О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


III Bob. Maxsus maktabda sinf rahbarining faoliyati va ish tizimini



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana22.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#126034
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
maxsus maktabda sinf rahbarining ish tizimi

III Bob. Maxsus maktabda sinf rahbarining faoliyati va ish tizimini 
takomillashtirish 
1. Pedagogik eksperiment metodikasi va uni tashkil etish yо‘llari 
 
Belgilangan  maqsad  va  vazifalardan  kelib  chiqib,  biz  ilmiy-tadqiqot 
ishlarni olib borishni rejalashtirib oldik. 
Tajriba  о‘tkazish  uchun,  Toshkent  shahar  Olmazor  tumani  36-sonli 
maxsus maxsus maktabda maktab tadqiqot bazasi sifatida tanlab olindi. Maxsus 
maktab  о‘qituvchi-defektologlardan  15  nafar  hamda  pedogogik  tadqiqotda 
о‘tkazish  uchun  10  nafar  nazorat  guruhi  va  10  nafar  tajriba  guruxi  5-sinf 
о‘quvchilariva ulanring ota-onalari jalb qilindi.  
Maxsus  maktab  5-sinflarda  sinf  rahbari  faoliyati  ish  uslublari,  tarbiyaviy 
ish mazmuni va shakllari kuzatildi, о‘rganib chiqildi. 
Pedagogik eksperiment 3-ta yо‘nalishda olib borish rejalashtirildi: 
1. О‘quvchilar  о‘rtasida  sinf  rahbarining  faoliyati  о‘rganish  maqsadida 
«Sinf rahbari о‘quvchilar nigohida» sо‘rovnoma о‘tkazish; 
2. Sinf rahbarining faoliyati о‘rganildi. 
3. Ota-onalar  о‘rtasida  anketa-sо‘rovnoma  asosida  sinf  rahbarining 
faoliyati о‘rganildi;  
Kuzatish jarayonida biz sinf rahbarlarining aqli zaif о‘quvchilar bilan olib 
boradigan  tarbiyaviy  ishlarga,  fan  о‘qituvchilari,  tarbiyachilar  va  ota-onalar 
bilan  hamkorlik  ishlariga  qaratdik.  Har  bir  sinf  rahbari  faoliyatini  ish  uslubini 
chuqur,  atroflicha  о‘rganish,  tahlil  qilishni  maqsad  qilib  olindi.  Buning  uchun 
pedagogik ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Bular quyidagilardan iborat 
bо‘ldi:
 
Sinf  rahbari  faoliyatining  aqli  zaif  о‘quvchilar  shaxsini  shakllantirishga 
samarali ta’siri darajasini aniqlashga harakat qildik. Buni amalga oshirish uchun 
quyidagicha ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib bordik va shu maqsadda 
biz  о‘qituvchilar  о‘rtasida  anketa-savolnoma  tarqatdik.  Savolnomaning 
mazmuni quyidagicha bо‘ldi: 


82 
 
 Anketa -sо‘rovnoma 
1. 10-15 yillik ish stajiga egamisiz?  
2. Siz sinf rahbari sifatida necha yildan beri faoliyat kо‘rsatib kelmoqdasiz 
va bu faoliyatingizni davom yettirishni hohlaysizmi?  
3. «Sinf rahbari tо‘g‘risida» Nizom bilan tanishmisiz?  
4. Sinf rahbari faoliyatingizda qiyinchiliklarga duch kelasizmi?  
5.  Siz  rahbarlik  qilayotgan  sinfingizdagi  muammolar  ustida  ish  olib 
boryapsiz?  
6. Sinf rahbari faoliyatiga oid adabiyotlardan foydalanasizmi? 
7. Sinf rahbariga oid metodik qо‘llanmalar aniq ayta olasiz? 
8.  Sinf  rahbari  sifatida  ishingizni  samaradorligini  a’lo  darajada  deb 
baholay olasizmi? 
9.  О‘z  kasbdoshlaringizga  Sinf  rahbarligi  faoliyati  ishlari  bо‘yicha 
maslahatlar berasiz? 
10.  Sinf  rahbarining  sinf  jamoasi  bilan  ishlashga  pedagogik  shart-
sharoitlar bormi? 
Yuqorida  berilgan  savollarga  olingan  javoblar  tahlil  qilindi.  Olingan 
natijalar asosida keyingi bosqichda qilinadigan tadqiqot ishlari belgilab olindi. 
Keyingi bosqichda belgilab olingan vazifalardan о‘quvchilar о‘rtasida sinf 
rahbarining  faoliyati  va  olib  borayotgan  ishlari  mavqeni  о‘rganish  maqsadida 
«Sinf rahbari о‘quvchilar nigohida» sо‘rovnoma о‘tkazildi. 
Sо‘rovnomaning mazmuni quyidagicha bо‘ldi: 
1.  Sinf rahbaringiz sizga yoqadimi? 
2.  Sinf rahbaringiz sizga nima uchun yoqadi? 
3.  Sinf rahbaringiz bilan sayohatga chiqqanmisiz? 
4.  Sinf rahbaringiz sizning uyingizga qachon borgan? 
5.  Sinf rahbaringiz bilan qanday tadbirlarda ishtirok etgansiz? 
6.  Sinf  rahbaringiz  sizga  darslarni  о‘zlashtirishda  qanday  kо‘mak 
beradi? 
Sо‘rovnoma natijalari tahlil qilindi. 


83 
 
  Keyingi  bosqichda  biz  sinf  rahbarining  ota-onalari  bilan  hamkorlik 
ishlari qanday yо‘lga qо‘yilganligini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan savol-
javoblar  о‘tkazildi.  Maxsus  maktab  о‘quvchilarining  ota-onalarini  maktabga 
jamlash bir muncha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Savol javob natijalari bayonnomasi 
yozib  borildi.  Sinf  rahbarining  о‘quvchilar  tarbiyasiga  oid  muammolarni  hal 
qilish  borasida  qanday  ishlarni  ota-onalar  bilan  hamkorlikda  olib  boilganligini 
aniqlashga oid savollar tuzildi. 
Maxsus  maktabda  5-sinf  rahbari  о‘quvchilar  uyiga  borib  ota-onalarning 
ba’zi  bolalarga  nisbatan  rag‘batlantirish  va  ularni  jazolashda  xatoliklarga  yо‘l 
qо‘yayotganligini  guvohi  bо‘ldi.  Ayni  vaqtda,  bolalarni  tо‘g‘ri,  oqilona 
rag‘batlantiradi  va  jazolaydigan  oilalardan  ham  kо‘pgina  misol  namunalari 
aniqlandi.  «Oilada  rag‘batlantirish  va  jazolash  choralarini  qо‘llash»  mavzusida 
suhbat о‘tkazildi va savolnoma tarqatildi. 
Maxsus  maktab  о‘quvchilarining  ota-onalari  bilan  о‘tkazilgan  anketa 
sо‘rovnoma quydagicha: 
1.  Farzandingiz yaxshi baho olib kelishi uchun qanday yо‘l tutasiz? 
2.  Oilaviy sharoitingizda farzandingizga vaqt ajrata olasizmi? 
3.   Farzandingiz uyda bо‘sh vaqtini qanday о‘tkazadi? 
4.  Farzandingizni barcha istaklarini bajo keltirasizmi? 
5.  Uyda 
farzandingizga 
mehnat, 
muayyan 
vazifani 
bajarishga 
о‘rgatasizmi? 
6.  Farzandingizga ertak о‘qib berasizmi? 
7.  Farzandingizni kun tartibi qanday? 
8.  О‘zlariga yarasha mehnatni hoxishlari bilan bajarishadimi? 
9.  Farzandingiz harakteriga qanday baho berasiz? 
10. Farzandingizni tez-tez rag‘batlantirasizmi? 
Agar maktab yordamga kelib, ota-onalar bilan birgalikda bu kamchilikka 
barham  bermasa,  bunday  о‘quvchilar  hayotda  ham  «ikki  xil  ahloq»  bilan  ish 
tutadigan  bо‘lib  qoladilar.  Bundaylar  ishda,  muassasada  yaxshi  ishlab 
chiqaruvchi va hatto yaxshi jamoatchi bо‘lib, uyda, oilada esa toshbag‘ir, xudbin 


84 
 
bо‘lib qolaveradilar. 
Sо‘rovnoma  natijalaridan  ma’lum  bо‘ldiki  olingan  natijalar  shuni 
kо‘rsatdiki,  maxsus maktabda sinf  rahbarlari  о‘z  faoliyatlarini  tizimli  va izchil 
olib  bormas  ekanlar.  Maxsus  maktabda  sinf  rahbarining  olib  borayotgan  ish 
tizimi  zanjirida  uzilishlar  mavjud  ekan.  Bunga  sabab  maxsus  maktabda  sinf 
rahbarining  faoliyati  ish  tizimiga  oid  о‘quv  qо‘llanmalar  yaratilmaganligi  va 
metodik  tavsiyalar  ishlab  chiqilmaganligi  sabab  ekan.  Mazkur  masalaga  oid 
muammolarni  yechimini  topish  uchun  biz  sinf  rahbarlari  uchun  bir  kunlik 
seminar-trening  tashkil  qildik.  Seminar-teningda  defektologlarni  «Sinf  rahbari 
Nizomi» bilan tanishtirdik. Nizom asosida reja tuzish, (о‘quvchilarni о‘rganish, 
sinf  jamoasi  bilan  ishlash,  о‘quvchilar  oilasi  va  mahalla  hamkorligiga  erishish 
masalalariga  doir  davra  suhbatlari  va  ma’ruza  tashkil  qilindi.  Tarqatma 
materiallar  va  metodik  tavsiyalar  berildi.  «Mening  о‘quvchilarim»  mavzusida 
sinf  rahbarining  taqdimoti  uyushtirildi.  «Mening  о‘quvchilarim»  taqdimotini 
о‘tkazish uchun biz tomondan ishlab chiqilgan «О‘quvchilarni о‘rganish», «Aqli 
zaif  о‘quvchilarni  oilasi  bilan  tanishish»,  «О‘quvchilar  jamoasi  bilan  ishlash» 
yо‘riqnomalarni tavsiya qildik. Yо‘riqnomada sinf rahbari uchun na’munali ish 
rejasi  ishlab  chiqildi,  ish  rejasi  (1-ilovada  keltirildi),  ota-onalar  bilan  olib 
boriladigan  na’munali  ish  rejasi  (2-ilovada  keltirilgan)  ishlab  chiqildi  va  bir 
chorak davomida mazkur ishlanma reja asosida 5-sinfda tarbiyaviy ishlarda sinf 
rahbari faoliyat kо‘rsatdi. Biz sinf rahbari faoliyati jarayonida kerakli yо‘llanma 
berdik.  
Maxsus  maktabda  aqli  zaif  о‘quvchilar  shaxsini  shakllantirishni 
muvafaqqiyatli  amalga  oshirishda  tizimli  sinf  rahbari  tomonidan  reja  asosida 
olib  borilgan  uzluksiz  korreksion  ishlar  tizimi  olib  borilgandagini  maqsadga 
erishish mumkin bо‘lar ekan. Asosiy tashkiliy va metodikani usullarini qо‘llash 
imkoniyatlarini  ishlab  chiqildi  va  sinf  rahbari  faoliyati,  tarbiyaviy  ishlar 
mazmuni shakl va metodlari yaratildi. 
5-sinf  о‘quvchilari  sinf  rahbari  faoliyati,  ish  tizimi  amalga  oshirilganda 
aqli  zaif  о‘quvchilar  shaxsini  shakllanishi  va  ularda  ijobiy  fazilatlar  hosil 


85 
 
bо‘lishiga  oid  tajriba-sinov  о‘tkazildi.  Bunda  quyidagi  masalalarni  yechimini 
topishga harakat qilindi. 

Sinf rahbari faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar; 

Sinf rahbari va fan о‘qituvchilarining о‘zaro aloqasi; 

Sinf  rahbarining  sinf  jamoasi  bilan  ishlashdagi  pedagogik  shart-
sharoitlar; 

Sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorligi; 
Olib  borilgan  tajriba-sinov  natijasida  sinf  rahbarining  ish  tizimi  ishlab 
chiqildi  va  maxsus  maktabda  sinf  rahbari  faoliyati  va  olib  borishga  oid  ishlab 
chiqilgan  metodikaning  samaradorligi  aqli  zaif  о‘quvchilar  bilim  kо‘nikmalari 
va  malakasini  hosil  qilishda,  ularni  shaxsini  shakllantirishda  ularda  ijobiy 
xislatlarni shakllanishi uchun zamin yaratdi. 
Maxsus  maktabda  sinf  rahbarining  ish  tizimini  yuqori  sinflarda  5-sinf  misolida 
korreksion-tarbiya  ish  shakl,  metod  va  vositalari,  «Sinf  rahbari  ish  faoliyati 
Nizomi» asosida namunali ish rejasi va unga qо‘yilgan talablar ishlab chiqiladi.
 
1. Maxsus maktabda sinf rahbari faoliyatiga oid uslubiy kо‘rsatma ishlab 
chiqildi. 
2. Sinf  rahbarining  ish  faoliyati  samaradorligini  aniqlash  uchun  baholash 
mezonlari va kо‘rsatkichlari ishlab chiqildi. 
Maxsus  maktabda  sinf  rahbarlarining  ilg‘or  tajribalari  tahlilini  о‘rganish 
natijalari  inobatga  olgan  holda  takomillashtirildi.  Sinf  rahbari  olib  boradigan 
tarbiyaviy  ishlar  shakl  va  metodlarining  taxminiy  jadvali  ishlab  chiqildi.  Shuni 
ta’kidlash joizki,sinf rahbarining ish tizimini ishlab chiqishda ularni tayyorlash 
bо‘yicha  amaldagi  о‘quv-meyoriy  xujjatlar  shakli,  rasmiylashtirish  talablari 
tadqiqot etiladigan maxsus maktabda qabul qilingan tartib va qoidalarga asosan 
bajarildi.  
Ushbu natijalar asosida maxsus maktab sinf rahbari ish tizimining tizimli 
tarzda  olib  borilishi  tarbiyaviy  ishlarni  samaradorligini  oshirishi  bugungi 
kunning  dolzarb  vazifalaridan  biri  ekanligini  kо‘rsatdi.  Tadqiqotning  dastlabki 
bosqichida  maxsus  maktab  sinf  rahbarlari  faoliyati  ish  tizimining  qanday 


86 
 
tartibda  bо‘lishi  kerakligiga  javob  izlandi.  Tadqiqot  mavzusiga  oid  nazariy 
ma’lumotlarning  xolati  va  sinf  rahbarining  ish  tajribalari  о‘rganib  chiqildi. 
Pedagogik  tajribaning  tashkiliy  metodik  bosqichida  «Maxsus  maktabda  sinf 
rahbarining  korreksion  ish  tizimi»  mavzusiga  oid  didaktik  materiallar  ishlab 
chiqildi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish