123
qodir emas. Shu bois subyektning kimgadir qaratilgan tajovuzkor
fikrlarini tekshirish kriminologiyaning tadqiqot
sohasiga kiritilmaydi,
unga faqat jinoyatni real sodir etishgina kiradi. Ushbu fenomen
singari hayotiy mojarolarni hal qilishda ko‘pchilik odamlarda nizoni
hal qilish usuli sifatida o‘zini o‘ldirish fikri yuzaga kelishi mumkin,
biroq juda kam odamlar bunday niyatlarni amalga oshiradilar.
O‘zaro mos kelmaydigan harakat maqsadi va faoliyat motivining
nisbati, yuqorida aytilganidek,
shaxsiy ma’noni
tashkil qiladi.
Suitsidal xatti-harakat shaxsiy ma’nosining
noaniqligi ravshan va
quyidagi tiplar orqali namoyon bo‘ladi: 1) e’tiroz, qasos; 2) chaqiriq;
3) (jazo, azobdan) qochish; 4) o‘zini jazolash; 5) voz kechish.
Suitsidal xatti-harakatning e’tiroz shakllari mojaro vaziyatida,
uning obyektiv bo‘g‘ini suitsidentga nisbatan dushmanchilik yoki
tajovuzkor bo‘lganida hamda suitsidning ma’nosi obyektiv bo‘g‘inda
salbiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat bo‘lganida yuzaga keladi. Qasos –
atrofdagi dushmanlarga aniq zarar yetkazish shaklidagi muayyan
e’tiroz. Xatti-harakatning mazkur shakllari o‘zini yuksak darajada
baholash va qadrlash, shaxsning faol yoki tajovuzkor pozitsiyasi
mavjudligini taqozo etadi.
«Chaqiriq» tipidagi suitsidal xatti-harakatning ma’nosi
vaziyatni
o‘zgartirish maqsadida tashqaridan bo‘ladigan yordamni faollash-
tirishdan iborat, bunda shaxs pozitsiyasi unchalik faol bo‘lmaydi.
«(Jazo yoki azobdan) qochish» suitsidlarida mojaroning ma’nosi
shaxs sifatida yoki biologik jihatdan mavjudlikka tahdiddan iborat
bo‘lib, unga yuksak darajadagi o‘zini qadrlash qarshi turadi.
Suitsidning ma’nosi - o‘zini yo‘q qilish orqali mavjud xavfni ko‘tara
olmaslikdan qochish.
«O‘zini jazolash»ni «shaxsning ichki noroziligi» sifatida
ta’riflash mumkin. O‘zini jazolash suitsidlarining ma’nosi har xil
tuslarga ega bo‘lishi mumkin: «o‘zidagi dushmanni yo‘q qilish» yoki
«aybini yuvish».
Agar yuqoridagi to‘rtta tipda suitsid maqsadlari va faoliyat
motivlari mos kelmagan bo‘lsa va bu suitsidal xulqni
harakat sifatida
baholashga asos bergan bo‘lsa, «voz kechish» suitsidlarida maqsad
va motiv o‘rtasidagi sezilarli farqni aniqlashning imkoni bo‘lmaydi.
Boshqacha aytganda, motiv – mavjudlikdan voz kechish, maqsad esa
– o‘zini hayotdan mahrum qilish.
124
Ushbu sxemani birinchi tipdan beshinchisiga qarata baholab,
suitsid maqsadining asta-sekin faoliyat
motiviga yaqinlashishini
ko‘rsatishi mumkin. Bu esa suitsidal tamoyillarning haqiqiyligi
mustahkamlanishiga, o‘lim istagining kuchayishiga, binobarin,
urinishlarning jiddiyligiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: