O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

3. Kichik yoki konyunktura sikllari
— bu bozordagi talab va
taklif nisbatining qisqa vaqtda o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bozordagi
talab o‘zgarib ketganda, taklif unga javob bermay qo‘yadi, narx
pasayib, eski tovarlarni chiqarish qulay bo‘lmay qoladi. Yangi tovarlar
chiqarilgach, ularga talab hosil bo‘ladi, ishlab chiqarish ken-
gayadi.
Siklda 2 faza yoki bosqich bo‘ladi:
1. Retsessiya
(
lot
. recessus — chekinish, qaytish) o‘z ichiga 
krizis
(
ingl
. krizis — tanglik) va 
depressiya
(
lot
. depressio — pasayish), ya’ni
turg‘unlikni oladi. Krizis holatida ishlab chiqarish pasayadi, korxonalar
yopila boshlaydi, ishsizlik ko‘payadi, chunki tovarlarga talab qisqaradi.
Depressiya chog‘ida pasaygan ishlab chiqarish shu holatda qalqib turadi,
u oshmaydi ham, kamaymaydi ham. Bunday holat abadiy emas,
faqat vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadi, ammo undan chiqib ketish ham
mumkin.
2. Yuksalish
retsessiyadan so‘ng keladi, unga jonlanish va bum
(
ingl
. boom — tez ko‘tarilish) xos bo‘ladi. Òurg‘unlikdan chiqish
uchun ishlab chiqarish bozordagi talabga moslashadi, qarz olib bo‘lsa-
da, investitsiya qilinadi, bozorbop tovarlar o‘zlashtiriladi, talab ortib,
ishlab chiqarishga turtki beradi, iqtisodiyotga jon kirib, u g‘imirlab
qoladi. Jonlanish ishlab chiqarishdagi bandlikni va sekin bo‘lsa-da,
unumdorlikni oshiradi, daromad ko‘payib, jami talab ortadi. Natijada
ishlab chiqarishning tez ko‘tarilishiga rag‘bat beriladi. Investitsiyalar
yana-da oshsa, yangi bozorbop tovarlar ko‘payadi, ular to‘xtovsiz
sotiladi. Mana shu bum degani bo‘ladi. Bum yuz berganda ishlab
chiqarish cho‘qqisiga chiqib, tanglikdan oldingi darajadan ancha ortib
ketadi.


9 3
Sikl fazalaridagi o‘zgarishni quyida keltirilgan chizmadan ham
ko‘rish mumkin .
Chizmaga binoan iqtisodiyot 
A
nuqtadan 
B
nuqta sari rivojlanib
kelgan, so‘ngra 
C
nuqta tomon pasaygan. 
C
va 
D
nuqta oralig‘ida u
turg‘un bo‘lib, 
DE
oralig‘ida jonlanib ko‘tarila boshlagan. Shundan
so‘ng u 
M
nuqta tomon rivojlanib, bum hosil etgan, 
M
nuqtaga kelib
cho‘qqisiga chiqqan, so‘ng u pasayishga moyil bo‘lib, fazalar bo‘ylab
harakatni yana davom ettiradi. Demak, siklli harakat yana takrorlanadi.
Mana shu yo‘sinda iqtisodiy o‘sish yuz beradi. Siklli o‘sish mavjudligini
2008–2009-yilgi jahon krizisi tasdiqladi. Bu eng uzoq davom etgan va
chuqur krizislardan bo‘ldi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish