ijtimoiy roli, vazifasi ta’kidlanadi.
Masalan,
oldi-sotdi munosabatlarida bir tomon-sotuvchi, ikkinchi tomon-xaridor. Yoki ma’muriy
huquq buzilishi munosabatlarida bir tomonda-militsiya xodimi, ikkinchi tomonda-fuqaro va
5
Qarang: Общая теория права и государства. Подред. В.В.Лазарева. -М., 1996. 181-bet.
162
hokazo.
g)
Huquqiy munosabat - irodaviy munosabatdir.
Ma’lumki, huquqiy
normalarda muayyan davlat irodasi ifoda etiladi. Shu bilan birga huquqiy munosabat
vujudga kelishi uchun uni ishtirokchilarining ham irodasi talab qilinadi. Shunday huquqiy
munosabatlar borki, ularning vujudga kelishi uchun barcha ishtirokchilar irodasi bayon
etilishi lozim. Aytaylik, nikohga kirayotgan har ikki tomon o’z irodasini bildirishi yoki oldi-
sotdi munosabati sotuvchi bilan xaridor xohish-irodasi tufayligina amalga oshishi mumkin.
Ba’zi huquqiy munosabatlarda bir tomon iroda bayon etsa, yetarli hisoblanadi. Bunday
huquqiy munosabatlar, xususan, ma’muriy ishlar yoki huquqni muhofaza etuvchi idoralar
amri bilan qo’zg’atiladigan jinoyat ishlari bo’lishi mumkin.
d)
Huquqiy munosabat - davlat tomonidan qo’riqlanadigan munosabatdir.
Yuridik normalarda davlat irodasi va manfaatlari aks ettirilganligi bois davlat ularning
talablari to’la-to’kis bajarilishini nazorat qilib boradi. Huquqiy qoidalar ixtiyoriy bajarilmagan
taqdirda davlatning majburlash tizimi ishga tushiriladi. Davlat huquqni qo’riqlash orqali,
ayni vaqtda, huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlarni ham qo’riqlaydi. Huquqiy
munosabatlar davlat tomonidan maxsus tarzda qo’riqlanganligi bilan ijtimoiy
munosabatlarning boshqa turlaridan farq qiladi. Davlat tomonidan qo’riqlanadigan huquqiy
munosabatlar tizimi jamiyatdagi huquqiy tartibotning asosini tashkil etadi.
Shunday qilib, huquqiy munosabat - huquqiy normalarning kishilar xatti-harakati,
hulq-atvoriga ta’sir etishi oqibatida vujudga keladigan, davlat tomonidan qo’riqlanadigan
hamda uning ishtirokchilarida sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan
tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Jamiyat hayotida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar nihoyat darajada turli-
tumandir.Ularni bir qancha mezonlar asosida tasniflash mumkin. Huquqiy munosabatlarni
quyidagi mezonlar asosida guruhlash, turlarga ajratish, ya’ni tasniflash maqsadga muvofiq:
1) Huquq sohalariga tatbiqan, ya’ni huquq normalarining muayyan huquq sohasiga
tegishliligiga qarab huquqiy munosabatlar quyidagi turlarga bo’linadi: davlat-huquqiy
(konstitutsiyaviy) munosabatlar; fuqaroviy-huquqiy munosabatlar; jinoiy-huquqiy
munosabatlar; mehnat-huquqiy munosabatlar; moliyaviy-huquqiy munosabatlar va
hokazo. Shuningdek, mazkur tasniflash doirasida moddiy va protsessual huquqiy
munosabatlar; xususiy-huquqiy hamda ommaviy-huquqiy munosabatlar haqida gapirish
lozim.
2) Huquqiy munosabatlar o’zining vazifasi, funksional belgilanishiga ko’ra tartibga
soluvchi (regulyativ) va qo’riqlovchi (negativ) turlarga ajratiladi. Bu yerda tasniflash mezoni
- huquqning dinamik va statik funksiyalari, ya’ni tartibga soluvchi funksiyasidir. Tartibga
soluvchi huquqiy munosabatlar huquq sub’yektlarining mo’tadil xulq-atvorlari, ya’ni
huquqqa muvofiq xatti-harakatlari natijasida yuzaga keladigan munosabatlardir.
Qo’riqdovchi huquqiy munosabatlar - huquqni buzish sodir etish va buning uchun jazo
tarzida davlat majburlov chorasini qo’llash zaruriyati asosida kelib chiqadigan
munosabatlardir.
3) Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari tengligi yoki
hokimlik-bo’ysunish (ierarxik) tarzidaligiga qarab bu munosabatlar farqlanadi. Tomonlar
mavqeining, huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan huquqiy munosabatlar,
masalan, fuqaroviy-huquqiy, oilaviy-huquqiy munosabatlar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Hokimlik va itoat etish (ya’ni, avtoritar) mazmunidagi huquqiy munosabatlar, jumladan,
jinoiy-huquqiy, ma’muriy-huquqiy munosabatlar shaklida bo’ladi. Bunda bir taraf ko’proq
huquqqa, hokimiyat vakillik vakolatlariga ega. Ikkinchi taraf esa itoat holatida bo’lib,
nisbatan ko’proq majburiyat o’taydi.
4) Adabiyotlarda kompleks (majmuiy) huquqiy munosabatlar haqida ham gapiriladi.
Bunday munosabatlar uzoq davom etuvchi, nisbatan turg’un, murakkab tarkibli bo’lib,
163
ulardagi o’zaro huquq va majburiyatlar ko’p qirraliligi bilan namoyon bo’ladi. Ushbu turdagi
munosabatlarga er-xotin o’rtasidagi munosabatlar yoki korxona ma’muriyati bilan xodim
o’rtasidagi munosabatlar va hokazo misol bo’la oladi. Kompleks huquqiy munosabatlar o’z
tatbiqi jarayonida bir necha oddiy huquqiy munosabatlarga bo’linadi. Majmuiy huquqiy
munosabatlar ularning tarkibiga kiruvchi oddiy huquqiy munosabatlardan o’zining vujudga
keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi asoslariga ko’ra farq qiladi.
5) Huquqiy munosabatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |