O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

rasmiy inkorporatsiya 
- qonunchilik aktlarini ularni chiqargan organlar 
tomonidan to’plam va majmua shaqlida tizimlashtirish; 
b) 
norasmiy inkorporatsiya 
- bunda tizimlashtirilgan to’plamlar tuzish unga 
maxsus vakolati bo’lmagan idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi (masalan, 
yuridik nashriyotlar tomonidan yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan tizimlashtirish); 
v) 
ofitsioz inkorporatsiya 
- qonunchilik aktlarining ularni tizimlashtirish vakolatiga 
ega bo’lgan idoralar tomonidan to’plam yo majmua qilib chiqarilishi (odatda, bunday 
tizimlashtirish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi). 
Qonunlar majmuini 
tuzish, qonunlar va boshqa muhim normativ-huquqiy aktlarni 
to’plab, qat’iy tartib asosida mavzuli (predmetli) tizimlash - inkorporatsiyaning eng yuqori 
ko’rinishidir. 
Konstitutsiya asosida mamlakat qonunlari majmuini tayyorlash va chop etish 
qonunlar mazmunini aholiga yetkazish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo’riqlashni 
kuchaytirish, davlat va jamiyat hayoti huquqiy negizini mustahkamlashga, ommaning 
huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Normativ-huquqiy aktlarni 
jamlash 
(konsolidatsiya qilish) usuli qonunchilikni 
tizimlashtirishga yaqin turadi. Qonunchilikni jamlash normativ-huquqiy aktlarni 
tizimlashtirishdan oldin, dastlabki bosqich sifatida maydonga chiqadi. Bunda u yoki bu 
masalaga oid huquqiy aktlar to’planadi, birlashtiriladi hamda umumlashtiriladi. 
 
7-§. Huquq ijodkorligida yuridik texnika masalalari 
Huquq ijodkorligi jarayonida vakolatli mutasaddi idoralar va shaxslar muayyan 
tamoyillarga, qoidalarga rioya etishlari lozim. Huquqiy adabiyotlarda va yuridik amaliyotda 
«yuridik texnika» degan tushuncha keng qo’llaniladi. 
Yuridik texnika 
- normativ-huquqiy aktlar loyihasini tayyorlash, ularni 
rasmiylashtirish, nashr etish va tizimlashtirish qoidalari (tartibi, taomili) yig’indisidir. 
Avvalambor, yuridik texnika - huquqni tashqi ifodalash qoidalari, aksariyat hollarda 


150 
huquqiy madaniyatning eng oddiy (elementar) talablari yig’indisi hisoblanadi. Masalan, 
huquqni rasmiy ifodalashning asosiy talablari quyidagilar: huquq normalarining barchaga 
tushunarli bo’lishi; iboralarning aniq, sodda va qat’iy ma’noli bo’lishi; aholi saviyasiga mos 
yuridik andozalar (konstruksiyalar)dan foydalanish; yuqori turuvchi idoralar aktidagi 
qoidalarni takrorlayvyermaslik; uzundan-uzun, g’aliz jumlalar tuzmaslik va hokazo. 
Normativ aktlarning ichki tuzilishi va bayoni quyidagi talablarga javob byerishi 
kyerak: huquqiy qoidalar bayonining mantiqiy uzviylik va sobit ketma-ketlikda bo’lishi; 
normativ-huquqiy aktga kiritilgan qoidalarning o’zaro mutanosib va bir turli bo’lishi; 
normativ aktni maqsadli tarzda ruknlarga bo’lish, uning bo’lim, bob va moddalarini 
nomlash; normativ aktning tarkibiy qismlari o’rtasida qarama-qarshiliklarning bo’lmasligi; 
qonunchilikning bitta sohasiga kiruvchi aktlar o’rtasida o’zaro mutanosiblikning mavjud 
bo’lishi va hokazo. 
Yuridik texnikaning yorqin namunalaridan, keng tarqalgan turlaridan biri qonunchilik 
texnikasidir. Qonun-chilik faoliyatining sifati, samaradorligi va batartib tashkillashtirilishi, 
uyushtirilishi ko’p jihatdan qonunchilik texnikasiga bog’liq. Yuqori darajadagi qonunchilik 
texnikasining zohir bo’lishi jamiyatda shakllangan huquqiy madaniyat darajasini, huquq va 
qonunga hurmatni ifodalovchi ko’rsatkichlardan biridir. Qonunchilik texnikasini huquqiy 
aktlarni rasmiylashtirish usuli (yo’l-yo’riqlari) sifatida talqin qilish normativ aktlarning tili va 
uslubi, tuzilishi, huquqiy qoidalarni shakllantirish hamda bayon etish masalalarini chuqur 
o’rganish uchun zaruriy asos bo’lib hisoblanadi. 
Huquqiy adabiyotda keng tarqalgan fikrga ko’ra, qonunchilik texnikasi - normativ 
aktlar loyihasini shaklan ifoda etish, bayon etish usul va uslublari, shuningdek ularni 
tayyorlash ishlarini tashkil etish qoidalarini qamrab oluvchi kompleks tushuncha bo’lib, 
unda huquqiy aktlar loyihalarini tayyorlashning tashkiliy-texnikaviy metodlari va ularni 
rasmiylashtirishning metodologik usullari uzviy birikib ketgan. 
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan qonunchilik faoliyati tajribasidan 
kelib chiqqan holda qonunchilik texnikasiga shunday ta’rif byerish mumkin: 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish