Sinf rahbarining oila bilan hamkorlikdagi faoliyati
Ota-onalarni
alohida
yordamga muxtoj
farzandi
tarbiyasiga
e’tibor qaratish
Oilada aqli
zaif bolalar
hayotini
tо‘g‘ri tashkil
qilish
Oilada
farzandga
qо‘yiladigan
talabning bir
xilligi tamoyili
Aqli zaif
bolaning о‘quv
faoliyatiga
oilaning
g‘amhо‘rligi
Oila, maktab
jamoatchilik
hamkorligi
Ota-onaning
farzand
tarbiyasi
masuliyatini
oshirish
Oilada
farzandlar о‘z-
о‘ziga xizmat
qilishga
о‘rgatish
Maktab, oila
tomonidan bir
xil talab
qо‘yilishiga
erishish
Farzandning
yaxshi о‘qishida
topshiriqlarni
bajarishda ota-
ona nazorati va
yordami
Ota-onalar
bilan ish olib
borish
Ota-onalar
о‘g‘il bola va
qiz bolalarni
о‘ziga hosligi
о‘rganish
Oilada bolani
vaqtini unumli
foydalanishga
о‘rgatish
Talab qо‘yilganda
farzandining kuch
va imkoniyati,
yosh xususiyatini
inobatga olishga
о‘rgatish
Uy vazifalarni
izchil
bajarishda ota-
onaning
nazorati о‘rni
Jamoat
tashkilot-
lari bilan
ishlash
Oilada
mehnat
tarbiyasiga
ma’suliyatni
oshirish
Oilada
farzandini
dam olish va
ishlashni
tartibga
solishni
о‘rgatish
Oilada
farzandlarning
mehnat, tabiyasiga
e’tibor berish.
Umum mehnatda
ishtirok etish va
kо‘nikma,
malakasini
shakllantirish
Farzandlarni
bо‘sh vaqtini
tо‘g‘ri
uyushtirish
tо‘garaklarga
jalb qilishda
oilaning
yordami
Maxalla
faollari
bilan
birgalikda
ish olib
borish
65
tо‘g‘risida pedagogik maslahatlar berdi. Ayni vaqtda u ota-onalarga
о‘quvchining о‘zlashtirishi va tartib-intizomi tо‘g‘risida, uning ishlab chiqarish
ta’limidagi, ijtimoiy-foydali mehnatdagi muvaffaqiyatlari tо‘g‘risida axborot
berdi.
Maxsus maktab о‘quvchilar uylariga birinchi marta, odatda, о‘quv yili
boshlangunga qadar yoki birinchi chorak boshida borib kelindi. Agar sinf
rahbari sinfda birinchi yil ish boshlagan bо‘lsa, bu ishni amalga oshirish
zarurdir. Birinchi marta borishdan maqsad о‘quvchining uyidagi hayot va
turmush sharoiti bilan tanishib kelishdan iborat bо‘ldi.
Har bir oila о‘zi katta va murakkab bir dunyo ekanligini nazarda tutish
muhimdir. Har qaysi oilaning о‘z urf-odati, о‘z an’anasi, о‘zining о‘zaro
munosabati bо‘ladi. Bularning hammasini yaxshilab о‘rganib chiqildi, aqli zaif
bolalar tarbiyasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlab olishni lozim deb
topdik. Oila ichidagi munosabatlarni о‘rganish о‘z-о‘zidan ma’lumki, juda
murakkab, ammo zaruriy ishdir. Buni о‘rganmay turib aqli zaif bolalar
korrreksion tarbiyasi tо‘g‘risida aniq maslahatlar berish qiyin.
О‘quvchining uyiga birinchi marta borganda uning uyida о‘zini qanday
tutishini, uy ishlarida ishtirok etish-etmasligini, о‘z о‘quv qurollarini qanday
tutishini, belgilangan rejimga amal qilish-qilmasligini aniqlab olish mumkin
bо‘ladi. Bunda о‘quvchining о‘zi bilan ham suhbatlashib, unga uy vazifalarini
bajarish tо‘g‘risida maslahatlar berish, sinfdan tashqari о‘qish uchun kitoblar
tavsiya qilish, о‘z-о‘ziga xizmat qilish va shu kabilar haqida gaplashish
maqsadga muvofiqdir.
Maxsus maktab о‘quvchiarining ota-onalari bilan о‘tkaziladigan suhbatlar
aniq va mazmundor bо‘lmog‘i uchun, sinf rahbarini oilaga borishdan oldin fan
о‘qituvchilar bilan suhbatlashib, о‘quvchining о‘zlashtirishi va xulq-atvori
tо‘g‘risida ma’lumotlar bilib olish kerak. Sinf rahbari о‘quvchining uyiga
ogohlantirmasdan turib ham borishi mumkin.
О‘quvchilarning yaxshi bilimga ega bо‘lishlari tarbiyaviy ishni aniq
tarzda rejalashtirish va uni muvaffaqiyatli о‘tkazish imkonini beradi. Masalan
66
36-sonli maxsus maktabda 5-sinf rahbari о‘quvchilar uyiga borib ota-onalarning
ba’zi bolalarga nisbatan rag‘batlantirish va ularni jazolashda xatoliklarga yо‘l
qо‘yayotganligini sezib qoldi. Ba’zi bir ota-onalar bolalarning yaxshi baho olib
kelganliklari uchun pul berishadi, qо‘g‘irchoqlar, kitoblar va shu kabi narsalar
taqdim qilishadi. Boshqa bilari esa bolalarni nohaq jazolashadi. Ayni vaqtda,
bolalarni tо‘g‘ri, oqilona rag‘batlantiradi va jazolaydigan oilalardan ham
kо‘pgina misol namunalari aniqladi. Sinf rahbari bu materiallarining hammasini
tо‘plab va о‘ylab-tahlil qilib chiqib, ota-onalarning navbatdagi majlislarda,
«oilada rag‘batlantirish va jazolash choralarini qо‘llanishi» degan mavzuda
suhbat о‘tkazdi. suhbat aniq misollar bilan tо‘latilgan bо‘lib, ota-onalarni kо‘p
narsalarga о‘rgatdi.
Agar maktab yordamga kelib, ota-onalar bilan birgalikda bu kamchilikka
barham bermasa, bunday о‘quvchilar hayotda ham «ikki xil ahloq» bilan ish
tutadigan bо‘lib qoladilar. Bundaylar ishda, muassasa hamda korxonada yaxshi
ishlab chiqaruvchi va hatto yaxshi jamoatchi bо‘lib, uyda, oilada esa toshbag‘ir,
xudbin bо‘lib qolaveradilar.
Ular kо‘pincha о‘z bolalarini erkalatadilar, ayab puf-puflaydilar,
bolalarining barcha istagini bajo keltirishga harakat qiladilar. Yolg‘iz bola
tarbiyalab yetishtirayotgan oilalarda, odatda, bunday ahvol kо‘zga tashlanadi.
Bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish juda ham qiyin bо‘ladi.
Ularni eng avvalo mehnatga, muayyan vazifani bajarishga о‘rgatmoq darkor.
Buning uchun eng muhimi barcha oila a’zolarining bolaga bir xilda talablar
qо‘yishlariga hamda maktab bilan oilaning mustahkam aloqasiga erishishdir.
Sinf rahbarlari oilaga borilganda о‘z kundaliklariga oilalarga borgan
vaqtlarini, ota-onalar bilan о‘tkazgan suhbatlari mazmunini yozib borildi, aqli
zaif о‘quvchi tarbiyasiga doir qanday maslahatlar berganligini qayd etildi.
О‘quvchilarning uylariga qayta borganlarida yoki uning ota-onalari bilan
maktabda
uchrashganlarida,
о‘zlari
bergan
maslahatlari
qanday
bajarilayotganligini, о‘quvchi xulq-atvorida qanday о‘zgarishlar bо‘lganligini
aniqlab oldik.
67
Faqat maslahatlar beribgina qolmasdan, balki ota-onalarning gaplarini
ham inobatga olindi. Biz ota-onalarga topshiriqni kо‘paytirmay, ularga nasihat
qilinmadi, balki ochiq kо‘ngillilik va samimiyat bilan muomala qilishga,
ularning ishonchini qozonib, ochiqchasiga gaplashishlariga erishishga harakat
qildik. Biz ota-onalarga: «Siz qanday qaraysiz?», «Keling birgalashib yuzaga
kelgan ahvolda qanday tadbir kо‘rish keraqligini о‘ylab kо‘ramiz» qabilida ish
kо‘rdik.
Maktab, sinf hayotining о‘zi majlis temalarini kо‘rsatib beradi. Bu
majlislar taxminan quyidagicha temalarda о‘tkaziladi: «Bolalarning yaxshi
о‘qishlari uchun ularga qanday yordam berish kerak», «О‘quvchilarni о‘zlariga
yarasha mehnatga о‘rgatish», «Bolalarda Vatanga muhabbat hissini
tarbiyalash», «Kasb tanlash haqida», «Tо‘g‘rilik va haqqoniylik ruhida
tarbiyalash haqida», «Oilada bolalarda madaniy xulq-atvor, kо‘nikma va
malakalari tarkib toptirish», «Bolalar nimalarni о‘qishlari va qanday о‘qishlari
kerak», «Oilada bolalarni rag‘batlantirish va jazolash haqida», «Ota-onalarning
izzat-obrо‘si va shaxsiy namunasi».
Tematik majlislarni ma’ruzalar bilan cheklab qо‘yilmadi. Bunday
majlislarni oila tarbiyasidan tajriba almashuvlar bilan ta’minlash nihoyatda
muhimdir. Masalan, о‘quvchilar kundalik rejimini tashkil etishga bag‘ishlangan
majlisda ota-onalar о‘z farzandlarining kun tartiblari haqida, ularning
turmushdagi о‘zlariga yarasha mehnatda ishtirok etishlari haqida, sinfdan
tashqari ishlar haqida gapirib berishlari sо‘raldi. Ota-ona-keyingi majlisda faqat
tinglovchilargina bо‘lib qolmasdan ballki bolalar tarbiyasi borasida о‘z
tajribalari bilan bо‘lishishlariga erishildi.
Ota-onalar bolalarni tarbiyalashda qanday qilib muvaffaqiyatga
erishganliklarini hamma vaqt ham tushuntira olmaydilar. Ota-onalarning
majlisga yaxshi tayyorgarlik kо‘rishlarida ularga yordam berish
Bolalarni oilada tarbiyalash tajribasidan kо‘proq misol keltirish, bolalarni
qanday qilib tо‘g‘ri tarbiyalash tо‘g‘risida maslahatlar berildi. Agar bu
68
maslahatlar oila tarbiyasi tajribasiga tayangan bо‘lsa, ular yanada aniqroq va
amaliy bо‘ladi.
Masalan, beshinchi sinf rahbarlaridan biri «Bolalarda xulq-atvor
madaniyatini tarbiyalash» mavzusida ota-onalar majlisida ma’ruza qildi.
Ma’ruza sо‘ngida bolalarda xulq-atvor madaniyatini tarbiyalash tо‘g‘risida
oilada xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashdagi kamchiliklarni ochib beruvchi
videofilm namoyish qildi.
Majlis sinf rahbarining qisqacha kirish sо‘zi bilan ochildi. U о‘smirlarda
xulq-atvor madaniyatini tarkib toptirish borasidagi vazifalarni va bu ishda
tarbiyachilarda uchrab turadigan qiyinchiliklarni kо‘rsatib berdi.
Ota-onalar quyidagicha masalalarda sо‘zga chiqdilar. Biz о‘z
bolalarimizda xushmuomalalikni qanday tarbiyalaymiz. Bolalarning kishilarga
(katta yoshdagi kishilarga, о‘z о‘rtoqlariga, kichik bolalarga) nisbatan
g‘amxо‘rlik va mehribonlik bilan munosabatda bо‘lishini tarbiyalaymiz.
Bolalarda ovqatlanish vaqtida madaniy kо‘nikmalar tarbiyalash tо‘g‘risida.
О‘smir bolalardagi madaniyatsizlik odatlarini biz qanday yо‘q qilamiz.
Shundan keyin boshqa ota-onalar sо‘zga chiqishdi. Ular о‘z bolalarini
tarbiyalash tajribalarini о‘rtoqlashdilar, о‘smirlarda madaniy xulq-atvor tarkib
toptirishda uchraydigan qiyinchiliklarni yengib о‘tish tо‘g‘risida о‘z
mulohazalarini aytishdi. Birmuncha masalalarda qizg‘in tortishuvlar kelib
chiqdi.
Sinf rahbari sо‘zlab, ota-onalar tо‘plagan tajribaning qimmatli jihatlarini,
undan keng kо‘lamda foydalanish zarurligini kо‘rsatib о‘tdi, ota-onalar bir
fikrga kela olmagan masalalarga javob berdi.
Sinf rahbari о‘quvchilar ota-onalari bilan muomala qilar ekan, ular
orasidan ota-onalar faol belgilab oladi va bu aktiv sinf rahbarining о‘quvchilarga
ta’lim-tarbiya berishida unga kundalik yordam kо‘rsatib boradi.
Soglom avlodni tarbiyalash oilada sharqona tarbiyani tiklash kabi bir
qator muammolarni hal etishga imkon berdi. Oila bolaning shaxsni tо‘g‘ri
yо‘lga soluvchi muhim omildir bolani jismoniy tarbiyalash bular ahloq va
69
mehnat tarbiyasini berish oilada shakllanadi, bolaning tafakkur oilada rivojlana
boshlanadi. Bizning davlatimizda bola tarbiyasida maktab bilan oilaning
maqsadi bitta. О‘zbekiston respublikasining Konstitusiyasining 64 moddasida
Ota-onalar о‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga
majbur deyiladi. Ota-ona farzand oldidagi burchini bajarmog‘i kerak, degan edi.
Oila bilan maktab hamda maxalla bilan hamkorlikning mazmuni va ish
shakllari. Oila bilan maktab hamkorligi va maxalla hamkorligi barkamol inson
tarbiyasidagi muhim omillardan biridir, maktabdagi о‘quv tarbiya ishlarining
yuqori saviyada bо‘lishi о‘quvchilarni tarbiyalangan darajasi ota-onalariga
bog‘likdir.
Maxsus maktablarning oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun
bо‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va
tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma-xil va о‘zaro bog‘lik bо‘lgan shakl
va usullar yordamida rejali va izchil ishlar olib borish maqsadga muvofik
bо‘ladi.
Bolalarni har kuni kо‘zatuvchi, ularning rivojlanishida ijobiy va salbiy
tomonlarini sezuvchi va ota-onalarga bolaga ta’sir qilishning eng samarali
ussularini maslaxat beruvchi tarbiyachilar oila bilan juda kо‘p xilma-xil ishlarni
olib boradilar.
Maxsus maktab muassalarining ota-onalar bilan ishlashining jamoa
tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini moxirlik bilan kushib olib
borish tufayli bolalarni taribiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Maxsus maktab xodimlarining ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi
ishlarining eng keng tarkalgan shakl va usullaridan bir nechalarini keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |