1. Intizomli xulq – atvor, kunikma va odatlarni tarbiyalash;
- kun tartibini bajarish kunikmasi;
- darsga zarur bо‘lgan jixozlarni tanlash kunikmasi;
- uy vazifasini bajarishda tinchlik, osoyishtalik va tartibga rioya qilish;
- darsda о‘zini tо‘g‘ri tutish kunikmasi;
- jamoa joylarda xulq–atvor qoidasiga amal qilish kunikmasi;
- shahar transportidan tо‘g‘ri foydalana olish kunikmasi;
- kuchadan tо‘g‘ri utish qoidasiga rioya qilish;
2. Atrofdagilar bilan xush muamola bо‘lish kunikma va malaka, adatlari
vujudga keltirish:
- odobli salomlashish, xayrlashish, e’tibor, diqqat va xizmati uchun
tashakkur bildirish kunikmasi;
- urtoklarining iltimosini bajonu dil, vijdonan bajarish odobi.
3. Hamkorlik, mexribonlik kо‘rsatish kunikma, malaka va odatlarini
tarbiyalash;
4. Jamoani tashkil qilish;
- jamoatchilikka oid topshiriklarni vijdonan bajarish kunikmasi;
- turli kо‘rinishdagi jamoa faoliyatida faol katnashish kunikmasi;
- jamoadagi xulq – atvor meyori va qoidalarining buzilishlariga befark
bо‘lmaslik kunikmasi.
IV-IX sinflar
Ijtimoiy xulq – atvor kunikma va odatlarini tarbiyalash
1. Ijtimoiy xulq – atvor kunikma, malaka va odatlarini vujudga keltirish.
2. Atrofdagilar bilan xushmuomalada bо‘lish kunikma, malaka va
odatlarni vujudga keltirish.
3. G‘amxurlik, mehribonlik kо‘rsatish kunikmasi, malaka odatlarini
tarbiyalash.
4. Jamoani tashkil etish.
46
Ahloqiy tasavvur, tushuncha va sezgilarini vujudga keltirish
1. Vatanga nisbatan sevgi, xalqlar dustligi haqida tushuncha va
tasavvurlarni vujudga keltirish.
2. Burch, vijdon, inson haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish,
kengaytirish.
3. О‘rtovlik, dо‘stlik haqidagi tasavvurlarni kengaytirish.
4. Birlamchi ahloqiy – estetik tasavvurlarni vujudga keltirish va
rivojlantirish.
Ahloqiy yordamga muhtoj о‘quvchilarga ahloqiy tarbiya berish orqali
mehnatga tayyorlash katta ahamiyatga ega.
Bunda о‘quvchilarda quyidagi xislatlar tarbiyalanadi:
1. О‘quvchilarda mehnatga nisbatan javobgarlik hissini tarbiyalash,
jamoada ishlashni о‘rgatish mustaqillikni namoyon etish mehnat yutuqlariga
erishishga intilish, о‘z-о‘zini tanqidiy baholash.
2. Jismoniy, aqliy va nutqdagi nuqsonlarni korreksiyalashga yordam
berish.
3. Aqli zaif о‘quvchilarda mehnat bilimlarini, kо‘nikma va malakalarni
shakllantirish.
4. Ishlab chiqarish mehnatga tayyorgarlik.
Maxsus maktablarda ahloqiy tarbiya orqali mehnat tarbiyasini oshirish,
ta’limning turmush bilan aloqasini mustaxkamlash, kasb tanlashni kuchaytirish,
maxsus maktab о‘quvchilarini ijtimoiy – foydali mehnatga tayyorlash va har
tomonlama kamol toptirish ishlarini asosiy yо‘nalishlaridan birini о‘rgatishni
unumli mehnat bilan tanlashning shakl va usullarini shakllantirishdir. Shunga
muvofik nazariy va amaliyotda avvalo quyidagi masalalar xal qilinishi kerak:
- maxsus maktab о‘quvchilari unumli mehnatini rejali tashkil etish va
kasblarni tartib etishni kuchaytirish;
- maktab, oila jamoatchilik kasb – xunar muassasalari aloqasini
mustahkamlash;
47
- maxsus maktab о‘quvchilarining unumli mehnatini ma’naviy va moddiy
rag‘barlantirishning samaradi yо‘llarini ishlab chiqish va amalda tadbik etish.
Mehnat tarbiyasi ahloqiy tarbiya berish orqali maxsus maktab
о‘quvchilarida kelajakda tо‘g‘ri kasb tanlashlari amalga oshiriladi.
Ahloqiy tarbiyaning quyidagi tamoyillari mavjud;
- ahloqiy tarbiyaning maqsad sari yо‘nalganligi;
- hayot bilan bog‘lab olib borilishi;
- jamoa uchun va jamoa orqali tarbiyalash;
- bolaning shaxsiga nisbatan xurmat va uning xulqiga nisbatan
talabchanlik;
- tarbiyaning yagona bir butun jarayon ekanligi;
- ahloqiy tarbiyada onglilik va izchillik.
Aqli zaif va jimsonan kamchiligi bor bolalarni ahloqiy tarbiyalash uchun
quyidagilarga ahamiyat berish lozim;
1. Ma’lum toifadagi nuqsonli bolalarga tegishli umumiy individual
xususiyatlarni aniqlash uchun ularni atroflicha о‘rganish. Birlamchi va
ikkilamchi nuqsonlarni tahlil etish.
2. Nuqsonli bolalarning nisbatan saklangan kuli imkoniyatlarini aniqlash
va shunga asoslanib ish olib borish.
3. Pedagogik jarayonning bolalar nukchonlarini tо‘g‘irlash va ularning
о‘rnini tо‘ldirishga qaratilishi. Asosiy e’tiborni tarbiyaga oson beriladigan
ikkilamchi nuqsonlarga qaratish.
4. Ayrim bolalarga individual yondoshish. Maxsus maktabning maxsus
tarbiyaviy faoliyati shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bо‘lib, u ahloqiy
tarbiyaning quyidagi vazifalarini xal etadi:
ahloqiy ongni mustaxkam ahloqiy e’tikodni tarbiyalash maxsus maktab
о‘quvchilarining Vatanga, jamiyatga, mehnatga о‘ziga boshqalrga munosabatini
anglab olishga qaratilgan ahloqiy tuyg‘ularni tarbiyalash;
48
odob kunikmalari va odatlarini tarbiyalash. Ahloqiy tarbiyaning asosiy
maqsadi va vazifasi har bir bolada faol hayotiy nuqtai nazar hosil qilishdan
iborat.
Mehnat va inson bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Mehnat insonni
о‘zini yaratadi. K.D. Ushinskiy bunday deb yozgan «Tarbiyaning о‘zi, agar u
kishining baxtiyor bо‘lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalash kerak emas,
balki turmush mehnatiga tayyorlash lozim»
18
.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak atrofidagi muhitni, real buyumlarni
anglab, bilib olishning mustaxkam vositasi bо‘lib unga nazariy bilimlarni
qо‘llanish imkoniyatini yaratib beradi. Uning ongini hissini tasavvurlar bilan
boyitadi, ularni aniqlaydi. Mehnat faoliyatini tayyorlash, biron-bir kasb bо‘yicha
malaka va kunikmalar hosil qilish, yani mehnat adaptatsiyasiga erishish lozim.
Bu vazifa aqli zaif bolalarga ishlab chiqarish korxonalariga mumkin qadar
moslashgan sharoitlarda bilim berish orqali amalga oshiriladi mehnat tarbiyasida
о‘qituvchi umumiy talablarga rioya qilishi kerak.
1. Topshiriqlar bola yoshiga mos bо‘lishi kerak.
2. Ma’lum bir tо‘rini tanlashda bolaning psixofizik xususiyatlari uning
imkoniyatlariga individual munosabatda bо‘lish.
3. Ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etishda о‘quvchilarga tо‘g‘ri
instruksiya berish, tushuntirish, kо‘rsatma berish.
4. Har bir mashg‘ulot tо‘rini topshirishda bolaga rahbarlik qilish, nazorat
qilish rag‘barlantirish va baholash metodlaridan unumli foydalanish.
Mehnat insonni jismoniy, aqliy ahloqiy jihatdan tо‘g‘ri rivojlanishning
sharoitidir. Mehnat tarbiyasi shaxsning butun ma’naviy yо‘nalishini belgilaydi.
О‘quvchilarni mehnatga tarbiyalash dastlab oilada, maktabda, о‘quv
tarbiya ishlarining butun sistemasida, bolalar tashkiloti faoliyatida, ishlab
chiqarish jarayonida amalga oshadi. Mehnat tarbiyasi keng tushuncha bо‘lib,
maxsus maktab о‘quvchilarini mustaqil hayotga, mehnatga tayyorlash ularni
kasb xunar о‘rgatish mehnat faoliyatida zarur bо‘lgan intellektual jismoniy,
18
К.Д. Ушинский, Собрание сочинений , 8-том, 490-491-бетлари
49
ahloqiy, bilim, kunikma va malakalari bilan qurollantirish va malakalar bilan
qurollantirish о‘z ichiga kamrab olgan, jamoa bо‘lib mehnat qilishi asosida
о‘quvchilar aqliy, estetik jismoniy rivojlanib ularning dunyokarashlari ahloqiy
sifatlari harakteri shakllanib boradi.
Aqli zaif bolalarni mehnat tarbiyasini amalga oshirishda mehnat haqida
suhbatlar, ayrim mehnat jamoalari haqida hikoya qilib berish mashhur, ilg‘or
kishilar tо‘g‘risida ma’lumot berish, qishloq mehnatkashlari haqida savol-
javoblar tashkil etish yaxshi natijalar beradi. Maxsus maktablardagi mehnat
tarbiyasini amalga oshirishda qо‘l mehnati ham muhim ahamiyatga ega.
О‘quvchilarda umumiy ish madaniyati, о‘z ish о‘rnini tashkil eta bilish,
qurollarni hamisha tartibli, ozoda xolda saqlash, ish vaqti va materiallarn, tejash-
mehnatni uyushtira bilish qiyinchilik tug‘ilganda yordam kо‘rsatish kabi shaxsiy
sifatlar shakllanadi.
Qо‘l mehnati kirgan topshiriqlarning xilma-xilligi (plastlin, loy bilan
ishlash, tikish, tekstil mahsulotlari, ipak tabiiy materiallar bilan ishlash) aktiv va
har tomonlama ishlashni ta’minlaydi.
2. Ijtimoiy – foydali mehnat.
Ijtitmoiy – foydali mehnati maktab binosi, sinf xonasini toza tutish, о‘quv
anjomlarini remont qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari sinfda
tarix burchaklar tashkil qilish, makalatura, metallalomlar yig‘ish, kо‘rgazmali
qurollarni tayyorlash va boshqalar ijtimoiy foydali mehnat turiga kiradi. Ijtimoiy
– foydali mehnat о‘quvchilarni mehnat jihatidan tayyorlashning va tashkiliy
formalarining turmush bilan uzluksiz bog‘lanishda bо‘lish, bolalar texnikaga,
ishlab chiqarishga kiritish, boshqalarning mehnatini kuzatish ularda muhim
ijtimoiy foydali mehnat masalalarini hal etish ehtiyojlarini vujudga keltirishga
yordam beradi.
3.Kasbga yо‘naltirish.
Maxsus maktabda kasbni tо‘g‘ri tanlash aqli zaif bolalarni hayotga
tayyorlashning bosh omilidir. Aqli zaif о‘quvchilarni mehnat faoliyatiga
tayyorlashning asosiy muammolardan biri mahsus maktabda mehnat ta’limi
50
jarayonida biror bir kasbni tanlashdan iboratdir. Kasb mehnati о‘qituvchisi duch
keladigan asosiy qiyinchilik–kasb malakalarini maxsus maktab о‘quvchilarining
psixo-fizik xususiyatlarining rivojlanishiga mos kelmasligidir. Shu bilan birga
har bir kasb uchun maxsus tushuntirishlar olib borish kerak.
«Bolalar huquqlari tо‘g‘risida»gi halqaro Konvetsiyaning asosiy maqsadi
bolalar man’faatlarini maksimal ximoyalashdir. Konvensiya nizomlari
bolalarning yashashi, rivojlanishi, ximoyalashni, jamiyat hayotida faol ishtiroki
kabi huquqlarini ta’minlanishi kerak.
Konvensiyaning 23-moddasida aqliy va jismoniy kamchiligi bо‘lgan
bо‘lgan bolalarning jamiyatda munosib hayot kechirish tan olingan. 23-
moddasining 1-bandida aqli zaif bolaning ta’lim olish, kasbga tayyorlash, unga
tibbiy xizmat kо‘rsatish, sog‘ligini ta’minlash, mehnat faoliyatiga tayyorlashga
doir ehtiyojlarining ustuvorligi taminlanishi zarurligi nazarda tutilgan.
Nogironlar va imkoniyati cheklangan shaxslar alohida huquqlarga ham
ega bо‘ladilar. Alohida huquqlar kо‘pgina qonunchilik xujjatlarda ta’kidlangan.
О‘zbekiston Respublikasining Nogironlarni ijtimoiy ximoyalash
tо‘g‘risidagi qonunda nogironlarning mehnat qilish, ularga tibbiy xizmat
kо‘rsatish, uy joyga ega bо‘lish soxasidagi alohida huquq va imtiyozlar
imkoniyati
cheklangan
insonning
jamiyatda
о‘z ijtimoiy mavqeyini
kо‘tarilishiga xizmat qildi.
О‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi Konstitusiyaga mos ravishda oila
munosabatlarini muvofiklashtiriga xizmat qiladi. Kodeksda bola huquqining
mustaqil subyekti sifatida kuriladi.
Kodeksda ota-onalarning farzandani talim olishi kasbga yо‘naltirish,
ularning huquq va ma’nfatlarini ximoyalash borasidagi huquq va majburiyatlari
belgilangan.
Tarbiyalash aqli zaif bolalarga qanday ishlarni qilish-qilmaslik haqida
kо‘rsatma berishdangina iborat emas. Tarbiyalovchi ana shunday xatti-
harakatlarning ijtimoiy mazmunini anglab olishga, unda tо‘g‘ri xatti-harakatlarni
51
ijtimoiy mazmunini anglab olishga, unda tо‘g‘ri xatti- harakatlarni ijtimoiy va
shaxsiy qadri borligiga ishonch hosil bо‘lishiga erishish kerak.
Huquqiy tarbiya boshqa tarbiya usullari bilan uzviy, chambarchas
bog‘langan xolda olib boriladi.
Aqli zaif bola maktabga kirgan ilk davirdan boshlab huquqiy tarbiya ham
berladi.
Buning uchun eng avval bolaga о‘z huquq va burchlari haqida malumot
beriladi. Boshlag‘ich sinflarda huquqiy tarbiya berishda ishni maktab tartiblarini
о‘rgatishdan boshlanadi. Shu bilan birga talim berish jarayonida aqli zaif bola
yashayotgan davlat ramzlari haqida malumot berib boriladi.
Yuqori sinflarga о‘tganda esa oddiydan murakkabga tomon tamoiyilga
asosan huquqiy tarbiya mazmuni kengayib, boyib, qisman murakkablashadi.
Yuqori sinflarda о‘quvchilarga asosan huquqlari bilan birgalikda
burchlari, majburiyatlari haqida malumot beriladi.
Aqli zaif о‘quvchilarda hissiy ta’sirchanlik kuchli bо‘ladi. Shuning uchun
bu bolalarga huquqiy tarbiya berishda jamiyatchilik, uning turlari, salbiy
oqibatlari insonlarga va jamiyatga bо‘lgan salbiy tasiri tо‘g‘risida tarbiya
beriladi.
О‘smirlar va о‘spirinlar orasidagi noqobil bolalarni qilgan jinoiy yoki
salbiy ishlarga albatta jazo berilishi ham ta’kidlanadi.
Aqli zaif о‘quvchiga nazariy tarbiyani kanchalik zur bermang, agar bola
shu vaziyatga hayotiy misol kо‘rsatmasa, undan ta’sirlanmasa kо‘ngildagi
natijaga erishib bо‘lmaydi. Shuning uchun maxsus maktabda tarbiya ishining asl
moxiyati bola bilan о‘tkaziladigan turli suhbatlarda emas, balki bola hayotini
tashkil etishdadir.
Shu sababli bolaga huquqiy tarbiya berish jarayoni hayotiy misollar,
qadim о‘tmishda yashagan ota-bobolar hikoyatlari ham juda yaxshi ta’sir etadi.
Aqli zaif bolalar bilish faoliyatining buzilishi natijasida ularning tevarak-
atrof bilan munosabati qiyinlashadi. Natijada aqli zaif bola maxsus maktabga
qabul qilinishida yetarli darajada ahloqiy va huquqiy tajribaga ega bо‘lmaydi. U
52
haqiqatni bilishda ularni tushunib yetmaydi, kishilar va ijtimoiy hayot voqealari
о‘rtasidagi munosabatni tushunmaydi. Shuning u о‘z xulq atvorini atrofdagilar
xulq-atvori bilan taqqoslamaydi. U yoki bu muomalaning oqibatini о‘zicha
tasavvur eta olmaydi. О‘z istaklariga tо‘g‘ri baho bera olmaydi.
Buning hammasi aqli zaif bolalarning xulq-atvor normalarini buzilishiga,
ahloqiy, huquqiy nojо‘ya ishlar qilinishiga olib keladi.
Mxsus maktabda huquqiy talim berish 2-davrga bо‘lib о‘rgatiladi.
1. Tayyorlov davri.
2. Asosiy davr (tarix darslarida)
Tayyorlov davri, о‘z ichiga ona tili, о‘qish, geografiya, tabiatshunoslik
darslar bо‘lib bunda huquqiy talimning asoslari berilib boriladi. Bu darslarda
о‘quvchilar о‘z Vataniga muxabbat, mexnanga qiziqish, о‘zining va
о‘zgalarning mehnatlarini xurmat qilishga о‘rganib boradilar.
Asosiy davr. Tarix darslarida о‘quvchilar о‘z Vatani, unga xizmat qilish,
Vataniga sadokatli bо‘lish, jamiyat qonunlari va ularga rioya qilish, hamda
bо‘ysinish, qonunlarni buzganda esa jinoiy javobgarlikka tortishlari mumkinligi
haqida tushunchaga ega bо‘ladilar.
Yuqori sinf о‘quvchilariga jamiyat, insonni jamiyatda tо‘tgan о‘rni, inson
huquqi, о‘z-о‘zini ximoya qilish kabi bilimlar beriladi.
О‘quvchilar quyidagi tushunchalarni albatta egallagan bо‘lishlari zarur;
Davlat qonuni
Davlat va jamiyat tashkilotlari
Mehnat, oila va oila kо‘rishning qonun-qoidalari.
Fuqarolarning huquqlari, davlat konstitusiyasi.
Mehnat qonunlari va qoidalari, voyaga yetmagan fuqorolarning о‘ziga
hos majburiyatlari.
- Sud, prokо‘ratura va jamiyat haqida tushunchalar.
Maxsus maktab rahbarining asosiy vazifasidan bir, aqli zaif о‘quvchilarga
huquqiy tarbiyaning quyidagi turlari haqida albatta bilish va tushunchalar
berishdir. Yani:
53
Yuqorida
kо‘rsatilgan
huquqlardan
tashkari
maxsus
maktab
о‘quvchilariga davlat konstitusiyasi haqida ham umumiy tushunchalar beriladi.
Ayniksa о‘quvchilar qonun haqida mukammal bilimlarga ega bо‘lishlari kerak.
Chunki jamiyatimizda: Mustaqil О‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar shu
davlatda yashayotgan har bir fuqaro uchun majburiyligini rivojlanishida nuqsoni
bor о‘quvchilar bilishlari zarur. Qonun oldida hamma barobardir. Davlatimizda
yashayotgan har bir fuqoro millati, dini, kasbi, jamiyatda tо‘tgan о‘rnidan kat’iy
nazar qonunga bо‘ysinishi, agar qonunnni bо‘zsa jinoiy javobgarlikka tortilishi
haqida о‘quvchilarga misollar bilan tushintirib borish kerak. Militsiya organlari
xodimlari bilan tashkil etilgan suhbat kechalari ijobiy natijalar beradi. Chunki
aqli zaif bolalar orasida yomon xulq odobga ega bо‘lgan bolalar jinoyat,
giyoxvandlik yо‘liga kirib ketishi xollari uchrab turadi.
Maxsus maktab о‘quvchisi va tarbiyachisining asosiy vazifalaridan biri
aqli zaif о‘quvchilarga maqsadga yо‘naltirlgan, reja asosida mukammal talim-
tarbiya berishdan iboratdir. Sistemali ravishda uzluksiz berib borilgan talim-
tarbiya asosida о‘quvchilarda kuzatiladigan salbiy xislatlarni korreksiyalab
borish, ularni hayotda о‘z о‘rinlarini topishga yordam berish mumkin, ularda
xuquqiy bilim sifatlari ham takomillashib boradi. Kollektivda xulq-atvor
normasini о‘zlashtiradi, huquqiy tarbiya berishda aqli zaif bolaning individual
xususiyatlarini hisobga olish kerak. Bu jarayon nafaqat darsda, sinfdan, darsdan
tashkari vaqtlarda о‘quvchilar bilan suhbat, baxs orqali olib borilsa maqsadga
muvofik bо‘ladi.
Maxsus maktabda estetik tarbiya bir butun korreksion tarbiyaviy
jarayonning ajralmas qismidir. Tо‘g‘ri sharoit yaratilganda rivojlanishida
nuqsoni bor о‘quvchilar ommaviy maktabda talim olayotgan tengdoshlari
darajasiga yetishi imkoniga ega bо‘lmasalarda estetik rivojlanishda ancha
oldinga kadam kuyadilar.
Aqli zaif bolalarni estetik tarbiyalash masalasi juda dolzarbdir. Chunki
estetik tarbiya Maxsus maktab о‘quvchilarining umumiy rivojlantirishdagi
asosiy omillaridan biridir. Maxsus maktab о‘quvchilarining estetik tarbiyalash
54
masalalarini rossiya olimlari I.A.Valsev, I.A.Groshenkov, T.N.Golovina,
A.D.Shishkova, I.A.Yaroshenko, S.I.Milovskaya, N.P.Pavlova va boshqa
tadqiqotchilar о‘z ishlarda yoritganlar.
T.N.Golovina «Maxsus maktabda estetik tarbiya» kitobida Maxsus
maktablarda rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni tarbiyalash tajribalarini yoritib
bergan ba’zi mualiflarning maqolalari ham keltirilgan.
Mualiflar estetik did va estetik idrokni maxsus maktab о‘quvchilari uchun
tushunarli bо‘lgan ijodiylik elementlarini shakllantirish masalalarini tahlil
qilganlar. Shuningdek ular estetik tarbiyaning korreksion ahamiyatini alohida
ta’kidlaganlar.
Aqli zaif bolalarni gо‘zallikga oshno qilish, ularda hayotiy voqeylikni
tо‘g‘ri tushuntirish, oliyjanob xis-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga
yordam beradi. Bolalarda gо‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda
boshqa
kishilarning
kechinmalarini
xis
eta
bilish,
kishilarning
xursandchiliklariga sherik bо‘lish, qayg‘usini birga baham kо‘rish kabi
xususiyatlar tarkib topgan.
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi va munosabati, estetik
faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan
jarayondir. Shuningdek estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani
ijodiy о‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi, bu har xil yо‘llar va shakllar bilan
amalga oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishiga ma’lum maqsadga
qaratilgan ta’lim va tarbiya hal etuvchi rol о‘ynaydi. Estetik ehtiyoj - kishi
borlikni, badiiy faoliyatni uning har xil kо‘rinishlarida estetik idrok etishga
undovchi subyektiv omildir. Estetik ehtiyoj gо‘zallik tо‘g‘risidagi fannning
rivojlanishi qonuniyatlarini yanada chuqurroq о‘rganishga undaydi.
Maxsus maktab tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda turli kо‘rgazmali
malumotlar, maktab muhim ahamiyatga ega.
Maxsus maktab о‘quvchilari tevarak-atrofga befark bо‘lmaganliklari
uchun maktabdagi sharoit ham muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
55
Maxsus maktab rivojlanishida nuqsoni bor о‘quvchilarning badiiy
tarbiyasining vazifalariga mos kelishi mumkin.
Bolalar kunning bush vaqtini maktabda о‘tkazadilar, shuning uchun
maktab о‘quvchilarda badiiiy didni tarbiyalash kerak. Bunda maktabning badiiy
bezashning ahamiyati katta. Yaxshi bezalgan, bezalishi maxsus maktablar
vazifalariga, talablariga mos kelishi о‘quvchilarning bilim faoliyatini
rivojlantiradi, ularning idroki, hayol va fazilatlarini boyitadi.
О‘qituvchining vazifasi shundan iborotki, u bolalarga maktabda
kо‘rgazmali malumot va bezatilishni tо‘g‘ri idrok etishga о‘rganish lozim.
Mavzuga doir kо‘rgazma va stendlar uchun material sinchklab tanlanishi, ular
rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun aniq, sodda va tushunarli mazmunga
ega bо‘lishi zarur. Bu materiallar ritmi, о‘lchovlari, mayda qismlarini idrok
etishga qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak, chunki rivjolanishida nuqsoni bor
bolalar ularga e’tibor bermasliklari mumkin. Informatsiya materillari darsda
olingan bilimlarni mustahkamlash chuqurlashtirishga yordam beradi.
Maxsus maktabda olib boriladigan ashula va musiqa darslarining bolalarni
estetik tarbiyalash maxsus korreksion vazifalarni ham, ya’ni bolalarning bilim
faoliyatidagi va hissiy-irodaviy doirasidagi nuqsonlarni korreksiyalash,
vazifasini bajaradi. Rivjolanishida nuqsoni bor о‘quvchilarni tarbiyalash va
о‘qitishdagi musiqaning muhim ahamiyatini maxsus pedagogika asoschilari
kо‘rsatib о‘tganlar. S.M.Milovskayaning tadqiqotlari musiqa darslarida
о‘quvchilarda fikrlash, faollashishini, maqsadga yо‘naltirilgan faoliyat va
diqqatning turg‘unligi shakillanishi kо‘rsatdi. Jamoa bо‘lib qо‘shiq aytishi va
ritmik harakatlar bolalarni intizomlaydi, tashkillikni tarbiyalaydi. Bolalar
musiqa tinglashni va uning mazmuniga tushunishni о‘rganadilar. Ular ashula
aytish malakalarini о‘zlashtirib oladilar. Shu asosda musiqani sevish, uni
tinglashdan estetik zavqlanish xislari shakllanadi, musiqali did elementlari
uyg‘onadi. Musiqa kayfiyatni kо‘taradi.
Maxsus maktabdagi estetik tarbiya tizimida о‘qish darslari ham alohida
о‘ringa ega. О‘quv dasturi tomonidan tavsiya etilgan bolalar badiiy adabiyoti,
56
halq ijodi asarlari rivojlanishida nuqsoni bor bolaning shaxsining rivojlanishi
uchun boy material beradi. Mashg‘ulotlar jarayonida о‘quvchilar matni о‘qish
malakalarini orfoepiya normalarigi rioya qilgan xolda rivojlantiradalar, asarning
asosiy mazmunini ajratadilar, badiiy qahramonlarga tavsif berishni о‘rganadilar.
Badiiy sо‘z ular oldida ona tilining gо‘zalligini va boyligini ochib beradi, bu
tilni о‘zlashtirishga yordam beradi.
Aqli zaif о‘quvchilarni estetik tarbiyalashda bolalar tomonidan she’rlar va
badiiy asarlardan parchalar yod olish, havaskorlik kechalarida ifodali о‘qish
qayta estetik ahamiyatga ega.
Jismoniy tarbiya darslari rivojlanishida nuqsoni bor о‘quvchilarni
mustaqil hayotga va ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlashda muhim о‘rin
egallaydi. О‘quv dasturi materiali gimnastika, yengil atletika о‘yinlarini о‘z
ichiga oladi. Jismoniy tarbiya darslari rivojlanishida nuqsoni bor о‘quvchilarni
mustaqil hayotga va ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlashda muhim о‘rin
egallaydi. Dars vaqtida predmetlar bilan mashq qilishdan (gimnastik tayoqlar,
koptoklar, obruchlar, bayroqchalar va hokazo) keng foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya darslari boshqa predmetlar qatori о‘quvchilarning
estetik jihatdan tarbiyalashga katta xissa qо‘shadi.
Aqli zaif bolalar tabiatga juda qiziqadilar, ammo ularni doimo yо‘naltirib
va boshqarib borish zarur. Bunda ekskursiyalar, agarda ular izchillik bilan
tayyorlangan bulsa katta xizmat qiladi. Ekskursiyaning maqsad va rejasini
avvaldan aniqlash, о‘quvchilar bilan suhbat о‘tkazib ular qanday malumotlarga
ega ekanliklari aniqlanadi va kuzatishda nimalarga e’tiborini qaratishlarini
kо‘rsatish, ularga savollar berish, bu savollarga о‘quvchilar ekskursiya vaqtida
о‘qvchilarning diqqatini tabiatdagi ranglarini о‘ziga hosli yil fasllari bо‘yicha
о‘zgarishni, tovushlar, ovozlar, shakllarning rang-barangligi jalb etiladi va
hokazo.
Aqli zaif bolalar rivojlanishining о‘ziga hos harakterdaligi pedagogdan
ularda atrofdagi gо‘zallikni, sezishga, ajratishga, undan zavklanishga, tabiat
ovozlarini, tovushlarini eta oladilar.
57
Tabiatni muhofaza qilishga, uni asrashga о‘rgatib boriladi.
Ekologiya bugungi kunga kelib geografiya, tabiatshunoslik, biologiya
fanlariga suyangan xolda tabiatdagi moddiy resurslarni ishlata bilish va
muxofaza qilish haqidagi fanga aylandi. Olimlar о‘z moxiyatiga kо‘ra bu fanni
global ekologiya yoki inson ekologiyasi deb atamoqdalar.
Global ekologik uchta asosiy sistema, tabiat, insoniyat jamiyati va u
yaratgan texnikaning о‘zaro ta’siri tо‘g‘risidagi fandir. Tabiat deganda yer,
urmonlar, usimliklar va xayvonot dunyosi, iklim, yer sharida inson yashaydigan
tabiiy sharoit va muhit mujassamlashadi. Inson va tabiat bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq. Tabiat inson uchun uning hayoti va yashashi uchun zarur
bо‘lgan suv, oziq-ovqat, havo, xom-ashyo va boshqalarni beradi.
Inson uchun eng asosiy masala – tabiatda mavjud bо‘lgan boyliklar
miqdorini undan foydalanish maqsadida aniq hisobga olish, ulardan ratsional
foydalanishning forma va metodlarini ishlab chiqish, yangi enegriya manbalarini
qidirib topish va turli xil radiaktiv chiqindilarni zararsizlantirish, ularni saqlash,
kayta foydalanish va kelajak avlodlarga muhitni tabiiy xolda qoldirishdan iborat.
Tabiatni qо‘riqlash va uning boyliklaridan ongli ravishda foydalanish har
bir insonning muqaddas burchidir. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish,
tabiatni qо‘riqlash masalalarini ongli ravishda xal etish uchun oila, bog‘cha,
maktab, о‘rta va oliy о‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va jamoat joylarida kamol
topayotgan yoshlar tabiat sirlarini va metodlarini har tamonlama puxta bilib
olishlari shart. Shu sababli biz ham aqli zaif о‘quvchilarni tabiatni kо‘riqlash,
uning boyliklaridan tejab-tergab foydalanishga oid bilimlar bilan ilmiy jihatdan
shunday qurollantirish kerakki, ular natijada kelajakda tabiiy boyliklarni
muhofaza qila oladigan va ulardan oqilona foydalana oladigan malaka va
kо‘nikmaga ega bо‘lsinlar.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |