O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Tuzatishlarni bajarish texnikasi 
Tuzatishlarni o‗lchash uchun son va sifat uslubiyatlari qo‗llaniladi. 
Son uslubiyatlariga quyidagilar kiradi:
-
ma‘lumotlarning juft to‗plami tahlili; 
-
statik tahlil; 
-
grafik tahlil; 
-
tendensiyalar tahlili; 
-
chiqimlar tahlili; 
-
ikkilamchi ma‘lumotlar tahlili. 
Sifat uslubiyatlariga quyidagilar kiradi: 
-
nisbiy qiyosiy tahlil; 
-
taqsimlash tahlili; 
-
yakka so‗rovlar. 
Ma‘lumotlarning juft to‗plami tahlili. Mazkur usul qiyoslashning 
bitta tarkibiy qismi uchun tuzatish kattaligini olish maqsadida ikki va 
undan ortiq bozor sotuvlarini qiyoslashdan iborat. Absolyut aniqlikka 
obyektlarning bitta tarkibiy qismidan tashqari hamma tarkibiy qismlari 
mos kelganda erishiladi. Amaliyotda bunday hodisalar juda ham kam 
uchraydi va inshootlarning kichik toifasi bilan cheklangan. Odatda 
sotilish narxiga katta ta‘sir ko‗rsatuvchi asosiy tarkibiy qismlarni ajratish 
uchun ko‗p sonli ma‘lumotlar tahlil etiladi. 
Statik tahlil.
Bu usul ko‗chmas mulk xususiyatlari va ularning 
sotilish narxlari haqidagi ma‘lumotlar massivini qayta ishlash uchun 
statistika va regression tahlilning matematik apparatidan foydalanadi. 
Qiyinchiliklar esa narxga va ularning salmoq ifodalarini ajratishga katta 
ta‘sir qiluvchi omillar sonini aniqlashdan iborat. 
Grafik tahlil.
Grafik ko‗rinishda ifodalangan statik tahlil natijalari 
bozor qiyosiy tarkibiy qismlarida taqsimlanishini ko‗rsatishi mumkin. 
Qiyoslash tarkibiy qismlari uchun maxsus formulalar yordamida 


247 
tuzilgan egri taqsimlanishlar tuzatishlar kattaliklarini aniqlash imkonini 
yaratadi. 
Tendensiyalar tahlili.
Mos kelmaydigan parametrlarga ega mulk 
sotuvlari haqidagi bozor ma‘lumotlarining katta miqdori mavjudligida 
bu usul sotilish narxiga ta‘sir etuvchi omillarni va bozorni sezuvchi 
tarkibiy qismlarni aniqlashga imkon beradi. Tarkibiy qismlar 
aniqlanganidan so‗ng ularni tuzatish uchun mos usullar tanlanadi. 
Chiqimlar tahlili.
Bu usulda tuzatishlar asosida binoning 
amortizatsiyalangan qiymati yotadi. Biroq shuni aytib o‗tish kerakki, 
bunday tuzatishlarni bozor ma‘lumotlari yordamida puxta tekshirish 
lozim. 
Ikkilamchi ma‟lumotlar tahlili.
Mazkur usul baholash obyekti yoki 
qiyoslash obyektiga bevosita aloqador bo‗lmagan ma‘lumotlarga 
tayangan holda tuzatishlar kattaliklarini aniqlaydi. Bunday ma‘lumotlar 
odatda hukumat xizmatlari, ixtisoslashgan tadqiqot firmalari va 
boshqalarning hisobotlari va e‘lonlarida joylashgan bo‗ladi. 
Nisbiy qiyosiy tahlil.
Mazkur yondashish sifat uslubiyatlariga 
taalluqlidir. Bozor ma‘lumotlarini o‗rganish asosida qiyoslanuvchi 
tarkibiy qismlarning ko‗chmas mulk qiymatiga ta‘siri baholash 
obyektiga nisbatan ortib ketgani, tengligi yoki kichikligini aniqlash 
uchun qiyosiy sotuvlar tahlil etiladi. Tuzatishlar foizlarda yoki pul 
summalarida 
ifodalanmasligini 
istisno 
qilganda, 
bu 
usul 
ma‘lumotlarning juft to‗plami tahlilini eslatadi. 
Taqsimlash tahlili.
Bu usul nisbiy qiyosiy tahlilning variantidir. 
Qiyosiy sotuvlar baholash obyektiga muvofiqlikning bir maromda 
o‗zgarishi tartibida taqsimlanadi, so‗ngra baholanuvchi obyektning 
qiyosiy sotuvlar qatoridagi o‗rni aniqlanadi. 
Yakka so„rovlar.
Mutaxassislar va xabardor shaxslar bilan 
o‗tkazilgan so‗rovlar natijasida tuzatishlar qilinganda foydali axborot 
olinadi. Mazkur axborot ikkilamchidir va bozor qiymatini aniqlash 
uchun mezon bo‗la olmaydi. 
Yuqorida keltirilgan uslubiyatlar qatorida qiyosiy tahlil eng ko‗p 
tarqalgandir. Bu atamada ma‘lumotlarning juft to‗plami tahlili yoki 
nisbiy qiyosiy tahlil ko‗zda tutiladi. Shuni aytib o‗tish kerakki, 


248 
amaliyotda bu ikki usulni ham bir-biridan alohida tarzda, ham birgalikda 
qo‗llaydilar. 
Qiyosiy tahlilni o‗tkazish to‗rtta tartibli bosqichni amalga 
oshirishni o‗z ichiga olgan: 
-
baholanuvchi obyekt qiymatiga ta‘sir qiladigan qiyosiy tarkibiy 
qismlarni aniqlash; 
-
son yoki sifat uslubiyatlaridan foydalanib, qiyoslashning har bir 
tarkibiy qismi uchun tuzatishni o‗lchash; 
-
barcha tarkibiy qismlar bo‗yicha har bir qiyoslash obyektining 
sotilish narxini so‗nggi bor tuzatish; 
-
qiymatning yagona ko‗rsatkichini olish maqsadida tuzilgan 
sotilish narxlari tahlili. 
Sifat uslubiyati qo‗llanilganida barcha obyektlar ikki guruhga 
bo‗linadi: baholanuvchi obyektga qaraganda ko‗proq va kamroq qiyosiy 
xususiyatlarga ega obyektlar. Agar barcha qiyoslash obyektlari o‗z 
xususiyatlari bilan baholash obyektidan afzal bo‗lsa, unda qiymatning 
ehtimolli diapazonini aniqlab bo‗lmaydi. Baholash obyekti barcha 
qiyoslash obyektlaridan yuqori turgan holda ham xuddi shunday vaziyat 
yuzaga keladi. 
Qiymat bo‗yicha so‗nggi kelishuvda o‗z xususiyatlariga ko‗ra 
bunga eng yaqin turadigan qiyosiy sotuvlar obyektlari katta salmoqqa 
ega bo‗lishi zarur. 
Pirovardida shuni aytib o‗tish kerakki, tuzatish usullarini yaxshi 
bilgan mutaxassis-baholovchi deyarli istalgan masalani hal etishi 
mumkin. Dastlabki axborotning aniqligiga bog‗liq bo‗lgan natija 
muhokama etiladi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish