O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Qonunni qabul qilish 
bosqichi muhim siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan voqeadir. 
Bu bosqichning ahamiyati va mas’uliyati shundaki, bunda qonun loyihasiga rasmiy yuridik 
kuch baxsh etiladi, u qonunga aylanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-mod-dasiga muvofiq, qonunni qabul 
qilish uchun Oliy Majlis deputatlarining (Ya’ni 250 nafar deputatning) ko’pchilik ovozi talab 
etiladi. Qonun loyihasi to’lig’icha yoki moddama-modda yoxud bo’lim hamda boblar 
bo’yicha ovozga qo’yilishi mumkin. Qonun loyihasini yoqlab deputatlar umumiy sonining 
yarmidan ko’pi ovoz bersa, qonun qabul qilingan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi 
qonunini qabul qilish yoki unga o’zgartirishlar kiritish xalq deputatlari umumiy sonining 
kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovoz bilan amalga oshiriladi. 
Oliy Majlisda qonunga ovoz byerish demokratik tarzda bevositalik asosida amalga 
oshadi. Har bir deputat shaxsan o’zi ovoz berish huquqiga ega. Deputat ovoz byerish 
uchun boshqa hamkasbini vakil qilishi mumkin emas. 
Ovoz berish oshkora, ochiq, yashirin va nomma-nom bo’lishi mumkin. 
Oliy Majlisda ovoz byerish ovozlarni hisoblovchi maxsus elektron tarmoq yordamida 
o’tkaziladi. Sessiyada deputatlar orasidan sanoq komissiyasi saylanadi. U ovoz byerish 
natijalari xolislik bilan hisoblab chiqilishini ta’minlaydi. Yashirin ovoz byerish elektron 
mashinadan foydalangan holda yoki bulletenlar tashlash yo’li bilan o’tkaziladi. 
Qonunlar umumxalq ovoz byerishi (refyerendum) orqali ham qabul qilinadi. Bunda 
ovoz byerish yashirin tartibda o’tkaziladi: fuqarolarning o’z xohish-irodalarini izhor etishlari 
ustidan nazorat qilishga yo’l qo’yilmaydi. Referendum ishtirokchilari teng bo’lib, har bir 
fuqaro shaxsan ovoz beradi va faqat bitta ovozga ega bo’ladi. 
Qonunni imzolash va e’lon qilish. 
Qonun qabul qilingach, uni imzolab, so’ng 
e’lon qilish (matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish) qonunchilik 
jarayonining alohida bosqichi sanaladi. O’zbekiston Konstitutsiyasining 83-moddasiga 
muvofiq, qabul qilingan qonunlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo’llanilishining 
majburiy shartidir. 
O’zbekiston Respublikasining qonunlari mamlakat Prezidenti tomonidan imzolanadi. 
Bunda Prezident «veto» huquqidan foydalanishi mumkin. Ya’ni, Prezident imzolash uchun 
yuborilgan qonunlar Konstitutsiyaga yoki inson huquqlariga yoxud milliy xavfsizlikka zid 
deb hisoblasa, qonunga o’z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga 
qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli (Konstitutsiyaning 93-moddasi 14-bandi). 
Agar Oliy Majlis ilgari o’zi qabul qilgan qarorni (Ya’ni, qonunni) uchdan ikki qismdan iborat 
ko’pchilik ovoz bilan tasdiqlasa, Prezident bu qonunga imzo chekadi. 
O’rnatilgan tartibga ko’ra O’zbekiston qonunlari qabul qilinginidan so’ng o’n kundan 
kechiktirmasdan o’zbek, rus va qoraqalpoq tillarida nashr etiladi. Qonunlar rasmiy matbuot 
nashrlarida - «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi»da (o’zbek va rus 
tillarida), «Xalq so’zi» va «Narodnoe slovo» gazetalarida, shuningdek «Erkin
Qaraqalpaqstan», «Vesti Karakalpakstana» gazetalarida bosib chiqiladi. 
Qonunni matbuotda e’lon qilish davlat tomonidan o’rnatilgan huquqiy normalarni 


145 
aholiga yetkazishning eng tezkor, epchil va ishonchli usullaridan biridir. Matbuotda e’lon 
qilishning afzal tomoni shundaki, qonunlarning matni bilan qayta-qayta tanishish 
imkoniyati mavjud bo’ladi. 
Qonunni matbuotda e’lon qilish rasmiy yuridik fakt bo’lib, uning kuchga 
kirayotganidan dalolat beradi. Qonun matbuotda bosilib chiqqandan keyin 10 kun o’tgach 
kuchga kiradi (albatta, qonun matnida uni kuchga kiritishning uzoqroq muddati ko’rsatilishi 
bu umumiy xulosaga putur yetkazmaydi). 
Shunday qilib, parlament qonunni qabul qilib, uni mamlakat aholisi e’tiboriga 
yetkazgach, qonunchilik hokimiyatini amalga oshirish tartibi hisoblangan qonun ijod etish 
jarayoni nihoyasiga yetadi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish