O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Sanksiya 
- yuridik normaning tarkibiy unsuri bo’lib, u huquqiy norma buzilgan 
holda huquq buzgan shaxsga nisbatan qo’llaniladigan davlat majburlov chorasining turini 
belgilaydi. Sanksiya huquq normasining bir qismi bo’lib, unda dispozitsiyada ko’rsatilgan 
talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo’lgan jazoning yoki tavsiya etilgan 
harakatni sodir etganlik uchun rag’batlantirishning turi va o’lchovi ifodalangan bo’ladi. 
Shunday qilib, yuridik normaning tarkibiy qismlari quyidagilarni o’rnatadi: 
Gipoteza - dispozitsiyada ko’rsatilgan qoidaning kim va qachon bajarishi lozimligini 
va qaysi sharoitda bajarishi lozimligini ko’rsatadi; dispozitsiya esa - bajarilishi lozim bo’lgan 
qoidaning nimadan iboratligini ko’rsatadi; sanksiya esa - normani bajarmaslik oqibatlarini 
ko’rsatadi. 
Ta’kidlash lozimki, hamma norma ham 3 unsurli tuzilishga ega emas. Masalan, 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasida faqat gipoteza va dispozitsiya 
ko’rsatilgan va bu hol deyarli barcha konstitutsiyaviy normalarga xosdir: 
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibida uning normal faoliyatini tahdidga 
soladigan ixtiloflar yuz berganda yoxud u bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar 
qabul qilgan taqdirda, Prezidentning Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslahat qabul qilgan 
qarori asosida (gipoteza) Oliy Majlis tarqatib yuborilishi mumkin. Oliy Majlis tarqatilgandan 
so’ng unga yangi saylov 3 oy mobaynida o’tkaziladi» (dispozitsiya). Yoki boshqa bir misol: 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 88-moddasi: «Oliy Majlis deputati daxlsizlik 
huquqidan foydalanadi (gipoteza). U Oliy Majlisning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, 
hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin 
emas (dispozitsiya)». Yuqoridagilarga asoslangan holda aytish mumkinki, deyarli barcha 


158 
konstitutsiyaviy normalar asosan gipoteza va dispozitsiyadan iborat. 
Jinoiy va ma’muriy javobgarlikni ko’zda tutuvchi normalar esa - asosan dispozitsiya 
va sanksiyadan iborat bo’ladi. (Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslarning 
maxsus qismi normalariga qarang). 
Shunday qilib, huquq normasining tarkibi - uning o’zaro mantiqiy bog’liqligi - ichki 
tuzilishi, «qurilishi»dir. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish