236
9
2.35795
13.57948
0.07364
0.42410
5.75902
0.17364
10
2.593774
15.93742
0.06275
0.38554
6.14457
0.16275
15
4.17725
31.77248
0.03147
0.23939
7.60608
0.13147
20
6.72750
57.27500
0.01746
0.14864
8.51356
0.1746
25
10.83471
98.34706
0.01017
0.09230
9.07704
0.1017
30
17.44940 164.49403 0.00608
0.05731
9.42691
0.10608
35
28.10244 271.02437 0.00369
0.03558
9.64416
0.10369
40
45.25926 442.59256 0.00226
0.02210
9.77905
0.10226
50
117.3909 1163.9086 0.00086
0.0085
9.9148
0.10085
Muayyan masalalarni yechish uchun
murakkab foiz amallarini
amaliy qo‗llash pul oqimining ma‘lum parametrlarini har bir amalga
mos koeffitsiyentga ko‗paytirishdan iboratdir.
Har bir amalga mos
keladigan
koeffitsiyentlar
qiymatlari
jadval
shaklida
[16,26,31,53,54,56,57 va b.] keltirilgan.
3. Qiyosiy yondashuv va uning usullari.
Baholash uslubiyoti – bir qarashda oddiy ko‗rinsada, uni
amaliyotda qo‗llash ko‗pgina qiyinchilik va o‗ziga xos sharoitlarga
bog‗liqdir. Birinchi navbatda bunday qiyin
sharoitlarning mavjudligi,
ikkita o‗ta o‗xshash ko‗chmas mulk obyektining mavjud bo‗lmasligidir.
Ko‗chmas mulkning turi, xususiyati, ularning joylashish o‗rni, jismoniy
ta‘riflari va holati, moliyalashtirish vazni (og‗irligi) va shartlari, sotilgan
vaqti obyektlar o‗rtasidagi jihatlar hisoblanadi. Shu bilan birga
bozordagi vaziyatga qarab ko‗pgina farqlar o‗z hissasini o‗zgartirishi
ham mumkin.
Mavjud uslubiyotni qo‗llashdagi qiyinchiliklardan yana biri –
bozor qiymatini aniqlashga doir hisoblashning zarurligidir. Bunda bozor
omillari o‗z ta‘sirini o‗tkazmaydi. Katta daromadli
obyektlarni sotish
jarayonida sotish shartlari va iqtisodiy ta‘riflari kam yoki to‗liqsiz
237
bo‗ladi. Shuning uchun, qiyosiy yondashuvning
sotuvlarni qiyoslash
usullarini ushbu holatlarida faqatgina bozor qiymati miqdorida bo‗lishi
bir qancha ishonchliroq bo‗lgan ma‘lumotlarni bayon qilish mumkin
bo‗ladi. Aynan shuning uchun ko‗chmas
mulkning savdo bahosini
sotuvlarni qiyoslash usuli bilan aniqlash ehtiyotkorlik bilan bajarilishini
talab qiladi.
O‗xshash obyektlarning yaqindagi sotuvi haqidagi aniq va yetarli
ma‘lumotlarning mavjudligi asosida sotuvlarni
qiyoslash usuli obyekt
bahosiga bozor munosabatini ifodalovchi maksimal natija olishga imkon
beradi.
Sotuvlarni qiyoslash usuli nosavdo ko‗chmas mulk – ko‗p xonali
va xususiy turar-joylar, kottejlar, bog‗ va dala-hovlilarni baholashda eng
aniq ma‘lumotlarni beradi.
Sotuvlarni qiyoslash usulini qo„llash tartibi
Sotuvlarni qiyoslash usuli quyidagi tartibda qo‗llaniladi:
-
obyektlarning qiyosiy foydaliligiga aloqador bo‗lgan
barcha
omillar haqida aniq axborot olish maqsadida bozorni batafsil o‗rganish;
-
qiyosiy birliklarni aniqlash va har qaysi birlik bo‗yicha qiyosiy
tahlil o‗tkazish;
-
baholanayotgan obyektni tanlangan
qiyoslash obyektlari bilan
solishtirish. Maqsad – ularning sotilish narxlarini tuzatish yoki
qiyoslanuvchilar ro‗yxatidan chiqarish;
-
qiyosiy obyektlar qiymatining tuzatilgan ko‗rsatkichlarining bir
qatorini bittaga yoki baholash obyekti bozor
qiymatining diapazoniga
keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: