylantirish; 

davlat korxonalarini, ijara mulkini keyingi sotib olish sharti 
bilan ijara shaklidagi korxonaga aylantirish; 

davlat mulkini tanlov va ―kim oshdi savdolari‖ orqali nodavlat 
yuridik va jismoniy shaxslarga sotish, hamda O‗zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga zid bo‗lmagan boshqa shakllarda sotish. 
Respublika fuqarolariga turar joylarni shaxsiy egalik uchun sotish 
(topshirish) davlat tasarrufidan chiqarishning boshlanishi hisoblangan 
bo‗lsa, kichik xususiylashtirish jarayonining ikkinchi bosqichi sifatida 
qaraldi va nihoyat, uchinchi bosqich o‗rta va yirik korxonalar mulklarini 
o‗zlashtirishni belgilab berdi. 
Davlat tasarrufidan chiqarishning eng muhim elementi bo‗lib 
bozor infratuzilmasi tashkilotlari: respublika fond birjasi va ko‗chmas 
mulk birjalarining yaratilishi, mulkni baholash faoliyati hamda axborot-
telekommunikatsiya tizimini qurish dasturini shakllantirish hisoblandi. 
Xususiylashtirish 
jarayonini 
yanada 
chuqurlashtirish 
xususiylashtirilgan obyektlar sonining o‗sishi va ko‗chmas mulk 
bozorining rivojlanishini ko‗zda tutadi. Rivojlanish yo‗llari: 

xususiylashtiriladigan mulkni baholash jarayonini tashkil etish 
va uni yaxshilash; 

xususiylashtiriladigan mulkni tender asosida realizatsiya qilish; 

korxonalarni xususiylashtirilganidan so‗ng qo‗llab-quvvatlash; 

aksiyalashtirish jarayoniga xorijiy kapital va aholi mablag‗larini 
yanada kengroq jalb qilish; 

fond bozorini yanada rivojlantirish. 
Bu 
jarayonda 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarilayotgan 
va 
xususiylashtirilayotgan mulkni adolatli va sifatli baholash muhim 


259 
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun O‗zbekiston Respublikasi ―Baholash 
faoliyati 
to‗g‗risida‖gi 
qonuniga, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli ―O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir 
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi va 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli 
―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va 
ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas‘uliyatini oshirish 
to‗g‗risida‖gi qarorlariga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Davlat 
mulki qo‗mitasi o‗zining 2009-yil 6-oktyabr 01/19-18/20-sonli qarori 
bilan O‗zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son 
MBMS) ―Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash‖ni 
qabul qildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son 
MBMS) ―Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash‖ning 
maqsadi xususiylashtirish obyektlari qiymatini aniqlash va baholash 
natijalarini aks ettirish me‘yorlari va qoidalarini belgilashdan iboratdir.

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish