O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Qonun bilan tartibga solish ehtiyojini aniqlash



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Qonun bilan tartibga solish ehtiyojini aniqlash
Qonun ijod etish faoliyatini faqat qonun chiqaruvchi organ doirasidagi harakatlar 
bilangina chegaralab bo’lmaydi. Mazkur faoliyat qamroviga muayyan turdagi ijtimoiy 
munosabatlarni qonun vositasi bilan huquqiy tartibga solishga bo’lgan ehtiyojni aniqlash, 
qonunchilik tashabbusi sohiblarining, parlament qo’mitalarining, komissiyalarining shu 
yo’nalishda olib boradigan ishlari ham kiradi. Qonun chiqaruvchi organning vazifasi ancha 
murakkab va mas’uliyatlidir. U huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlagach, tegishli 
muammoli vaziyatning huquqiy yechimini izlab topishga kirishadi. Ushbu muammoli 
ijtimoiy munosabatlar aynan qonun bilan tartibga solinishi kyerakmi yoki boshqa turdagi 
huquqiy akt bilan (masalan, farmon yoki hukumat qarori bilan) tartibga solinishi 
mumkinmi, degan masalani hal etadi. So’ngra amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilib, 
mavjud normativ aktlarni to’ldirish, o’zgartirish yetarlimi yoki yangi qonun qabul qilish 
kyerakmi, degan savolga yechim topadi. 
U yoki bu qonunni qabul qilish ehtiyoji (zaruriyati) hamda muayyan huquqiy qoidani 
o’rnatishga qaratilgan xalq irodasining yo’nalishi aniqlangach, qonun chiqaruvchi organning 
diqqat-e’tibori ijtimoiy shakllangan qoidani yuridik tilda bayon etishga, uni aniq, 
ifodalashga, kdt’iy rasmiylashtirishga qaratiladi. Qonun ishlab chiqishga kirishishdan avval 
9
Qarang: Odilqoriyev X, T. O’zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. - T,: «O’zbekiston», 1995, 75-85-betlar. 


143 
mavjud ijtimoiy hayot, real voqelik, muayyan muammoli vaziyat atroflicha tahlil etilishi 
lozim. 
Shunday qilib, u yoki bu qonunning yaratilishiga bo’lgan ehtiyojni o’rganish 
(aniqlash) - qonun ijod etish jarayonining boshlangich bosqichidir. 
Qonunchilik tashabbusi 
Qonunni yaratish jarayoni, Ya’ni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita 
faoliyat qonunchilik tashabbusi ro’yobga chiqishidan boshlanadi. 
Qonunchilik tashabbusi huquqi - Konstitutsiyada belgilangan vakolatli organlar, 
tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish 
to’g’risida, shuningdek qonunni o’zgartirish yoxud uni bekor qilish to’g’risidagi taklifni Oliy 
Majlis e’tiboriga taqdim etilishi va parlament tomonidan bu masalani belgilangan tartibda 
ko’rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir. 
Yuridik adabiyotda qonunchilik tashabbusining ob’yekti xususida bahs-munozara 
mavjud. Ba’zi olimlar bunday ob’yekt sifatida parlamentga tayyor qonun loyihasi kiritilishini 
nazarda tutadilar. Ikkinchi guruh olimlari biron-bir qonunni qabul qilish to’g’risida taklifni 
ilgari surilishining o’zi - qonunchilik tashabbusi bo’ladi, deb hisoblaydilar. Bu munozaraga 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Reglamentining 66-moddasida aniq javob berilgan: 
«Qonunchilik tashabbusi huquqi yangi qonunlar loyihalarini, amaldagi qonunlarga 
o’zgartishlar kiritish to’g’risidagi qonunlar loyihalarini, yangi qonunlarni qabul qilish yoki 
amaldagi qonunlarga o’zgartishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni (qonun chiqarish 
to’g’risidagi takliflarni) kiritish shaqlida amalga oshiriladi». 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasining 
Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpogiston Respublikasi, Oliy 
Majlisning deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, 
Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar. 
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lmagan davlat va jamiyat tashkilotlari yoki 
alohida fuqarolar taklif etgan qonun loyihalari yoki qonunchilik xaraktyeridagi takliflari 
mazkur huquqqa ega bo’lgan idoralar va shaxslar orqali parlamentga kiritilishi mumkin. 
Qonunlarning loyihalari va qonunchilikka oid takliflar ularni ishlab chiqish zarurligi 
asoslangan holda, bo’lajak qonunlarning maqsadi, vazifalari va asosiy qoidalari hamda ular 
amaldagi qonunlar tizimida tutadigan o’rnining, shuningdek, ularni qo’llashdan 
qutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarning batafsil ta’rifi bilan birga ko’rib chiqish uchun 
taqdim etiladi. Amalga oshirish uchun qo’shimcha moddiy va boshqa xarajatlar talab 
qilinadigan loyiha taqdim etilayotganda unga moliyaviy-iqtisodiy dalillar ilova qilinadi
10


Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish