O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

12.4. Daromadlarning tabaqalashuvi
Bozor iqtisodiyotiga daromadlarning tengsizligi, ularning
farqlanishi xosdir. Daromadlardagi tengsizlik kishilar ishlab topgan
pul miqdorida katta farqlar bo‘lishini bildiradi. Òengsizlikni asosan
to‘rt omil yuzaga chiqaradi:
1) Kishilarning tug‘ma qobiliyatlari, kuch-quvvati, aql-idroki,
salohiyat va zakovati, xullas, ish qobiliyati bir xil emas. Shu sababli
ular har xil daromad ko‘radilar. Masalan, kino yulduzi bir yilda
20 million dollar topsa, malakali shifokor 80 ming dollar, o‘qituvchi
40 ming dollar, qishloqdagi mavsumiy va kelgindi ishchi esa 15 ming
dollar daromad topadi.
2) Daromaddagi tengsizlik ishlab pul topish imkoniyatlariga bog‘liq.
Bilim olish, kasb egallash, malakani oshirish imkoniyatlari bo‘lgan va
ish topiladigan joyda daromad ko‘p bo‘lsa, bunday sharoitlar yo‘q
joyda daromad oz bo‘ladi. Ishlab turgan kishi bilan ishsizning, garchi
qobiliyati bir xil bo‘lsa-da, daromadi turlicha bo‘ladi. Masalan,
Germaniyada ishlaydigan ishchi bir oyda o‘rtacha 2200 yevro ish
haqi olsa, ishsizga 300 yevro ishsizlik nafaqasi beriladi.
3) Òengsizlikni oila tarkibining har xil bo‘lishi ham yuzaga keltiradi.
Agar oila tarkibida pultoparlar ko‘p bo‘lib, boqimandalar oz bo‘lsa,
uning jami daromadi ko‘p bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa daromad oz bo‘ladi.
4) Daromadlardagi farqni iqtisodiy vaziyat ham yuzaga keltiradi.
Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad
kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu, narx tasodifan pasayib
ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi. Demak, daromadlardagi
farqni bozor holatidagi o‘zgarishlar ham yuzaga keltiradi.
Bozor qonunlariga mos ravishda jamiyat qabul qilgan va qonuniy
ruxsat berilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar adolatli
tengsizlik hisoblanadi, g‘ayriqonuniy, ya’ni man etilgan usullar bilan
topilgan daromadlardagi farqlar esa adolatsiz tengsizlikni vujudga
keltiradi. Adolatsiz tengsizlik yashirin (man etilgan) iqtisodiy faoliyat
bor joyda yuzaga keladi. Masalan, reket yoki narkobiznesdan mo‘may
pul topish daromadlarni keskin farqlantiradi.
Daromadlardagi adolatli tengsizlik tabiiy bir hol bo‘lib, daromadi
ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi. Daromadlardagi farqlar
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad summasiga qarab
aniqlanadi. Buning uchun oila ko‘rgan yalpi daromad uning a’zolari
soniga bo‘linadi. Daromaddagi tafovutlar darajasi tahlil etilganda
10 foiz boy oilaning daromadi bilan 10 foiz kambag‘al oilalar daromadi
taqqoslanadi. Natijada boylar va kambag‘allar daromadi necha karra
farqlanishi aniqlanadi. Daromadlarning notekis taqsimlanishi quyidagi
Lorens egri chizig‘ida tasvirlanadi:


1 2 5
Agar daromadlar teng taqsimlanib, hamma bir xil daromad olganda
tenglik chizig‘i 
AE
hosil bo‘lar edi, chunki, masalan, 10 foiz oila 10
foiz daromad olgan bo‘lar edi. Daromad notekis taqsimlangani uchun
yoysimon chiziq hosil bo‘lgan. Bunda, masalan, 10 foiz oila 25 foiz
daromad olgan.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish