4. Sinf rahbari faoliyatini takomillashtirishda uslubiy birlashmaning о‘rni
Sinf rahbarlarining uslubiy birlashmasini tuzishdan maqsad, sinf rahbari
faoliyatini ish uslubini chuqur о‘rganib chiqish, sinf rahbarining, bolalar
yetakchisi, о‘qituvchilar, tо‘garak rahbarlari, ota-onalar, jamoatchilik bilan
birgalikdagi ishlari, sinf rahbari faoliyatining mazmuni, uslubiy birlashmasining
vazifalari, rejaning asosiy yо‘nalishlari haqida tо‘liq tushuncha berish. Ish
tajribalarini ommalashtirish maqsadida ta’lim muassasasida sinf rahbarlari
uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasiga
maktabdagi barcha sinf rahbarlari a’zo bо‘ladilar.
Sinf rahbarlarining kasb-mahoratini oshirish maqsadida fanlar bо‘yicha
tashkil etiladigan metodbirlashmalar bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya
ishlarini yaxshi yо‘lga qо‘yish uchun sinf rahbarlarining metodbirlashmalarining
tuzilishi ham maqsadga muvofikdir.
Sinf rahbarlarining uslubiy birlashmasini tashkil etish hamda uning
samaradorligini oshirishda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bо‘yicha direktor
о‘rinbosarlarining о‘rni muhimdir.
Sinf rahbarlarining uslubiy birlashmasini 1-4, 5-9-sinflar bо‘yicha tuzish
maqsadga muvofiqdir. Uslubiy birlashmasini alohida-alohida tuzishdan maqsad,
о‘quvchilarning faoliyatini tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish, ularning yosh va о‘ziga hos
xususiyatlarini, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni hisobga olish osonlashadi.
Shu maqsad yо‘lida sinflar bо‘yicha tashkil etilgan metodbirlashmaga
rahbar etib, shu sinflarga dars berayotgan tajribali sinf rahbari birktiriladi.
Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasining maqsadi va ishining mazmuni
maktab va ta’lim-tarbiya oldida turgan umumiy vazifalardan, muammolardan
kelib chikadi. Ammo bu umumiy vazifalar, ta’lim-tarbiya jarayonida yо‘l
quyilgan kamchiliklar har bir maktab, sinf о‘quvchilar faoliyatida turlicha
amalga oshishini nazarda tutib, uni aniqlashtirish, sharoitdan kelib chiqib ish
tutish zarur.
Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi ishini tashkil etishdan avval har bir
sinf rahbari faoliyatini ish uslubini chuqur, atroflicha о‘rganish, tahlil qilish
76
maqsadga muvofikdir. Buning uchun pedagog ilmiy-tadqiqot usullaridan
foydalaniladi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Kuzatish, tahlil qilish, ya’ni sinf rahbari ishlayotgan sinfdagi
о‘quvchilarning dars va sinfdan tashkari tadbirlarda ishtiroki va xatti-harakatini
kuzatish, muhokama etish.
2. О‘rganish. Bunda sinf rahbarlarining tarbiyaviy ish rejasi, sinf
majlislarining karorlari, sinf jurnali, о‘qituvchining shaxsiy ijodiy rejasi va
uning bajarilishi, о‘quvchilarning ijodiy ishlari, pedagogik kengash karorlari,
о‘qituvchining metodik ma’ruzalari, о‘quvchilarga yozilgan pedagogik-
psixologik harakteristika va xokazolarni kо‘rib chiqiladi.
3. Suhbat. Sinf rahbari bilan bevosita faol muloqot. Bunda sinf rahbarining
ta’lim-tarbiya ishida erishgan yutuqlari, mavjud kamchiliklari, ishning qaysi
yо‘nalishda qiynalishi, unda maktab rahbarlari, metodbirlashma, murabbiy
о‘qituvchi va kasbdoshlarining qanday yordam kerakligi aniqlab olinadi.
4. Anketa orqali sinf rahbarlarining metodik ishlarini aniqlash.
Anketada sinf rahbarining faoliyatiga doir quyidagi savollar bо‘ladi:
1. О‘z kasbdoshlaringizga sinf rahbarligi ishlari bо‘yicha nimalarni
maslaxat berar edingiz?
2. Sinf rahbarlik faoliyatida qiynalasizmi?
3. Ishingizdagi qiyinchiliklarning sababi nimada deb bilasiz?
4. Rahbarlik kilayotgan sinfingizda qaysi muammo ustida ish olib
borayapsiz, qanday ta’lim va tarbiyaviy muammoni hal qilmoqchisiz?
Yuqoridagi savollarga olingan javoblar bilan birga sinf rahbarining о‘z
faoliyatini о‘rganishi natijalarini umumlashtirib, uning yutuq va kamchiliklarini,
ehtiyojlari aniqlanadi. Har bir sinf rahbari faoliyatidagi ijobiy jihatlari, uning
ishdagi ijobiy usullari aniqlanadi va boshqalarga о‘rganish uchun tavsiya
qilinadi. Bunday natijalar sinf rahbarlari uslubiy birlashmasining mazmunini
belgilash uchun asos bо‘ladi.
Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasining maqsadi har tomonlama ma’naviy
yetuk, barkamol insonni tarbiyalashda, ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik
77
fanlarining yutuqlari, ilg‘or sinf rahbarlarining tajribalarini о‘rganish va
tushuntirish, о‘quvchilar bilan tashkil etib о‘tkazib boriladigan tarbiyaviy
tadbirlarni sifatini yaxshilash, kiritilgan tadbirlarni о‘quv tarbiya jarayoniga
joriy etishda sinf rahbarlari uchun joriy etilgan metodik birlashmaning о‘rni
cheksizdir.
Hammamizga
ma’lumki,
sinfda
tarbiyaviy
ishlarni
takomillashtirishda sinf rahbarining bolalar yetakchisi, о‘qituvchilar, tug‘arak
rahbarlari, ota-onalar, maxalla, jamoatchilik bilan hamkorlikdagi ishlari muhim
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Sinf rahbari faoliyatining mazmuni quyidagilardan iborat:
О‘quvchilar shaxsini о‘rganish, sinf jamoasini tashkil etish, sinfdagi
barcha о‘quvchilarni doimiy jamoat ishiga jalb etish, har bir о‘quvchi yakkama-
yakka ishlash, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va uni bajarilishini tahlil qilib
borishdir.
Metodik birlashmaning faoliyatini faollashtirish va uning samaradorligini
oshirish maqsadida metodik birlashmada faqat ma’ruza bilan cheklanib
qolmasdan, balki tajriba almashish, davra suhbati, munozara sinfda tashkil etib
о‘tkaziladigan tadbirlarni, tarbiyaviy soat, sinf majlislari va an’anaviy taqvim
bayramlarini nishonlashni tahlil va muhokama qilishdir.
Shu maqsadni amalga oshirish uchun sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi
о‘z oldiga quyidagi vazifalarni qо‘yadi:
1. Sinf rahbarlarining ma’rifiy-ma’naviy mafkuraviy yо‘nalishlar bо‘yicha
saviyasini oshirish, ularni tarbiya nazariyasi, metodikaga doir bilimlar bilan
qurollantirish.
2. Tarbiya jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni, ularning sabablarini
aniqlash va bartaraf etish yо‘llarini kо‘rsatish.
3. Sinf rahbarlarining ilmiy-metodik tayyorgarligini ta’minlash va kasb
maxoratini takomillashtirish.
4. О‘quvchilarni tarixiy madaniyatimiz, merosimiz ruhida tarbiyalashning
yо‘l va vositalarini ishlab chiqish.
78
5. Ta’lim-tarbiya tо‘g‘risidagi normativ, instruktiv-metodik xujjatlarni
sinf rahbarlari muntazam о‘rganib borishni tashkil etish. Maktabda sinf
rahbarlari uslubiy birlashmalari ishiga mas’ul kishi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya
ishlari
bо‘yicha
direktor
о‘rinbosari
bо‘lganligi
uchun,
mazkur
metodbirlashmalar faoliyati haqida aniq tasavvurga ega bо‘lish kerak.
Uslubiy birlashma sinf rahbarlari uchun ijodiy laboratoriya hisoblanadi.
Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasining bir o‘quv yilida o‘tkaziladigan
yig‘ilishlarining namunali ish rejasi (3-ilovada keltiriladi).
Unda sinf rahbarlari faoliyatiga doir barcha muammolar hal etilib,
savollarga javob topiladi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |