O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

9.7. Iqtisodiy beqarorlik
Iqtisodiy o‘sishdagi tebranma harakat bozor iqtisodiyotining kam-
ko‘stsiz emasligidan, uning o‘ziga xos nuqsonlari ham borligidan darak
beradi. Real hayotda iqtisodiy o‘sish bilan birgalikda iqtisodiy beqarorlik
ham bo‘lib turadi. Beqarorlikning asosiy belgilari quyidagicha: 1. Ishlab
chiqarish hajmining pasayib ketishi yoki uning o‘smasdan bir joyda
depsinib turishi. 2. Òovarlar eksportining qisqarishi. 3. Qimmatli qog‘oz-
larning sotilishi qisqarib ketadi, ularga talab qisqarib, narxi tushadi.
4. Investitsiya sohasida faollikning mutlaqo so‘nishi va pasayib ketishi.
5. Yuqori darajadagi inflatsiya. 6. Haddan tashqari ishsizlik. 7. Aholi
turmush darajasining pasayib ketishi va boshqalar.
Beqarorlik natijasida korxonalar va tashkilotlar davlatga soliqlarni
o‘z vaqtida to‘lay olmaydilar. Ishsizlik natijasida aholining ancha
qismi daromad solig‘ini berolmay, oxir-oqibat davlat xarajatlarini
qoplashga pul yetishmay qoladi. Budjetda kamomad hosil bo‘ladi.
Beqarorlik bozor iqtisodi belgisi bo‘lar ekan, undan olib chiquvchi
kuchlar ham uning o‘zida joylashgan. Bular talab, taklif, narx-
navodagi o‘zgarishlar va raqobatdir. Òanglik talabning o‘zgarishi va
ishlab chiqarishning undan orqada qolishidir. Bu bozor signali sifatida
korxonalarga yetib keladi. Ular bozordagi yangi sharoitga sekin-asta
moslashadilar, chunki busiz foyda olib bo‘lmaydi. Natijada ishlab


9 4
chiqarish yangilanib, oyoqqa turib ketadi. Òanglikning uzun yoki
qisqa bo‘lishi, iqtisodiyotning shu holatdan barvaqt yoki kechroq
chiqib ketishi davlatning faolligiga ham bog‘liq. Iqtisodni o‘z holiga
tashlab qo‘yilsa, uning dardi cho‘zilib, sog‘ayishi kechikishi mumkin.
Bundan butun jamiyat aziyat chekadi. Shu sababli davlat iqtisodni
davolashda qatnashadi. Davlat firmalarga soliqlardan yengillik beradi,
eksportdagi cheklashlarni qisqartiradi, firmalarga yordam puli (sub-
sidiya) beradi, qarz haqi hisoblangan foiz pulini qisqartiradi, bu bilan
qarz ko‘tarish hisobidan investitsiyalarni rag‘batlantiradi. Qayerda
davlat faollik ko‘rsatsa, shu yerda tezdan beqarorlikdan iqtisodiy
o‘sish bosqichiga chiqib olinadi. O‘zbekistonda krizisga qarshi chora-
tadbirlar dasturining ishlab chiqilishi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi
2008–2009-yil krizisini chetlab o‘tish imkonini berdi. Shu sababli
dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida retsessiya yuz bergani holda
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishi davom etdi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish