II bob bо‘yicha xulosa
Maxsus maktab о‘quvchisi va tarbiyachisining asosiy vazifalaridan biri
aqli zaif о‘quvchilarga maqsadga yо‘naltirlgan, reja asosida mukammal talim-
tarbiya berishdan iboratdir. Sistemali ravishda uzluksiz berib borilgan talim-
tarbiya asosida о‘quvchilarda kuzatiladigan salbiy xislatlarni korreksiyalab
borish, ularni hayotda о‘z о‘rinlarini topishga yordam berish mumkin, ularda
huquqiy bilim sifatlari ham takomillashib boradi. Jamoada xulq-atvor normasini
о‘zlashtiradi, huquqiy tarbiya berishda aqli zaif bolaning individual
xususiyatlarini hisobga olish kerak. Bu jarayon nafaqat darsda, sinfdan, darsdan
tashkari vaqtlarda о‘quvchilar bilan suhbat, baxs orqali olib borilsa maqsadga
muvofik bо‘ladi.
Sinf rahbari о‘quvchilar jamoalariga aqli zaif bolalarda bilimlarni ongli
о‘zlashtirishiga,
milliy
urf-odatlarimiz,
qadriyatlarimizni,
nazariy
meroslarimizni о‘rganishga, ta’lim olishga, kasb-xunar о‘rganishga qiziqishni
rivojlantirishda
yordam
berishdan,
о‘quvchilarning
ijtimoiy-foydali
faoliyatlarini faollashtirishdan iboratdir. Bular hammasi, shubhasiz milliy
g‘oyaviy e’tiqodli, mehnatsevar, vatanparvar, insonparvarlik g‘oyalarini
о‘quvchilar ongiga singdirishga qaratilgan korreksion ta’lim-tarbiya
samaradorligini oshirishga kо‘maklashadi. Bularni amalga oshirishda esa
maktab, oila jamoatchilik hamkorligiga erishini taqoza etadi. Sinf rahbari
maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a’zosidir. Maktabdagi
tarbiyaviy ishlar uslubini о‘rganadigan har bir talaba avvalo quyidagilarni
yaxshi о‘rgangan va har jihatidan puxta о‘zlashtirgan bо‘lmog‘i lozim. YA’ni
tarbiyaviy ishlar uslubida umuminsoniy g‘oyalarni, ma’lum maqsadga
intiluvchanlikni, tarbiyaning turmush bilan, mustaqilligimizning mohiyati bilan
aloqasi, jamoada va jamoa orqali tarbiyalashni, tarbiyalanuvchining shaxsiga
qо‘yiladigan talablar va uni xurmat qilish birligini, tarbiyaviy ta’sirning
izchilligini, tizimliligi, uzluksizligi, tarbiya о‘quvchilarining yoshiga va
individual xususiyatlariga muvofiq bо‘lishini о‘z ichiga oladi.
80
Sinf rahbari qanday sharoitda ishlamasin, u qanday sinfga rahbarlik
qilmasin, butun e’tiborni о‘quvchi shaxsiga, uni har tomonlama kamol
toptirishga, hayotda qiynalmaslikka qaratilmog‘i lozim.
Maxsus maktab о‘qituvchilari oilaga borish, ota-onalar bilan ishlash, ota-onalar
pedagogik savodxonligini oshirishga oidsinf rahbarini olib boriladigan ishlar
mazmun-mohiyati yoritib berildi. Sinf rahbari olib boradigan tarbiyaviy ishlar
mazmuni, shakllari hamda metodlari, tarbiyaviy vazifalar, bayram tadbirlarini
о‘tkazish yо‘llari hamda metod birlashma ishi yoritib berildi. Maktabda sinf
rahbarlari uslubiy birlashmalari ishiga mas’ul kishi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya
ishlari
bо‘yicha
direktor
о‘rinbosari
bо‘lganligi
uchun,
mazkur
metodbirlashmalar faoliyati haqida aniq tasavvurga ega bо‘lish kerak.
Uslubiy birlashma sinf rahbarlari uchun ijodiy laboratoriya hisoblanadi.
Unda sinf rahbarlari faoliyatiga doir barcha muammolar xal etilib,
savollarga javob topiladi.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |