O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Toksikomaniyalar 
Toksikomaniyalarni keltirib chiqaruvchi moddalarga ko‘nikish 
hodisasini keltirib chiqaradigan, ammo belgilangan tartibda xalqaro 
konvensiyalarda e’tirof etilmagan kimyoviy, biologik yoki dorivor 
vositalar kiradi. Ularning yuridik maqomi o‘zgarganda, ya’ni ushbu 
moddalar narkotik moddalar deb e’tirof etilganida ularni iste’mol 
qiluvchi odamlar narkomanlar toifasiga va aksincha o‘tkazilishlari 
kerak.
Toksikomaniyalarni keltirib chiqaruvchi moddalar orasida psi-
xotrop vositalar, ba’zi uyqu dorilari va stimulyatorlar alohida o‘rin 
tutadi. O‘rganib qolish (bog‘lanib qolish, tobelik) ikki turda bo‘lishi 
mumkin. Birinchi holda ushbu moddalarni iste’mol qilayotgan 
odamlar eyforiya, komfort hissini sezishga, boshqa holda – yomon 
kayfiyat, diskomfortdan qutulishga intiladilar. Ikkala holda ham 
kerakli holatga ega bo‘lish uchun modda qabul qilishni takrorlash-
lariga to‘g‘ri keladi.
Toksikomaniyalar bir qator sabablar oqibatida yuzaga keladi.
Asosiy sabablardan biri shifokorlarning noto‘g‘ri davolashi 
hisoblanadi. Uyqusizlikda, turli xil noxush hayotiy vaziyatlarda 
dorilarni tez-tez qabul qilish yoki doimo davolanishga harakat 
qiluvchi badgumon odamlarda ulardan foydalanish ahamiyatga ega. 
Aksariyat hollarda psixopat shaxslar ana shunday o‘rganib qolish 
qurbonlariga aylanadilar. Hozirgi vaqtda psixofarmakologik preparat-
larni suiiste’mol qilishda yuzaga keladigan tobelikning tuzilishi 
haqida aniq to‘xtamga kelinmagan.
Toksikomaniyalarni klinik davolash xususiyatlari toksikoman 
shaxs suiiste’mol qiladigan modda yoki dorivor vositaning 
xususiyatiga bog‘liq. Toksikomaniyaning klinik manzarasi (xuddi 
narkomaniyalarniki kabi) iste’mol qilinayotgan moddaning xusu-
siyatiga bog‘liq.
Patologik o‘rganish va suiiste’mol qilish markaziy nerv tizimi 
stimulyatorlari guruhining preparatlari, masalan, fenamin, pervitin 
kabilardan kelib chiqishi mumkin. Bu preparatlar charchoq hissini 
kamaytirish, ish qobiliyatini oshirish, kayfiyatni ko‘tarish uchun 
foydalaniladi hamda ehtiyotsizlik bilan qo‘llanilganida muammolar 


118
keltirib chiqarishi mumkin. Unga odatda tez o‘rganib qolinadi, 
so‘ngra preparatga nisbatan tolerantlik, modda dozasini ko‘paytirish 
istagi kelib chiqadi. Preparatlarning katta dozalarini qabul qilish 
kutilmagan o‘limni keltirib chiqarishi mumkin. Fenaminni surunkali 
qabul qilganda ayrim hollarda vasvasa g‘oyalari, yorqin ko‘rish 
gallyutsinatsiyalari kabi psixik buzilishlar rivojlanadi. 
Trankvilizatorlar (meprobamat, fenazepam, seduksen, elenium, 
rogipnol, trioksazin, eunoktin)ga ham o‘rganib qolish mumkin, 
buning ustiga dorilarni iste’mol qilish jarayonida tolerantlik 
kuchayadi va abstinent psixozlar, epileptiform ko‘rinishlar bo‘lishi 
mumkin. Jismoniy tobelik sindromi xavotir, qo‘rquv, uyqusizlik, 
ko‘p terlash, tremor va mushaklarning uchib turishi kabilarda 
namoyon bo‘ladi. 
Antidepressantlar bilan davolashni to‘xtatganda vegetativ 
simptomokompleks ko‘rinishidagi jismoniy tobelik kuzatiladi. Psixik 
o‘rganish simptomlari yo‘q. Katta tolerantlik ham kuzatilmaydi. 
Uyqu keltiruvchi vositalar ta’sirida hamda ushbu vositalarni 
doimiy yoki muntazam takrorlanuvchi qabul qilish natijasida kelib 
chiqadigan toksikomaniyalarga qabul qilinadigan dorilarning dozalari 
odatda terapevtik dozalardan ortiqligi xos. 
So‘nggi vaqtlarda parkinson kasalligiga qarshi iste’mol 
qilinadigan vositalar toksikomaniya vositalari sifatida notibbiy 
maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Ushbu guruh preparatlari orasida 
siklodol eng ko‘p tarqalgan. Uni davolash maqsadida qo‘llaniladigan 
dozasidan 2–4 baravar ko‘p miqdorda qabul qilish eyforiya va boshqa 
buzilishlarni keltirib chiqaradi. Siklodol bilan o‘tkir zaharlanishning 
to‘rtta bosqichini ajratish mumkin: eyforiya, ongning toraygan holati, 
gallyutsinatsiya va undan chiqish bosqichlari. 
O‘tgan asrning 60-yillarida ushbu maqsadlarda bir qator uchuvchi 
aromatik vositalar – atseton, trixloretilen, tetraxlormetan, benzin, 
yondirilgan kauchuk, suyuq rezina, toluol, shuningdek sanoatda va 
maishiy kimyoda qo‘llaniladigan uchuvchan suyuqliklar qo‘llanila 
boshlandi. Bu moddalardan o‘smirlar o‘zlarini gangitish uchun keng 
foydalana boshladilar. Ularni qo‘llash inson xatti-harakatini 
o‘zgartirishi bilan bir qatorda, og‘ir zaharlanishga olib keladi, ba’zan 
o‘lim bilan yakunlanadi. 


119

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish