O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

10-BOB. MOLIYA VA KREDIÒ
10.1. Iqtisodiyotning moliya sektori
Milliy iqtisodiyot ikki soha — sektorga ajraladi:
1. Real soha
— sektor. Bu tovar va xizmatlarning ishlab
chiqarishdan iste’molgacha bo‘lgan harakatini anglatadi.
2. Pul sohasi
— sektori. Bu iqtisoddagi tovar va xizmatlar
harakatiga qarama-qarshi boradigan pul harakatini bildiradi.
Milliy iqtisodiyotdagi tovar, xizmatlar va pul oqimi quyidagi
ko‘rinishda bo‘ladi:
Resurslar
bozori
Davlat
idoralari
Firmalar
Iste’mol tovarlari
bozori
Xonadon
xo‘jaliklari
Tovar va xizmatlar
Pul
Moliya deganda, pul resurslari (jamg‘armalari)ni hosil etish,
ularni taqsimlash va ma’lum maqsad yo‘lida ishlatish tushuniladi.
Chizmaga nazar tashlasak, firmalar, xonadonlar va davlat
idoralari bir-biriga bozor orqali tovar va xizmatlar yetkazib beradilar
hamda bir-biridan pul oladilar. Òovarni sotgan tomon olgan puli
uning daromadini (tushumini) hosil etadi, xuddi shu pul tovarni
olgan tomon uchun xarajat bo‘ladi. Natijada iqtisodiyotda daromad
va xarajatdan iborat pul oqimi paydo bo‘ladi va bu moliyani yuzaga
keltiradi.
Jamiyatning daromadi — bu pulda hisoblangan yalpi ichki mahsulot.
Masalan, 2008-yil O‘zbekistonda YAIM 30,8 trill so‘mni tashkil etdi, u
taqsimlanib pul resurslari, ya’ni fondlari (jamg‘armalari)ni hosil etdi,
xonadon, firmalar (korxonalar)ning, nodavlat tashkilotlarning va davlatning
daromadlari yuzaga keldi.Bu bilan moliya munosabati paydo bo‘ldi.


9 7
Moliya dastlab korxonada paydo bo‘ladi. Bu yerda olingan pul
tushumi — daromad amortizatsiya, ish haqi to‘lash, mukofot berish,
soliq va bankdan olgan qarzni to‘lash, xayriya ishlari va investitsiyalar
uchun ajratiladi. Korxona va aholi davlatga bergan soliqlar va boshqa
to‘lovlar uning daromadini hosil etadi va bu pul ma’lum maqsad
yo‘lida ishlatish uchun qayta taqsimlanib, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni
saqlash, maorif, madaniyat, sport va davlat investitsiyalari uchun
ishlatiladi. Xonadon ahli firmalar, davlat idoralari va o‘z biznesidan
pul oladi, undan jamg‘arma hosil etadi.
Moliya umuman pulning qo‘ldan qo‘lga o‘tishi emas, balki uni
maxsus maqsadda ishlatish uchun jamg‘arma (fond) hosil etishi bo‘ladi.
Masalan, o‘quvchi uydan o‘qishga borib kelish uchun 1500 so‘m
oldi, buni avtobus va ovqatlanish uchun sarfladi. Bu yerda shunchaki
pulni xarid uchun sarflanishi yuz berdi, shu sababli moliya kelib
chiqmadi. Agar o‘quvchi kelajakda velosiped olish uchun ishlab pul
topsa va uni jamg‘arib borsa, moliya yuzaga keladi, chunki u maqsadli
xarid fondi hosil etadi. Albatta bu shunchaki bir misol. Amalda moliya
g‘oyat murakkab pul bilan bog‘liq aloqalarni bildiradi.
Bozor iqtisodi pul bilan tirik bo‘lganidan, uning uchun moliya
katta ahamiyatga ega va bu uning vazifalarida ifoda etiladi: moliya
daromadlarni iqtisodiyotning subyektlari bo‘lmish korxonalar, xonadon
xo‘jaliklari va davlat o‘rtasida taqsimlaydi; soliqlardan siylov berish,
davlat hisobidan pul bilan ko‘mak berish orqali korxonalar va
tashkilotlarning yaxshi ishlashini moliya rag‘batlantiradi; moliya
iqtisodiyotni boshqarish ishini axborot bilan ta’minlaydi, chunki
moliyaviy ko‘rsatkichlar (foyda miqdori, rentabellik, zarar miqdori,
qarzdorlik, likvidlik kabilar) menejmentda qo‘l keladi; moliya ijtimoiy
sohalarni pul bilan ta’minlaydi, ya’ni maorif, madaniyat, sportga pul
ajratiladi, aholining nochor qatlamlari (ko‘p bolali oilalar, kam-
bag‘allar, nogironlar)ga nafaqalar beriladi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish