165
shaxslar tomonidan o’z harakatlari bilan sub’yektiv huquq va
yuridik majburiyatlarga ega
bo’lish qobiliyatidir. Muomala layoqatining mazmuni, ko’lami va ro’yobga chiqarilish
shartlari huquq normalari bilan belgilanadi.
Demokratik jamiyatda huquq layoqati va muomala layoqati uni chindan ham amalga
oshirish imkoniyatlari bilan ta’minlanadi. Umumiy qoidaga ko’ra,
barcha fuqarolar huquq
layoqatiga ega hisoblanadilar. Biroq, har bir fuqaro ham muomala layoqatiga ega
bo’lavermaydi. Xususan, O’zbekistonda muomala layoqati balog’at chogi, voyaga yetish
kunidan boshlab yuzaga chiqadi. Ayrim huquq tarmoq (soha)larida
huquq layoqati va
muomala layoqati bir vaqtda paydo bo’ladi. Masalan, davlat huquqi sohasida asosiy huquq
va majburiyatlarga ega bo’lish o’n sakkiz yoshdan boshlanadi.
Mehnat-huquqiy munosabatlarda huquq va muomala layoqati 16 yoshdan, nikoh-
oila huquqiy munosabatlarida 18 yoshdan (O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko’ra
ayollar 17 yoshdan) qatnasha oladilar. Jinoiy-huquqiy munosabatlarda jinoiy javobgarlikka
tortilish 16 yoshdan, ayrim jinoyatlarda huquq va muomala layoqati hatto 13 yoshdan
paydo bo’ladi.
Fuqarolik qonunchiligi me’yorlari bilan tartibga solinadigan
munosabatlarda huquq
layoqati va muomala layoqati har doim ham birga (bir vaqtda) vujudga kelmaydi.
Fuqarolarning o’z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo’lish va uni amalga oshirish,
o’zi uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala
layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o’n sakkiz yoshga to’lgach to’la hajmda vujudga keladi.
Ayni vaqtda, ta’kidlash lozimki, voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o’tgan
fuqaro nikohdan o’tgan vaqtdan e’tiboran to’la muomala layoqatiga ega bo’ladi (Fuqarolik
kodeksining 22-moddasi). Shuningdek, ushbu qonunda o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz
yoshgacha va o’n to’rt yoshga to’lmagan voyaga yetmaganlarning
muomala layoqati
ko’lami belgilangan (27 va 29-moddalar).
Huquqiy munosabat sub’yekti o’z xatti-harakati, nojo’ya xulq-atvori va
huquqbuzarligi
oqibati uchun, shuningdek yetkazilgan zarar uchun javobgarlik o’tay olish
qobiliyatiga ham ega bo’lishi lozim. Gap delikt layoqati haqida bormoqda. «Delikt» lotincha
yeIsSht iborasidan olingan bo’lib, sodir etilgan huquq buzilishi,
jinoyat uchun javob bera
olish layoqatini anglatadi
7
. Mazkur layoqat sohibi hisoblanayotgan shaxs aqli raso,
ruhiy
jihatdan sog’lom bo’lishi va o’z xatti-harakatlari oqibati uchun to’la javobgarlikni ado
etishga layoqatli, qodir bo’lishi lozim.
Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi o’rinni
egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa undan kelib chiqadi. Zero, shaxs
huquq layoqatiga ega bo’lmasa, huquqni amalga oshirishga oid harakat yoki u bilan bog’liq
javobgarlik haqida gap ham bo’lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: