O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Qiyoslash tarkibiy qismlarining tahlili va tuzatilishi



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Qiyoslash tarkibiy qismlarining tahlili va tuzatilishi 
Ko„chmas mulkga egalik qilish huquqlari 
Ko‗chmas mulk narxi ko‗p hollarda taqdim etilgan ko‗chmas 
mulkga egalik qilish huquqlaridan tushgan foyda bilan belgilanadi. 
Mulkni mavjud ijara shartnomalari bilan birga sotish bozorda odatdagi 
amaliyotdir. Shu bilan birga, agar bitimli ijara to‗lovi bozornikidan farq 
qilsa, unda mulkning bo‗lajak egasi bozornikidan tafovut qiladigan pul 
oqimlarini ijara shartnomasining qolgan muddati davomida oladi. 
Qiymat aniqlanishidagi bozor va bitimli ijara to‗lovi o‗rtasidagi 
farqni hisobga olish mulk huquqlarini tuzatish, deb ataladi. 
Bozor ijara to‗lovi va arzon joriy moliyalashtirish vaqtida to‗la 
mulk huquqi aniqlanishi qoidasi tuzatish asosida yotadi. 
Ikkita usul – bozor va bitimli ijara to‗lovi o‗rtasidagi farqni to‗g‗ri 
kapitallashtirish hamda ijaraning qolgan muddati davomida bu farqni 
diskontlash orqali mulk huquqlarini tuzatish kattaligi aniqlanadi. 
Kapitallashtirish usuli ijara muddatining cheklanmaganligi 
haqidagi farazga asoslanadi. Idora binosining to‗la mulk huquqini 
baholash talab qilinadi, deylik. Bozor tadqiqotlarining ko‗rsatishicha, 
yaqinda uzoq muddatli shartnomalar bo‗yicha ijaraga to‗la topshirilgan 
xuddi shunday idora binosi sotilgan. 
Masalan, bitimli ijara to‗lovi esa 1m
2
uchun 28 ni, bozorniki - 1m
2
uchun 30 ni tashkil qiladi deylik. 
Faraz qilaylik: sotilgan binoning ijara maydoni 3000m
2
ga, 
bozordagi kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyenti – 10% ga, 
foydalanilmaslik koeffitsiyenti – 5% ga, boshqaruv xarajatlari haqiqiy 
yalpi daromadning 3% ini tashkil etadi (boshqa xarajatlar hisobga 
olinmagan, negaki bu – sof ijara). 
Tuzatish kattaligini aniqlash uchun foydalanilmaslik va boshqaruv 
xarajatlari hisobga olingan ijara to‗lovidagi farq, ijara maydoniga 


241 
ko‗paytiriladi va natija kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyenti bilan 
kapitallashtiriladi: 
2.0 - 0.05 x 2.0 = 1.90 
1.9 - 0.03 x 1.9 = 1.84 
1.84 x 3000 = 5520 
5520/0.1 = 55200. 
Shunday qilib, tuzatish kattaligi plyus 55200 bo‗ladi. Agar bitimli 
ijara to‗lovi bozornikidan yuqoriroq bo‗lganda edi, unda tuzatish minus 
birligiga ega bo‗lardi. 
Mulk huquqlari uchun tuzatish kattaligini aniqlashning ikkinchi 
usuli ijaraning qolgan muddati davomida ijara to‗lovi farqini 
diskontlashdan iborat. Faraz qilaylik, biz ko‗zdan kechirayotgan 
qiyoslash obyektida ijara shartnomalari 10 yildan so‗ng tugaydi. Ijara 
to‗lovlari uchun diskontlashning bozor me‘yori esa 12% ni tashkil etadi. 
U holda, 12% ostidagi 10 yil davomidagi 5520 har yilgi yo‗qotishlarni 
diskontlash tuzatish kattaligini aniqlaydi: 
5520 x 5.650223 = 30692, 
bunda 5.650223 - 12% 10 yil davomidagi yagona annuitet haqiqiy 
qiymatining koeffitsiyenti. 
Shu tariqa, yuqorida aytilganlardan xulosa shuki, muddatsiz ijara 
taklif etilganida kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyentini qo‗llash 
tuzatish kattaligini oqlanmagan tarzda oshirib yuboradi. 
Moliyalashtirish shartlari 
Bozorga umuman bir xil xususiyatlarga ega bir necha obyekt 
sotuvga chiqarilgan, deb faraz qilaylik. Ularning hammasi sotilganidan 
keyin esa qiymatlari bir-biridan katta farq qilgani ma‘lum bo‗ldi. Buning 
eng ehtimolga yaqin sabablaridan biri bitimlarni moliyalashtirish 
shartlaridagi tafovutlardir. Masalan, xaridor katta sotilish narxiga 
ko‗nishi va bunda bozornikidan pastroq foiz qo‗yilmasi bilan 
sotuvchidan kredit olishi mumkin. 
Bitimlar ishtirokchilarining eng katta foyda olishga intilishlari 
hisob-kitoblarning turli variantlarini vujudga keltiradi. Bu variantlar esa 
o‗z navbatida obyektning sotilish narxiga ta‘sir qiladi. 


242 
Moliyalashtirish shartlari uchun tuzatishni hisoblash moliyaviy 
bitimlar mazmuniga bog‗liq bo‗ladi. Bunday hollarda ko‗pincha sotilish 
va moliyalashtirish shartlari uchun tuzatishlar birlashadi. 
Bitimning eng ko‗p tarqalgan shartlari yana shunday bo‗ladiki, 
unda sotuvchi bandlarni, ya‘ni qarz beruvchi kreditni taqdim qilishi 
uchun talab etgan qarz summasining foizlarini to‗laydi. Bu holda 
tuzatish uchun sotilish narxidan pulda ifodalangan bandlar kattaligi 
ayiriladi. 
Yana boshqa bir eng ko‗p tarqalgan hol – bu kelishuvning sotuvchi 
tomonidan moliyalashtirilishi, ya‘ni uning xaridorga ipoteka qarzini 
taqdim etishidan iborat. Bunday shartlarni tuzatish uchun foizning bozor 
me‘yoridagi ipoteka qarzining pul oqimlarini diskontlashni ishlatish 
mumkin. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, xaridor obyektni qarz 
muddati tugaguniga qadar sotishi mumkin, shu sababli diskontlash 
uchun qarz muddatlari kamaytirilishi mumkin. 
Ipoteka qarzi bozornikidan pastroq foiz qo‗yilmasi ostida taqdim 
etilganida uning haqiqiy qiymati qarz muddati davomida bozor foiz 
qo‗yilmasi sharoitidagi oylik to‗lovlarini diskontlash yo‗li bilan 
aniqlanadi. 
Masalan, qiyoslanuvchi sifatida shunday obyektning 150000 
so‗mga sotilishi tanlangan, deb faraz qilaylik. 50000 so‗m darhol 
to‗langan, qolgan 100000 so‗m uchun esa sotuvchi yilliklarning 10% 
me‘yori sharoitidagi 20 yil muddatga ipoteka qarzini taqdim etdi. Shu 
vaqtning o‗zida bozorni tahlil etish foizning joriy me‘yori yilliklarning 
12% ini tashkil etishini ko‗rsatdi. Moliyalashtirish shartlari uchun 
obyekt qiymatini tuzatish kattaligining hisobi quyidagi ko‗rinishga ega: 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish