XIII bob. HUQUQIY MUNOSABATLAR
1-§. Huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari
Huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishi muammosi davlat va huquq
nazariyasi uchun muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy munosabatlarning
huquq normalari yordamida tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil
qiladi. Huquq normalari o’z vazifa va funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga
oshiradi; ijtimoiy munosabatlar shakliga aylantirish, ya’ni ularni tartibga solish bilan huquq
hayotga tatbiq etiladi.
Huquqiy munosabat
- o’zaro sub’yektiv huquq va majburiyatlar bilan bog’liq
bo’lgan shaxslar (ya’ni, huquq sohiblari) o’rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik
faktlar asosidagi aloqadir.
Huquqiy munosabat ta’rifidagi asosiy narsa, avvalo, bu tomonlar o’rtasidagi
aloqadorlikni aks ettirishdir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon - huquq sohiblari
ishtirok etib, o’zaro muloqotga kirishadilar.
Sohiblar bir-biri oldida tegishli sub’yektiv huquq va majburiyatlarni o’taydilar.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari bir-biri bilan o’zaro
mutanosib tarzda bog’liq; bir tomonning huquqiga ikkinchi tomonning majburiyati muvofiq
keladi. Masalan, ishga kirish bilan bog’liq huquqiy munosabatni olaylik. Bunda, ishga qabul
qilingan xodimda muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona
ma’muriyatida esa tegishli ish haks to’lash majburiyati paydo bo’ladi. Ayni paytda, ikkala
sohib ham qonunda belgilangan qator huquqdardan foydalanadilar.
Yuridik adabiyotda huquqiy munosabatlarning tabiati masalasi ancha munozarali. Bir
guruh olimlar huquqiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi, deb
hisoblaydilar (L.S.Yavich,
1
V.K.Babaev,
2
Yu.I.Grevtsev
3
va boshqalar) Boshqa
mutaxassislarning ta’kidlashicha: «Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning
alohida turi emas, ya’ni ular mulkiy, mehnat, oilaviy, boshqaruv munosabatlari silsilasida
mustaqil o’rin tutmaydi: huquqiy munosabatlar faqat ularning yuridik shakli, ifodasi sifatida
namoyon bo’ladi... Ijtimoiy munosabatlar huquqiy shaklga ega bo’lishi mumkin, bunda ular
huquqiy munosabatlar, deb ataladi»
4
. To’g’ri, ijtimoiy munosabatlarning hammasi ham
huquqiy normalar vositasida tartibga solinmaydi. Odatda, davlat va jamiyat manfaatlari
nuqtai nazaridan eng muhim ijtimoiy munosabatlar huquq bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy
munosabatlarning qolgan qismi axloq normalari, siyosiy normalar, jamoat birlashmalari
normalari, odat qoidalari, diniy normalar va hokazolar bilan tartibga solinadi.
Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilar bilan tavsiflanadi:
a)
Do'stlaringiz bilan baham: |