146
Qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari «Axborotnoma»da nashr etilgandan so’ng
10 kun o’tgach, butun respublika hududida kuchga kiradi. Xuddi mana shu hujjatlar rasmiy
matbuot organlari («Xalq so’zi», «Narodnoe slovo», «Erkin Qaraqalpaqstan» va «Vesti
Karakalpakstana» gazetalari) da bosilib chiqqanidan keyin 10 kun o’tgach yuridik kuchga
kiradi. Normativ mazmunga ega bo’lmagan hujjatlar ular qabul qilinib, matbuotda e’lon
qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Albatta, bu umumiy qoidadir. Biroq,
qonun
chiqaruvchi idora vaziyatga qarab boshqa muddatlarni belgilashi ham mumkin.
Agar Oliy Majlisning muayyan qonunni kuchga kiritish tartibi to’g’risidagi qarorida
boshqacha muddatlar belgilangan bo’lsa, qonun nashr etilgach, yuqoridagi 10 kunlik
muddatda emas, balki parlament qarorida ko’rsatilgan muddatda kuchga kiradi. Masalan,
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi
1994 yil 24 sentyabrda qabul qilinib, 1995 yil 1 apreldan
boshlab kuchga kiritilgan;
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997 yil 24 aprelda qabul qilinib, 1998 yil 1
yanvardan e’tiboran kuchga kiritilgan; Respublikaning Bojxona kodeksi 1997 yil 26
dekabrda qabul qilinib, 1998 yil 1 martdan kuchga kiritilgan.
Odatda kodekslar va boshqa katta qonunlar qabul qilingandan to kuchga kirguncha
bir necha oy vaqt o’tadi. Bunday muddat belgilanishiga sabab tegishli ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoitni vujudga keltirish, tashkiliy-tayyorgarchilik ishlarini
amalga oshirish uchun
vaqt-imkoniyat zarur bo’lishidir. Bu davr ichida qonunni hayotga joriy etish mexanizmi
tarkibiga kiruvchi qonunosti aktlar (farmon, hukumat qarori, nizom va yo’riqnomalar)
ishlab chiqilib qabul qilinadi. Zarur bo’lsa, tashkiliy-institutsional tuzilmalar tizimi vujudga
keltiriladi va hokazo.
Ba’zi normativ-huquqiy aktlar matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga
kiradi. Bu hakda tegishli ko’rsatma qonunni kuchga kiritish tartibi to’g’risidagi
qarorda
nazarda tutilgan bo’ladi.
Amaliyotda qonun hujjatlarini bosqichma-bosqich qabul qilib, shu zayilda kuchga
kiritish hollari ham uchrab turadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
birinchi qismi 1995 yil 25 dekabrda qabul qilindi, Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi esa
1996 yil 29 avgustda qabul qilinib, har ikkala qism 1997 yil 1 martdan boshlab kuchga
kirdi.
Prezident Farmonlarida ularni kuchga kiritishning turli shakllari qo’llaniladi. Masalan,
Farmonlar matnida shunday qoidalar uchraydi: «Farmon
imzolangan vaqtdan kuchga
kiritilsin», «Farmon matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin», «Farmon
qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiritilsin». Kuchga kiritishning bunday shakllari
boshqa turdagi normativ-huquqiy aktlarga ham xosdir.
Refyerendumda qabul qilingan qonunni e’lon qilish va kuchga kiritish tartibi
«Refyerendum to’g’risida»gi qonunning 27-moddasida belgilangan:
«Refyerendum natijalarini refyerendum o’tkazuvchi Markaziy Komissiya ovoz byerish
tugaginidan keyin o’n kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalari orqali O’zbekiston
Respublikasining aholisiga ma’lum qiladi. Refyerendum o’tkazuvchi Markaziy Komissiyaning
qarorlari ustidan bu qarorlar qabul qilingan kundan boshlab bir hafta ichida O’zbekiston
Respublikasining Oliy Sudiga shikoyat qilinishi mumkin».
Refyerendumda qabul qilingan qaror (qonun) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Kengashi tomonidan refyerendum natijalari haqida rasman xabar qilinginidan keyin kechi
bilan yetti kun ichida matbuotda bosib chiqariladi va agar refyerendum qarorining o’zida
boshqa muddat nazarda tutilgan bo’lmasa, e’lon qilingan kunidan kuchga kiradi.
Normativ aktlarning kuchga kirish va amalda bo’lish vaqtini
aniq belgilash muhim
ahamiyatga ega. Chunki ular belgilangan vaqtdan boshlab so’zsiz bajarilishi lozim. Bu
qonun ustuvorligi prinsipini hayotga joriy etish bilan bog’liq. Qonun orqaga qaytish kuchiga
ega emas, degan talab qonun chiqarilgunga qadar vujudga kelgan hamda mavjud bo’lgan