O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Narkotik moddalar iste’mol qilish va narkomanlarni davolashning



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Narkotik moddalar iste’mol qilish va narkomanlarni davolashning 
hozirgi yo‘nalishlari 
Mamlakat aholisiga narkologik yordam berish holatini tahlil 
qilish narkomanlar orasida narkologik bemorlarning ro‘yxatga 
olingan toifasi ko‘payib borayotganidek ijobiy tamoyil kuzatilayot-
ganidan dalolat bermoqda. Qishloq aholisi orasidagi keksa yoshda-
gilarda O‘rta Osiyo uchun «an’anaviy» bo‘lgan narkotiklar (ko‘knor, 
«qora dori», nasha)ni suiiste’mol qilish kuzatilmoqda. Ayni vaqtda 
poytaxt va respublika shaharlari aholisiga narkotiklar iste’molchi-
larining «yosharib borayotgani» (17–30 yosh) fonida kuchli ta’sir 
etuvchi narkotik moddalar (geroin, kokain) ni suiiste’mol qilish 
xosdir.
Narkomaniya va toksikomaniya klinik ko‘rinishlariga ko‘ra 
alkogolizmdan ancha farq qiladi. Bundan tashqari, narkomaniyaning 
har biri (morfiyli, nashali, barbiturli va h.k.) nafaqat kasallikning 
kechish xususiyati, klinik ko‘rinishi bo‘yicha, balki organizmda yuz 
beradigan biokimyoviy o‘zgarishlar bo‘yicha ham ajralib turadi. 
Alkogolizmga nisbatan narkomaniya va toksikomaniyani davolash 


116
o‘xshash jihatlarga ham, muayyan xususiyatlarga ham ega. Narko-
manlar va toksikomanlar hatto ixtiyoriy davolashni istaydiganlar ham 
doimo abstinent holatining jismoniy-vegetativ va psixotik krizlari 
oldida xavotir va qo‘rquv holatida turadilar. Odatda bular narkotik 
moddalardan ajralib qolishdan hamda bunda boshidan kechirishi 
kerak bo‘ladigan aniq, og‘ir hissiyotlardan qo‘rqadigan irodasiz 
odamlardir. Shu bois, ular davolanishni boshlab tezda ruhi tushib 
ketadi va barcha qo‘ldan keladigan vositalar bilan narkotiklar 
iste’mol qilishni boshlashga urinadilar. Shu munosabat bilan 
bemorlar iste’mol qiladigan narkotik yoki boshqa moddalar olib
kirilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan sharoitlar yaratilgan maxsus shifoxo-
nalar, bo‘linmalar yoki palatalarni tashkil qilish zarur. Xodimlar 
rejimli tadbirlardan yaxshi xabardor bo‘lishlari va ularni og‘ishmay 
bajarishlari kerak. Bu yerdagi kun tartibi imkon qadar bemorlarning 
faol bandligini (ayniqsa kechqurun), nazarda tutishi kerak. Chunki 
ular bu vaqtda maqsadga qaratilgan faoliyatga ko‘nikmaganliklari 
bois o‘z fikr-xayollari va noxush hissiyotlari bilan yolg‘iz qoladilar. 
Ularni bemorlar jamoalariga, mehnat jarayonlariga, madaniy 
terapiyaga faol jalb etish, o‘qishga qiziqtirish, ko‘proq yakka 
suhbatlarga tortish lozim. Doimo bemorlarning xatti-harakati va 
ahvolini hushyorlik bilan kuzatib borish zarur. Agar ma’yus, lanj, 
kayfiyati tushgan bemor birdaniga so‘zamol, faol, ko‘tarinki 
kayfiyatli bo‘lib qolsa, taqiqlangan yo‘llar bilan narkotik moddani 
olish imkonini topganligini taxmin qilish lozim. Narkotik vosita 
yetkazib berish manbaini qidirish hamda narkotiklarni bo‘linmaga 
yetkazib berayotganlarni qattiq jazolash kerak. Davolashning oxirgi 
2–3 haftasi ketayotgan bemorlarga, ya’ni beqaror muvozanatdagi
narkotiklar iste’mol qilishga bo‘lgan takroriy yengib bo‘lmas istak 
(xumor) paydo bo‘ladigan davrda ularga ayniqsa e’tiborli bo‘lish 
zarur. Ushbu holatda bemorlar xavotirga tushib qoladilar, bir joyda 
o‘tira olmaydilar, davolashni tanqid qilishni yoki, aksincha, o‘zini 
yaxshi his etayotganligini, go‘yoki davolanib bo‘lganliklari uchun 
kasalxonadan chiqishga harakat qalayotganliklari haqida gapirib, 
davolash jarayonini maqtay boshlaydilar. Ba’zi bemorlar boshi 
og‘riyotgani, yomon uxlayotgani, tishi og‘riyotgani (o‘ziga xos 
alomat) aytib shikoyat qiladilar. Bunday holatlar odatda 2-4 kun 
ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.


117

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish