O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


kelishish sanati Yoki siyosiy murosa



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

kelishish sanati Yoki siyosiy murosa 
iste’dodi 
hadya etilgan joyda federatsiya vujudga kelishi mumkin. 
Kelishish san’ati iroda intizomini, umumiy ish uchun vatanparvarlik sadoqatini talab 
qiladi. Siyosiy murosa qobiliyati ikir-chikirlarni orqaga surib, asosiy masalalarda 
birlashishga erishishdan iborat. Xalqda bunday fazilatlar asrlar davomida tarbiyalanib 
boradi. Federatsiya asoslari shulardan iborat. Faqat ularni chuqur bilib va anglab olgandan 
keyingina, bizning fikrimizcha, federatsiya singari murakkab siyosiy hodisa haqida bahs 
yuritish mumkin. 
Shunday qilib, federatsiya o’z tarkibidagi sub’yektlari davlat mustaqilligiga ega 
bo’lgan murakkab davlatdir. Hozirgi vaqtda yuridik adabiyotlarda ittifoq va muxtoriyat 
ko’rinishlari tilga olinishini ham qayd yetish joiz. 
Ittifoq federatsiyasi hududi uning sub’yektlari hududlaridan tashkil topgini uchun 
federatsiyaning har bir sub’yekti fuqarosi bir vaqtning o’zida butun mamlakat fuqarosi 
hisoblanadi. Bunday davlat yagona federal Qurolli Kuchlariga, moliyaviy, soliq va pul 
tizimlariga ega bo’ladi. Federatsiya sub’yektlari o’z harbiy qismlariga ega bo’lishlari mumkin 
bo’lsada, asosiy tashqi siyosiy faoliyatni ham federal organlar olib boradi. 
Federal davlatda davlat hokimiyatining umumfederal (qonun chiqaruvchi, ijroiya va 
sudlov) organlari bo’ladi. Ularning qarorlari federatsiya vakolatlarida qay darajada 
belgilangan bo’lsa, o’sha darajada uning sub’yektlari uchun majburiy hisoblanadi. Oliy 
federal organlar bilan bir qatorda federatsiya a’zolari, qismlari, sub’yektlarining ham davlat 
hokimiyati oliy organlari bo’ladi. 
Shu tariqa federatsiya tarkibida davlat mahkamasining ikki darajasi - federal (ittifoq) 
hamda respublika (kanton, shtat, er va hokazolar darajasi) miqyosidagi mahkamalar 
mavjud. Davlatning federativ mohiyati oliy darajada qo’sh palatali ittifoq parlamentini 
tuzishda o’z ifodasini topadi. Mazkur palatalardan biri (yuqori palata) federatsiya 
sub’yektlari manfaatlarini ifodalaydi. Uni shakllantirishda aholisining sonidan qat’i nazar, 
teng vakillik tamoyilidan foydalaniladi. Ikkinchi palata davlatning barcha aholisi 
manfaatlarini ifodalash uchun tuziladi. Qo’sh fuqarolik federatsiya rasmiy belgilaridan biri 
bo’lib, bu har bir fuqaro ayni vaqtda ham federatsiyaning, ham tegishli davlat tuzilmasi 
(masalan, respublika)ning fuqarosi hisoblanishini bildiradi. 
Federativ davlatda garchi uning sub’yektlari o’z huquqiy tizimlarini tuzishlari, o’z 
konstitutsiyalariga ega bo’lishlari mumkin bo’lsa-da, yagona markazlashtirish tamoyili 
asosidaga huquqiy tizim amal qiladi. Biroq bu, konstitutsiya ham, qonunlar ham federal 
konstitutsiya va qonunlarga to’la muvofiq kelishi va ularga zid bo’lmasligi shart bo’lgan 
subordinatsiya va qonunlar ierarxiyasi doirasida amal qiladi. 
Federatsiya sub’yekti konstitutsiyada ko’rsatilgan o’z sudlov va huquqni muhofaza 
qiluvchi organlariga ega bo’lish huquqidan foydalanadi. Oliy sud pog’onasi (instansiya), 
odatda, federatsiya sub’yektlari sudlari qarorlari yuzasidan shikoyatlarni qarab chiqmaydi 
Yoki qonunda alohida ko’rsatilgan holatlardagina ularni ko’rib chiqishi mumkin. 
Federatsiyada soliqlarning ikki yo’nalishli tizimi: federal soliqlar hamda federatsiya 
sub’yekti soligadan foydalaniladi. Yig’ilgan soliqlar umumfederal g’aznaga tushadi, keyin 
ularning bir qismi (byudjet orqali) federatsiya sub’yektlariga jo’natiladi. Shu bilan bir 
vaqtda davlat tuzishmalari (respublikalar) daromadlari yetarli bo’lmay, ular yordam puli va 
dotatsiyalarga ehtiyoj sezadi. Moliyaviy qaramlik konstitutsiyaviy mexanizmga qo’shimcha 
muhim omillardan biri bo’lib qoladi. Buning o’z zaminlari mavjud. Federatsiya sub’yektlari 
o’rtasidagi munosabatlar juda murakkab, ya’ni ularda xo’jalik munosabatlarining shirkati 
(kooperatsiyasi) bo’lib, federatsiyaning bir sub’yektidan ikkinchisiga moliyaviy 
mablag’larning oqib o’tishi yuz berib turadi. Shu bois federatsiya sub’yektlarining biri ushbu 
ittifoqdan chiqishni ixtiyor etsa, federatsiya boshqa a’zolariga bu narsa ma’qul bo’lmaydi. 


82 
Binobarin, buning uchun federatsiya barcha a’zolarining roziligi kerak bo’ladi. Boshqacha 
aytganda, millatlarning o’z taqdirlarini o’zlari belgilash tamoyili davlat yahli tligiga putur 
yetkazmasligi lozim. 
Hozirgi sharoitlarda federativ davlatda millatlarning o’z taqdirlarini o’zlari belgilash 
huquqini amalga oshirish shunchalik murakkabki (xo’jalik munosabatlarining uzilishi, etnik 
jihatdan ozchilikni tashkil etganlarning muammolari, to’qnashuvlar, jumladan, qurolli 
to’qnashuvlar, qochoqlar, inson huquqlarining buzilishi, ishlab chiqarishning pasayib 
kyetish), federatsiyadan chiqish uchun qilingan har bir da’vatning xalq, millat uchun 
qanchalik qimmatga tushishini yaxshilab mulohaza qilish zarur. 
Albatta, hayot g’oyat murakkab, yuz berishi mumkin bo’lgan har bir noxush hodisani 
oldindan ko’rish qiyin. Prezidentimiz aytginidek, har bir millat o’z taraqqiyot yo’liga ega 
bo’lishi lozim. Muhimi - ushbu yo’l boshi berk ko’chaga eltmasligi kerak. Axir shunday 
holatlar ham bo’ladiki, muayyan federatsiyaga kirish hodisasi millat, xalq uchun o’lim bilan 
baravardir. Zero, bunday federatsiyada millatning an’analari, tili, boringki qadr-qimmatini 
maxsus ishlab chiqilgan rejalar asosida yo’q qilish hollari ham yuz berishi mumkin-ku! 
Biroq, bunday davlatni aksariyat hollarda federativ davlat deb atash qiyin. Aslida u unitar 
avtoritar, totalitar davlatga ko’proq o’xshaydi. 
Har qanday federatsiyaning bosh masalasi ittifoq bilan federatsiya sub’yekti 
o’rtasidagi vakolatlar chegaralarini aniqlashdan iborat. Davlat tuzilmalarining ahvoli va ular 
munosabatlarining mazmun-mohiyati aynan shunga bog’liqdir. Qoidaga ko’ra, u federatsiya 
konstitutsiyasi yoxud federativ shartnomada belgilab qo’yiladi. 
Ma’lumki, federativ va mahalliy organlar vakolatlari masalasi uch tamoyil asosida hal 
etiladi: 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish