O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

12-BOB. AHOLI DAROMADLARI
12.1. Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo
‘nalishi
Bozor iqtisodiyoti inson farovonligini ta’minlash, unga munosib
turmush sharoitlarini yaratib berish maqsadlarini ko‘zlaydi.
Iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘nalishi deganda, uni jamiyat a’zolarining
turmush farovonligini oshirishga qaratilishi tushuniladi.
Òurmush farovonligi
— bu sifatli oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy,
turli xizmatlar iste’molining ortib borishini, kishilarning sihat-salomat
yashab, uzoq umr ko‘rishini, o‘z hayotidan qoniqish hosil etishini
bildiradi. Bu maqsadga eng avval bozor vositasida erishiladi. Bozor
hammani yaxshi ishlashga undaydi, chunki yaxshi ishlamagan– u
tadbirkormi, oddiy ishchi, xizmatchi yoki dehqon bo‘ladimi, bundan
qat’i nazar yaxshi kun ko‘ra olmaydi. Bozorda xaridor talabining
ustuvorligi mavjud, u qondirilmasa tadbirkorlar foyda ola bilmaydilar.
Shu sababli ko‘plab sifatli va arzon tovarlarni chiqarib, aholining
bozordagi talab-ehtiyojini qondirish foyda topishning shartiga aylanadi.
Bozordagi keskin raqobat ishchi va xizmatchilarni intizomga rioya
etib, ish unumini oshirishga, tadbirkorlarni esa yangidan-yangi
tovarlarni ishlab chiqarishga undaydi, chunki busiz raqobatda jon
saqlash qiyin bo‘ladi. Bu iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Òovarlar
mo‘l-ko‘l bo‘lganidan, kishilar ularni tanlab olib, o‘z ehtiyojini to‘laroq
qondirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu bilan ularning turmush
farovonligi ta’minlanadi.
Bozor munosabati iqtisodiy yuksalishni, bu bilan esa jamiyatning
boy bo‘lishini yuzaga keltiradi. Boy jamiyatda ommaviy farovonlikka
erishiladi. Masalan, 2006-yil AQSHda aholi jon boshiga hisoblanganda
32,7 ming dollarlik tovarlar va xizmatlar iste’mol etildiki, bu yuksak
farovonlikni bildiradi. Boy mamlakatlarda aholining ko‘pchiligi mulk
egasiga aylanadi. Mehnat ahli ham o‘z kuchidan, ham o‘z mulkidan
daromad topib, farovon yashash imkoniga ega bo‘ladi.
Farovonlikni ta’minlashda bozor vositalaridan tashqari davlat ham
ishtirok etadi. Bunga daromadlarni davlat budjetini qaytadan taq-
simlash orqali erishiladi. Bunda davlat boylar daromadining bir qismini
soliq orqali olib kambag‘allarga bera oladi, bepul xizmat ko‘rsatiladi,
ko‘pchilik hayotini farovonlashtiradi.


1 2 0
Farovonlikni ta’minlashning yana bir vositasi, bu turli nodavlat
jamg‘armalari bo‘lib, bularga pul ayrim fuqarolar, korxona va tashkilotlar
tomonidan ko‘ngilli ravishda ajratiladi. Bunday pul mablag‘lari xayr-
ehson tarzida muhtojlarga moddiy va pul bilan yordam ko‘rsatish uchun
ishlatiladi. Masalan, O‘zbekistonda «Nuroniy» jamg‘armasining
mablag‘lari qariyalarga yordam ko‘rsatish uchun sarflanadi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish