O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri


Davlatning pul-kredit borasidagi siyosati uning monetar siyosati



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

Davlatning pul-kredit borasidagi siyosati uning monetar siyosati
deb yuritiladi.
Subsidiya
KORXONA
DAVLAT
BUDJETI
Muayyan tovar yoki tovarlar guruhini eksport qilish zarur bo‘lsa,
boj puli kamaytiriladi yoki umuman olinmaydi, kvotalar oshiriladi.
Òovarlarni milliy bozorda tutib qolish zarur bo‘lsa, eksport uchun
boj puli va soliqlar ko‘paytiriladi, litsenziyalar va kvotalar kamaytiriladi.
Boj puli vositasida tovarlar importi ham tartiblanadi. Bojxona puli
oshsa, import qisqaradi, u kamaysa, import ko‘payadi.
11.7. Pul-kredit vositalari
Iqtisoddagi eng kuchli va ta’sirchan vosita pul bo‘ladi. Pulga
ishonch bor yerda uni ishlab topishga intilish kuchli bo‘ladi. Shu
bois davlat siyosati pulni mustahkamlashga qaratiladi.
Monetar siyosat pulning qadrini ta’minlab, uni iqtisodiyotning
kuchli dastagiga aylantirish va pul muomalasini izga solish orqali
iqtisodiyotini tartiblashga qaratiladi. Haddan ziyod inflatsiya sharoitida
iqtisodiy faollik bo‘lmaydi, chunki pulni ishlab chiqarishga qo‘yish
xatarli ishga aylanadi. Shu boisdan davlat inflatsiyani jilovlab, iqtisodiy
o‘sishga ko‘maklashadi, inflatsiya dami kesilganda, kredit olish
yengillashadi, chunki qarz berishning xatari kam bo‘ladi, ikkinchidan,
pulga uning qadri pasayib ulgurmasdan resurs olib ishlab chiqarishga
joylashtirish mumkin, uchinchidan, ishlab topilgan pul qadrli bo‘ladi.
Pul qadrini ta’minlash uchun davlat inflatsiyaga qarshi choralar
ko‘radi. Davlat pul miqdori keragidan ortiqcha bo‘lishiga yo‘l bermaslik
uchun pul emissiyasi (pulni muomalaga chiqarish) ustidan qattiq nazorat
o‘rnatadi, ya’ni ortiqcha pulni muomalaga chiqarmaydi. Agar chiqib
ketgan bo‘lsa, qaytarib oladi. Muomalada qolgan pul qadri pasayib
11.1-rasm.
Subsidiya berish.


1 1 6
ketmasligi uchun davlat ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu pulni
tovarlar bilan ta’minlanganligi oshiriladi. Natijada pulga ishonch ortadi.
O‘zbekistonda davlatning inflatsiyaga qarshi kurashi tufayli uning
shiddati kesildi, inflatsiya jiddiy ravishda sekinlashdi.
Davlat arzon pullar hosil etish yo‘lidan boradi. Davlat o‘ziga
qarashli Markaziy bank orqali uchyot stavkasini – foiz darajasini
belgilaydi, shunga qarab banklar o‘zining foiz stavkasini belgilaydi.
Masalan, uchyot stavkasi oyiga 1 foiz belgilansa, banklar o‘z foizini
shunga qarab 1,5 foiz qilib belgilaydilar. Ortiqcha 0,5 foiz bank
xarajatini qoplab, unga foyda ham beradi. Davlat uchyot stavkasini
pasaytirsa, arzon pullar hosil bo‘ladi, ya’ni pulni kreditga olish
arzonlashadi. Foiz pasayganda, kredit olish ko‘payadi, iqtisod o‘sadi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish