O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Qiyoslash birliklarini tanlash. 
Tanlangan 
qiyoslash 
obyektlarining 
hech 
biri 
baholash 
obyektlariga deyarli mos kelmaydi, degan mulohaza bejiz emas. 
Shuning uchun qiyosiy birliklar deb ataluvchi qandaydir umumiy 
solishtirma qiymat ko‗rsatkichlari qiyoslanadi. Amaliyotda ko‗chmas 
mulk bozorining turli segmentlari har xil qiyosiy birliklardan 
foydalanadi. 
Yer sotuvlari tahlil etilganda odatda quyidagi qiyosiy birliklar 
qo‗llaniladi: 


238 
-
maydon birligi narxi; 
-
uzunlikning frontal birligi narxi; 
-
maydon narxi. 
Maydon birligi narxi – eng ko‗p tarqalgan qiyoslash birligi. Katta 
yer maydonlari sotilganda 1 ga uchun narxni, yakka qurilish va alohida 
binolar uchun maydonlar sotuvlarida – I sotix (0.01 ga) uchun narxni 
qo‗llaydilar, shahar maydonlari 1m
2
uchun narxga yoki hatto undan 
kamroq narxga ko‗ra taqqoslanishi mumkin. 
Yo‗l bo‗yidagi maydon uzunligining frontal birligi narxi odatda 
savdo maqsadlariga mo‗ljallangan yerlar uchun qo‗llanadi. Bunday 
holda maydon kengligi uchun muayyan me‘yor ko‗zda tutiladi, shunisi 
ham borki, bu me‘yordan chekinish narxga deyarli ta‘sir qilmaydi. 
O‗xshash o‗lchovlar va shaklga ega bo‗lgan maydonlar tahlil 
etilganda esa maydon narxi qo‗llaniladi. 
Qurilgan maydonlar sotuvlari tahlil etilganda odatda quyidagi 
qiyoslash birliklari ishlatiladi: 
-
bino yoki inshoot umumiy maydonining 1m
2
narxi; 
-
ijaraga topshiriladigan bino yoki inshoot sof maydonining 1m
2
narxi; 
-
yer qiymati hisobga olinmagan binoning 1m

narxi; 
-
xona narxi; 
-
kvartira yoki ko‗chmas-mulkning boshqa birligi narxi; 
-
bino yoki inshootning 1m
3
narxi; 
-
daromad keltiruvchi birlikning narxi. 
Umumiy maydonning 1m
2
narxi garchi bozorlarda ishlatilsa ham, 
ayni vaqtda qiyoslash birligi sifatida anchagina noaniqdir, negaki 
mulkning iste‘mol sifatlarini yetarli darajada hisobga olmaydi. 
Ijaraga topshiriladigan sof maydonning 1m
2
narxi lift, koridorlar 
va sh.k. maydonini hisobga olmaydi. Shunday qilib, obyektning o‗ziga 
xos sifati e‘tiborga olinadi. 
Binoning 1m
2
narxi ko‗chmas mulkning sotilish narxidan maydon 
qiymatini chiqarish va ayirmani binoning umumiy maydoniga bo‗lish 
orqali hosil qilinadi. Shu yo‗sinda, o‗zining joylashishi tufayli turli 


239 
qiymatga ega bo‗lishi mumkin boʻlgan yerning qiymati alohida hisobga 
olinadi. 
Xona narxi qiyoslash birligi sifatida «xona» tushunchasining aniq 
ta‘rifi sharti bilangina ma‘noga egadir. Bu tushunchaning turlicha talqin 
etilishi bir-biriga o‗xshamas tahlil natijalariga olib kelishi mumkin. 
Bino yoki inshootning 1m
3
narxi elevatorlar, suyuqlik omborlari, 
sanoat korpuslari va boshqa shu kabi obyektlar uchun qo‗llaniladi. 
Daromad keltiradigan birlikning narxi tomosha inshootlari, 
restoran, garaj, texnik xizmat bekatlari va boshqalar uchun ko‗proq 
to‗g‗ri keladi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish