139
lavozimlarga hatto qonun bilan ham biror shaxsni tayinlab bo’lmaydi. Bordi-yu, shunday
qilingan taqdirda mazkur qonun Konstitutsiyaga zid bo’lib, yuridik kuchga ega bo’lmaydi,
chunki bu Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlariga daxl qilish bo’ladi. Va, aksincha,
Konstitutsiyada qonun bilan tartibga solinishi ko’zda tutilgan masala bo’yicha Farmon
chiqarish mumkin emas. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining qat’iy talabi ana shunday.
Farmonlar, umumiy qoidaga ko’ra, O’zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga
muvofiq va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida chiqariladi.
Prezident Farmonlari yuksak nufuzliligi mamlakat iqtisodiyotining, aholi ijtimoiy
hayotining hamda davlat boshqaruvining qonunlar va hukumat qarorlari bilan qamrab
olinmagan talaygina dolzarb masalalarini tez va samarali hal etish imkonini beradi.
Masalan: O’zbekiton bozor iqtisodiyotiga o’tishi munosabati bilan aholini ijtimoiy
muhofazalash kun tartibining nihoyatda dolzarb masalasiga aylandi. Xalqning kam
ta’minlangan qatlamlariga davlat ko’magini byerish lozim bo’lib qoldi.
1990 yil 3 maydagi «Ko’p bolali onalarga nafaqa miqdorini ko’paytirish to’g’risida»
birinchi raqamli Farmon
shu masalaga bag’ishlandi. Bu chuqur ramziy ma’noga ega hijjatga
ko’ra ko’p bolali oilalarning moddiy ahvolini, avlodning o’sish sharoitlarini yaxshilash
maqsadida onaga to’lanadigan har oylik nafaqa miqdorini ikki baravar
ko’paytirish
belgilandi.
Respublikada bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini jadal shakllantirishda ham Prezident
Farmonlarining katta bo’ldi. «Respublikada dehqon (fyermyer) xo’jaliklarini yanada
mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini Davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash to’g’risida»,
«O’zbekiston Respublikasida birja faoliyatini muvofiqlashtirish to’g’risida», «O’zbekiston
Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo’mitasini tashkil etish
to’g’risida, «O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish, xorijiy
sarmoyalarni jalb etish va himoya qilish choralari to’g’risida»gi Farmonlar bunga misol bo’la
oladi.
Prezident Farmonlari strategik va dasturiy xaraktyerga ega bo’lib, ularda hukumat, u
yoki bu vazirlik, davlat qo’mitasi muayyan yirik murakkab masalani qanday hal etishi
kyerakligining aniq rejasi va yo’l-yo’riqlari belgilab byeriladi. Farmonlar Vazirlar Mahkamasi
va davlat boshqaruvining boshqa bo’g’inlari faoliyatiga rahbarlikning samarali vositasidir.
Biroq Farmonlar hukumat qarorlari o’rnini egallab olmaydi. Har ikki turdagi bu hujjatlar
Konstitutsiya va qonunda belgilangan vakolatlar doirasida chiqariladi.
Farmon bilan qonunga qo’shimcha yoki o’zgartirish kiritish mumkin emas, u qonun
asosida va qonun ijrosini ta’minlash maqsadida chiqariladigan aktdir. Shu o’rinda qonun
bilan Farmon o’rtasidagi munosabatni aniqroq bayon etish lozim:
1. Qonun parlamentning, hokimiyat oliy vakillik organi ning aktidir; Farmon esa, oliy
ijroiya hokimiyati rahbarining akti.
2. Qonun hamisha normativ xaraktyerga ega bo’ladi; Farmon normativ akt bo’lishi
ham, bunday bo’lmasligi ham mumkin. Ba’zan Farmonlar individual akt sifatida chiqariladi.
3. Qonun o’z yuridik kuchi jihatdan Farmondan ustun turadi. Farmon normativ-
huquqiy aktlar iyyerarxiyasida qonundan keyingi o’rinni egallaydi. Qonun bilan Farmonning
qoidalari o’zaro zid kelib qolgan taqdirda, qonun ustuvorlik qiladi.
Shu o’rinda qonunning ham, Farmonning ham tartibga solish predmeti borligini
yodda tutish lozim. Konstitutsiyaga muvofiq Farmon bilan hal etiladigan masala bo’yicha
qonun chiqarish mumkin emas va aksincha. Biroq barcha Farmonlar parlament - Oliy Majlis
tasdig’idan o’tishi lozim.
4. Qonun Konstitutsiyada belgilangan alohida qat’iy o’rnatilgan tartibda (odatda to’rt
majburiy bosqichli jarayon oqibatida) qabul qilinadi. Farmonni qabul qilish esa, qonun
ijodkorligi jarayonidagi singari maxsus bosqichlarni amalga oshirishni talab etmaydi.
3)
Do'stlaringiz bilan baham: