О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana22.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#126034
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
maxsus maktabda sinf rahbarining ish tizimi

a) Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash.  
b) Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. 
Bular  ota-onalarning  guruhiy  va  umumiy  majlislari,  anjumanlar, 
shanbaliklar, savol-javob kechalari kiradi. 
v) Kо‘rsatmali ishlar 
g) Bolaning oilasini borib kо‘rish va oila a’zolari bilan tanishish. 


70 
 
d)  Ota-onalarga  pedagogik  ta’lim  berish  va  boshqalarni  kо‘rsatish 
mumkin. 
Bola yashab turgan oilani о‘rganish, ota-onalar bilan yakin aloqa о‘rnatish 
va  ularga  yordam,  maslaxatlar  berishning  samarali  yо‘llaridan  biridir. 
О‘qituvchi  oilaga  tekshiruvchi  sifatida  emas,  balki  maslahatchi,  dо‘st  va  bola 
tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. 
Tarbiyachining  oilaga  borishidan  asosiy  maqsadi  bola  tarbiyalanayotgan 
sharoitni kо‘rish va zarur bо‘lsa ota-onalarga yordam kо‘rsatishdir. 
Bolalarni  uylariga  borib  kо‘rish  ishi  ma’lum  maqsad  asosida  tashkil 
etilgan  oilaviy  tarbiya  bilan  tanishish,  bolaning  oiladagi  hulqining  о‘ziga  hos 
xususiyatlarining  aniqlashdan  iborat  bо‘lib  qolmay,  balki  ota-onalar  bilan 
yakkama-yakka  va  jamoa  tarzida  tashkil  etiladigan  ishlarning  mazmunini, 
ularning turli shakllarini belgilab olishga ham imkoniyat tug‘diradi. Oilani borib 
kо‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odob bilan о‘tkazilishi 
kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini ochib berilsa, 
ota-onalarning о‘qituvchiga bо‘lgan xurmati va ishonchi ortadi. 
О‘qituvchi  suhbat  davomida  shaxsiy  kuzatishlar,  ota-onalarga,  oilaning 
boshqa  a’zolariga  va  bolaga  berilgan  savollar  orqali  bolani,  uning  oilasini 
yanada yaxshiroq bilib olishga imkon beruvchi о‘ziga zarur ma’lumotlarni oladi. 
Bularning hammasi bola tarbiyasiga samarali ta’sir kо‘rsatadi. 
Oilani  borib  kо‘rishning  maqsadi  va  mazmuni  tarbiyachining  rejasida, 
hisobida  va  maxsus  kundaligida  aks  ettirilishi  kerak.  Oilani  yiliga  kamida  ikki 
marta borib kо‘rish tavsiya etiladi. 
О‘qituvchining  ota-onalar  bilan  ertalab  о‘tkazadigan  suhbati  kiska 
muddatli  bо‘ladi,  lekin  bolaning  kayfiyatini  aniqlab  olishda,  uning  yakinlarida 
yaxshi  kayfiyat,  tarbiyachiga  ishonch  hissi  paydo  bо‘lishida  katta  ahamiyatga 
ega. 
Agar ota-onalar о‘qituvchiga bolalari haqida gapirib berishni iltimos qilib 
murojaat  qilishsa,  u  xolda  tarbiyachi,  avval  bolaning  ijobiy  tomonlari  haqida 


71 
 
keyin esa xulkining xavotir olish mumkin bо‘ladigan va salbiy tomonlari haqida 
ma’lum qilishi lozim.  
Maktab  va  oila  hamkorligi.  Mamlakatimizda  bolalar  tо‘g‘risida,  oila 
haqida gamxurlik qilish chinakam davlat ahamiyatiga molik ishdir. 
Xozirgi davrda о‘sib kelayotgan yosh avlodga oilada va maktabda tarbiya 
berish dolzarb masala bо‘lib kelmoqda. 
Rivojlanishida  nuqsoni  bor  bolalarni  tarbiyalashda  maktab,  oila  va 
maxalla  jamiyatning  birligi  yaxshi  natijalarni  beradi.  Tarbiyaning  asosiy 
maqsadi,  bolada  psixofizik  kamchiliklarni  korreksiyalashdan  iboratdir.  Bu  esa 
faqatgina  maktabning  vazifasi  bо‘libgina  qolmay  bolaning  oiladagi  tarbiyasiga 
ham 
bog‘liqdir.  Oiladagi  tarbiya  bolaning  psixikasiga,  rivojlanish 
xususiyatlariga, jismoniy va aqliy rivojlanishiga о‘z tasirini kо‘rsatadi. 
Ba’zi  ota-onalar  bunday  xususiyatlarni  tushunib  yetmaydilar.  Nogiron 
bolalarga  ba’zi  oilalarda  xaddan  tashkari  erkalash,  ularni  harakterlariga  salbiy 
tasir  kо‘rsatadigan  darajada  hamma  narsaga  beriladi.  Bunday  xususiyatlar 
keyinchalik  egoistlik  harakterini  shakllanishiga  olib  keladi  va  aksincha  bazi 
oilalarda  rivojlanishida  nuqsoni  bor  bolalarni  kamsitish,  ularni  о‘zgalardan 
chetlashtirishi  kabi  xollari  uchraydi.  Bunday  munosabatlar  bolada  boshqa 
odamlarga  nisbata  nafrat  uyg‘otishiga  olib  kelishi  mumkin.  Bunday 
munosabatlarni  hisobga  olgan  xolda  tarbiyachi  defetologlarni  vazifasini  ota-
onalar bilan majlislar о‘tkazishdir. 
Majlisda quyidagi vazifalar belgilangan: 
1.  Ota-onalarni  maktabning  korreksion  tarbiyaviy  ish  sistemasi  bilan 
tanishtirish. 
2.  Oilada nogiron bolalarga nisbatan munosabat va metodik kо‘rsatmalar. 
3.  Nuqson kelib chiqishi sabablarini va ularni oldini olish. 
4.  Bolaning о‘qish jarayonini nazorat qilish. 
5.  О‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kо‘rgazmalarga ota-onalarni taklif 
qilish kerak. 


72 
 
Oila  va  maktab  birligi  о‘quvchilarda  mehnatga  bо‘lgan  tо‘g‘ri 
munosabatlarni  shakllantiradi,  ota-onalar  bolalarni  individual  xususiyatlari 
haqida albatta tarbiyachi va о‘quvchilarga malumotlar berib turishlar kerak. 
Oilada  yangi  inson  kamol  topayotgan,  bulajak  mehnat  kishisi 
shakillanayotgan  ekan,  bu  har  bir  ota-onadan  masuliyat,  burch,  vijdon  va  or-
nomusni talab etadi. 
Pedagoglar  ota-onalar  bilan  bо‘ladigan  suhbatlarda  bolalarni  ahloqiy 
shakllanishini  kattalarning  о‘ziga,  ularning  namunasiga  о‘z  shaxslarni 
takomillashtirishga  bо‘lgan  intilishlariga  bog‘liq  ekanligini  odob  bilan  eslatib 
qо‘yishlari lozim. 
О‘sib  kelayotgan  yosh  avlodga  har  tamonlama  talim-tarbiya  berish, 
qadim-qadimdan rivojlanib kelmoqda. Maktabda tibbiyot xodimlari bolalarning 
sog‘ligi va jismoniy о‘sishining ahvolini muntazam nazorat qilib boriladi. Ota-
onalarga  sanitariya  va  gigiyena,  bola  hayoti,  turi,  ovqatlanishi  va  jismoniy 
tarbiyani tashkil etish masalalari bо‘yicha maslahatlar berib boriladi.  
Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda 
xalqning  boy  milliy,  ma’naviy-tarixiy  an’analarga,  urf-odatlari  hamda 
umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  samarali  tashkiliy,  pedagogik  shakl  va 
vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. 
Tarbiyaning  asosiy  vazifasi  –  «shaxsning  aqliy,  ahloqiy,  erkin  fikrlovchi 
va  jismoniy  rivojlanishi,  uning  qobiliyatlarini  har  tomonlama  ochish  uchun 
imkoniyat yaratishdir»
19

Tarbiya  jarayoni  ishtirokchilari  say-harakatlarini  birlashtirish  maqsadida 
1993  yilda  ishlab  chiqilgan  «Oila-mahalla-maktab  hamkorligi»  Konsepsiyasi 
yoshlarni  istiqlol  g‘oyalariga  sadoqatli,  ma’naviy  barkamol,  vatanparvar  etib 
tarbiyalashda  keng  jamoatchilik  faoliyatini  muvofiqlashtirish  borasida  ma’lum 
dasturiamal bо‘ldi. 
                                                 
19
  О‘quvchi  ma’naviyatini  shakllantirish:  umumta’lim  maktablari  direktorlari,  ma’naviy-ma’rifiy  tarbiya  ishlari 
bо‘yicha  direktor  о‘rinbosarlari,  sinf  rahbarlari  va  tarbiyachilar  uchun  qо‘llanma/  Nashr  uchun  mas. 
SH.G‘.Jо‘rayev; Tо‘zuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov.- T.: Sharq, 2000.-302 b. 


73 
 
Mazkur  Konsepsiyada  taraqqiyotimizning  ma’naviy  ahloqiy  negizi  milliy  va 
umuminsoniy  qadriyatlar  uyg‘unligi  ekanligi  e’tirof  etildi,  milliy  va  umuminsoniy 
tarbiyaning о‘zaro aloqalari belgilab olindi. 
Barkamol  avlodni  tarbiyalashda  «Oila,  mahalla,  maktab  hamkorligi» 
konsepsiyasini  hayotga  tatbiq  etish,  aniq  belgilangan  reja  asosida  sinf  ota-onalar 
majlislarini о‘tkazib borish; о‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bо‘yicha aniq chora-
tadbirlar  belgilash,  jumladan, kam  ta’minlangan  oilalar  farzandlari, ijtimoiy  himoyaga 
muhtoj  bolalar,  ota-onasiz  bolalarning,  homiylik  va  vasiylikka  berilgan  voyaga 
yetmaganlarning  ijtimoiy  huquqlarini  himoyalash;  о‘quvchilarning  maktabga 
belgilangan  libosda  kelishlarini  nazoratga  olish;  о‘quvchilarning  kundaliklarini 
yuritilishini  nazorat  va  tahlil  qilish,  ularning  о‘quv  qurollarini  mavjudligi  va 
saqlashlarini kuzatib borish; о‘quvchilarning turar joyilari, uy sharoitlari bilan tanishish, 
ularning sog‘lig‘i, maishiy xolatlarini о‘rganish, yaxshilashga yordam berish. Uyda va 
ta’lim  muassasasida  madaniy  dam  olishlariga  va  mustaqil  ishlashlariga  sharoit 
yaratishga  harakat  qilish;  о‘quvchilarning  о‘quvchilarni  turli  salbiy  diniy  oqimlar 
ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlar olib borish; 
sinf  ota-onalar  qо‘mitasi  bilan  hamkorlikda  umummaktab  ota-onalar  majlislari, 
konferensiyalar, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish. Sinfda о‘tkazilgan tarbiyaviy 
ishlar  yuzasidan  pedagogik  kengashlarda  hisobot  berish;  darslarga  muntazam 
kelmaydigan,  tarbiyasi  og‘ir  о‘quvchilar  bilan  ishlashda  ularning  ota-onalari,  huquq-
tartibot idoralari bilan hamkorlik qilish; о‘quvchilarda ota-onalar va kattalarga hurmat 
ruhida tarbiyalash, kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berishga 
tayyor turish, mehribonlik, mehnatsevarlik hislatlarini singdirib borish. 
Milliy tarbiya yо‘nalishi orqali yoshlarda о‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy 
g‘urur,  millatlararo  muloqot  madaniyati,  milliy  mafkо‘raviy  onglilik,  milliy  odob, 
fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. 
Umuminsoniy yо‘nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, 
gigiyenik  va  boshqa  tarbiya  yо‘nalishlari  amalga  oshiriladi.  Bu  Konsepsiya  milliy 
davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi. 


74 
 
Yosh  avlodni  jismonan  sog‘lom,  ma’nan  barkamol  insonlar  etib  tarbiyalash, 
ularning  qalbida  milliy  an’analar  va  qadriyatlarimizga  hurmat  hissini  kamol  toptirish 
о‘zini о‘zi boshqarish organlarining eng asosiy vazifalaridandir. 
Xalqimizda bir bolaga yetti qо‘shni ota-ona, degan naql bor. Bu ibora yosh avlod 
tarbiyasida mahalla beqiyos о‘rin tutishini tasdiqlaydi. Voyaga yetmaganlar tarbiyasida 
eng samarali usul oila-mahalla-maktab hamkorligining tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilishidir.  
Mahallada  voyaga  yetmaganlarni  ijtimoiy  himoyalash  va  deviant  xulq-atvor 
bо‘yicha  profilaktika  ishlarining  olib  borilishi,  mahalla  oqsoqollarining  faoliyatini 
fokus-gruppa metodi orqali о‘rganilganda mahallalarning ichki ishlar bо‘limlari, ta’lim 
muassasalari  bilan  hamkorlikdagi  ishlari  tо‘g‘ri  yо‘lga  qо‘yilmaganligi  aniqlandi. 
Mahallalar  faqat  maktabning  ma’naviy  va  ma’rifiy  ishlar  bо‘yicha  rahbar  о‘rinbosari 
bilan hamkorlikda ish olib borishadi. Maktab mahallaga tarbiyasi og‘ir bolalar haqida 
ma’lumot yetkazib bergan taqdirdagina ularning oilasi bilan yoki voyaga yetmaganlar 
bilan tarbiyaviy ishlar olib borishadi. Tarbiyaviy ishlar esa asosan odob-ahloq haqidagi 
suhbatlar bilan cheklanadi.  
Mahallalar  faoliyatida  asosiy  kamchiliklardan  biri  ta’lim  muassasalari,  ayniqsa 
sinf  rahbarlar  bilan  voyaga  yetmaganlar  va  tarbiyasi  og‘ir  bolalar  bilan  ishlashda 
ijtimoiylashuvning yetishmasligidir.  
Shuni alohida ta’kidlash joizki, jinoyatning oldini olishda ta’lim muassasalari va 
mahallaning о‘rni beqiyos. Chunki bolani oiladan sо‘ng shu maskanlar bag‘riga oladi, 
oilada olingan  saboq hayotda qо‘llanila boshlaydi.  Ma’lumki hech qaysi  bola onadan 
jinoyatchi  bо‘lib  tug‘ilmaydi,  kimning  qanday  bо‘lib  unib-о‘sishi,  tarbiyalanishi, 
yashashi  oilasi  va  yon  atrofdagi  muhitga  bevosita  bog‘liq.  Bola  nosog‘lom  muhitda 
tarbiya  topgan  bо‘lsa,  muallimu  tarbiyachilar,  qо‘ni  qо‘shni  va  mahalla  oqsoqollari 
bolani tо‘g‘ri yо‘lga yо‘naltirishda о‘zlarini burchli deb bilishi zarur. Axir, «bir bolaga 
yetti mahalla ota-ona» degan purma’no hikmat bejiz aytilmagan. 
 


75 
 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish