Soliqlar
davlatning eng ta’sirchan vositasidir. Uning vazifasi budjetga
pul yig‘ish bilan cheklanmaydi, chunki uning vositasida firmalar va
xonadon faoliyati rag‘batlantiriladi. Soliqlar firmalar xarajatiga kiradi.
Davlat soliqlarni oshirsa, xarajatlar ham oshadi, binobarin, bu foydani
qisqartiradi, natijada ishlab chiqarishni o‘stirishdan manfaatdorlik
kamayadi. Soliqlar kamaytirilsa, xarajatlar pasayib, foyda ko‘payadi,
foydani ishlab chiqarishni o‘stirishga yuborish imkoni ham kengayadi.
Masalan, firma soliqning hammasini to‘lagan sharoitda 10 mln dollarga
teng foydani ishlab chiqarishga yuboradi, buning natijasida ishlab
chiqarish kengayib, qo‘shimcha 600 mln dollarga teng mahsulot
yaratiladi. Agar firmaga soliqdan 2 mln dollarlik imtiyoz berilsa, u
12 mln dollarni o‘z ishiga sarflaydi, natijada mahsulot ishlab chiqarish
800 mln dollarga yetadi. Demak, soliq imtiyozi tufayli mahsulot 200
mln dollarga (800—600=200) ko‘payadi. Masalan, O‘zbekistonda 2006-
yil davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bergan soliq imtiyozi
425 mlrd so‘m bo‘lib, ular qo‘shimcha investitsiyaga ega bo‘ldi.
Fan-texnika taraqqiyoti yuzaga keltirgan yangi ishlab chiqarish
sohalari borki, ularni jadal o‘stirish uchun soliq imtiyozlari beriladi.
Masalan, yonilg‘ini tejovchi, o‘ta chidamli dvigatellar ishlab chiqaruv-
chi korxonalarga soliqdan yengillik berilsa, ularning xarajatlari soliq
hisobidan kamayadi. Natijada dvigatellarni ishlab chiqarish va ommaviy
qo‘llanishi ko‘payadi, bu iqtisodiy o‘sishga olib keladi.
Ekologik zararli mahsulotni ishlab chiqarishni to‘xtatish zarur
bo‘lsa, soliqlar ko‘paytiriladi, natijada firmalar xarajatlari ko‘payib,
foyda kamayadi, oxir-oqibatda foyda olish uchun ekologik toza
mahsulot ishlab chiqarishga o‘tiladi.
Davlat soliqlardan tadbirkorlikni, xayr-ehson ishlarini, eksport-
importni, xorij kapitalining kirib kelishini rag‘batlantirish uchun ham
foydalanadi. Masalan, O‘zbekistonda yangi ochilgan kichik firmalar,
fermer xo‘jaliklari 2 yilgacha soliqdan ozod qilingan edi. Eksportbop
tovar ishlab chiqargan korxonalar ham soliq imtiyozlari oladilar.
Davlat firmalar to‘laydigan soliq muddatini kechiktiradi, soliq
puli kreditga (qarzga) aylantiriladi. Masalan, korxona har yili 25 mln
so‘m soliq to‘lashi kerak. Bu soliq 2 yil muddatga imtiyozli kreditga
aylantiriladi, natijada korxona 50 mln so‘mni ishlab chiqarishga yo‘llab,
uni o‘stiradi va soliqni topgan pulidan 2 yildan so‘ng to‘laydi.
1 1 4
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartiblashning yana bir muhim
vositasi
Do'stlaringiz bilan baham: |