Tanishing.
Mahorat Oqilovna -loyihalash metodi bo’yicha tajribali mutaxassis, ustoz.
Alisher- yosh o’qituvchi, shogird. Ularning suhbati bilan tarnishing.
Alisher: -Ustoz, men loyiha ishlanmasini tayyorlamoqchiman, lekin bunga ko’p vaqt ketishini o’ylab ikkilanyapman.
Mahorat Oqilovna: -To’g’ri. Loyiha jarayoni ko’p vaqtni talab qiladi. Men ilk ishlarimda ketadigan vaqt (muddat) va mundarijani qisqaroq oldim. Sen ham kichikroq loyihadan boshlashing mumkin. Men katta bo’lmagan matnga asoslangan kichik mavzu yuzasidan boshlashni taklif etaman.
Alisher:-Biror loyihani tayyorlashga kirishsam-da, bu borada, ya’ni Loyihalash metodi bo’yicha ko’p ma’lumotga egaman deb ayta olmayman.
Mahorat Oqilovna: -Loyiha tayyorlashni boshlaganimda men oddiy uslublardan, zarur bo’lganda hatto an’anaviy metodlardan ham foydalanganman. Muvaffaqiyatli loyihaning siri uning puxta rejasi va ishlanmasidadir.
Alisher:-Demak, loyiha ishi uchun qo’shimcha vaqt kerak ekan. Bunga men vaqt topa olaman deb o’ylamayman.
Mahorat Oqilovna: -Haqiqatan ham, avvalida loyihalar vaqt va puxta rejani talab qiladi, lekin ishning natijasida o’quvchilarda paydo bo’lgan kuchli motivatsiya senga guruh uchun vaqt topa olishga turtki, kuch beradi.
Alisher:-Bu juda yaxshi, lekin mening sinfimda bir nechta bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bor. Ularning bu ishni bajara olishlari qiyin kechadi.
Mahorat Oqilovna: -Men bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning katta qiziqish bilan ishlaganini sezganman. Loyihalar an’anaviy ta’limda o’quvchilarda sezilmagan mavjud qobiliyatlar, ularning tabiiy imkoniyatlarini kash etish imkonini beradi.
Alisher:-Rahmat, men ko’p narsani tushundim. Men buni eplayman deb o’ylayman
Topshiriq
Alisherning gumonlari va Mahorat Oqilovnaning taxmin javoblarini o’z o’rniga qo’ying.
|
Loyihalar murakkabligi va muddatiga ko’ra farqlanadi. Ular fanlararo bog’langan bo’lib, bir qancha ta’limstandartlari bo’yicha ko’nikmalarni talab qilishi hamda tashkilotchilik ko’nikmalarini rivojlantirishi mumkin. Kichik loyihalar chegaralangan standartlarni hamda fanlarni qamrab oladi.
|
|
O’qituvchilar ilk loyihalarining rejalashtirish bosqichida va birinchi darslariga ko’p vaqt sarflashi mumkin. Lekin tajribasi oshishi bilan loyiha ustida ko’proq o’quvchilar ishlashadi.
|
|
Loyiha, o’qitishning turli usullarini qo’llab, o’quvchilarda motiv hosil qilish imkonini beradi, ularning turli orttirilgan tajriba, qobiliyatlari talablari, ehtiyojlariga javob beradi.
|
|
Loyiha barcha o’quvchilar uchun foydali. Turli strategiya , metodlar barcha o’quvchilarga real vaziyatlarda ishlash, bilganlarini amaliyotda qo’llash imkonini beradi.
|
1.Loyihalar uzoq muddatli
2.Loyiha bilan ishlash jarayonida ta’limiy yondashuvni o’zgartirish kerak
3.Bo’sh o’zlashtiruvchilar loyiha ishini bajara olmaydi
4.Loyiha ustida ko’p ishlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |