Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Sodda gaplarning tarkibiy qismlari



Download 67,84 Kb.
bet13/15
Sana31.07.2021
Hajmi67,84 Kb.
#133413
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ishi

2.2. Sodda gaplarning tarkibiy qismlari

Sodda gaplar odatda so‘zlar birikmasidan yoki ayrim so‘zdan tashkil topadi. Gap bo‘lagi haqidagi mulohazalar esa bir necha so‘zdan tashkil topgan sodda gaplar ustida bo‘ladi. Chunki o‘shanday gaplardagina bo‘laklar to‘g‘risida va ularning sintaktik funksiyalari haqida fikr yuritilmog‘i mumkin. Birdan ortiq so‘zlardan tarkib topgan sodda gaplarning yig‘iq tipida predikativlik munosabati, yoyiq turida esa yana boshqa sintaktik munosabatlar ro‘yobga chiqadi. Gap bo‘laklari ana shunday tipdagi gaplarga oiddir.

Sodda gapning har bir bo‘lagining ma’lum ma’no va shakli bo‘ladi. Ular quyidagilar bilan xarakterlanadi:

1) o‘zaro sintaktik munosabatga kira oladigan so‘zlar yoki so‘z birikmalari orqali ifodalanadi;

2) shaxs, kesimlik, kelishik affikslari va ko‘makchi kabi vositalar bilan birga keloladi;

3) ma’lum tartib bilan joylashadi,

4) alohida intonasiyaga ega bo‘ladi.

So‘z yoki birikmaning gapda biror bo‘lak sifatida muayyan vazifani bajarayotgani uning sodda gap komponentlari sirasida qanday o‘rinda joylashishiga ham bog‘liq. Masalan: Odam qo‘y ko‘rdi. Qo‘y odam ko‘rdi. Birinchi gapda odam so‘zi - ega, qo‘y - to‘ldiruvchi; ikkinchi gapda qo‘y so‘zi— ega, odam — to‘ldiruvchi. Alohida shaklga ega bo‘lmagan har ikki so‘zning qaysi gap bo‘lagiga mansubligi ularning gap bo‘laklari sirasidagi o‘rinlariga bog‘liq bo‘lmoqda, har ikki gapda ham birinchi o‘rinda kelgan so‘z ega, ikkinchi o‘rindagisi to‘ldiruvchi bo‘lib kelmoqda.

Sodda gaplarda aniqlovchilar ham ana shunday o‘rniga ko‘ra belgilanadi: Aniqlovchi har vaqt aniqlanmishdan oldin keladi. Masalan, men katta uydan chiqdim gapidagi katta so‘zi o‘zi tobe bo‘lgan uydan so‘zining bevosita oldida kelib, uning aniqlovchisi bo‘lib kelmoqda. Kolxozimizda g‘ishtli imorat ko‘paydi. Asfalt yo’l juda ham yurishli. gaplaridagi g‘ishtli va asfalt so‘zlari ham tobelovchi bo‘lakdan bevosita oldin kelish bilan aniqlovchilik funksiyasini bajaradi. Demak, alohida shaklga ega bo‘lmagan so‘zlarning qanday bo‘lak vazifasida kelayotganlari ularning o‘rinlashishilariga bog’liq. Gap bo‘laklarini belgilashda intonatsiya va pauzaning ham roli katta: qizil olma — aniqlovchili birikma, qizil - olma esa ega va kesimdan tuzilgan tarkibdir.

Gap strukturasida biror bo‘lak bo‘lib kelish va belgili vazifani bajarish qismlarning umumiy sintaktik-semantik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu holat, hatto bir formadagi gap bo‘lagining turli vazifada kelishida ham ko‘rinadi. Masalan, Biz ko‘lda qayiqda suzdik gapida ko‘lda so‘zi hol, qayiqda bo‘lagi esa to‘ldiruvchidir.

Sodda gaplarning asosini bosh bo‘laklar tashkil etadi. Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iboratdir. Bu xil bo‘laklarning ma’nosini ochish, to‘ldirish, konkretlashtirish uchun ikkinchi darajali bo‘laklar (to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchi) qo‘llanadi.

Ikkinchi darajali bo‘laklar ega yoki kesimga bog‘lanadi. Ba’zan bu bo‘laklar o‘zaro bir-biriga bog‘lanadi, ba’zan esa butun gapga oid bo‘ladi. Masalan:— Ey azizim, ijodingdan hammaning ko‘ngli shod, dilida zavq.

Gap bo‘laklari orasida predikativ, ob’yektiv, relyativ va. mitributiv aloqalar mavjud. Predikativ aloqa ega va kesim orasidagi, obyektiv aloqa to‘ldiruvchi va u tobe bo‘lgan hokim so‘z orasidagi, relyativ aloqa hol va u tobe bo‘lgan bo‘lak orasidagi, atributiv aloqa esa aniqlovchi va aniqlanmish orasidagi sintaktik munosabatdir. Masalan: 1) paxta terildi. 2) paxta mashina bilan tez terildi. 3) haligacha uy- damisan? 4) kolxozdan ilg‘orlarning suratlari keltirildi.

Birinchi gapda predikativ aloqagina bo‘lib, u ega va kesimning bog‘lanishi orqali ro‘yobga chiqqan. Ikkinchi gapda esa, predikativ aloqadan tashqari, obyektiv va relyativ aloqalar ham ayrim so‘zlarning o‘z hokim so‘zlariga munosabatlari orqali ifodalangan. Demak, har ikki gap ham ikki tarkibli bo‘lib — ega va kesimdan tuzilgan; ikkinchi gapda bosh bo‘laklardan tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklar ham bor. Uchinchi gapda predikativlik bir so‘z orqali ro‘yobga chiqqan. Unda maxsus so‘z bilan ifodalangan ega yo‘q, ammo uni kontekstdan tiklash mumkin. Ammo to‘rtinchi gapda egani tiklash mumkin emas, bu gapda predikativlik umumiy gap mazmunidan, ifodalangan bo‘laklarning aloqasi va mazmunidan anglashilib turadi.

Demak, har to‘rt gapda ham predikativlik ifodasi mavjud . Gap, nechta so‘zdan tuzilishidan qat’iy nazar, predikativlik ifodasiga bog‘liqdir, usiz gap ham yo‘q. Demak, predikativlikni ifoda qilgan bo‘lak yoki bo‘laklar gap tuzilishining asosi, unda bosh rolni o‘ynovchi grammatik kategoriyadir.

Yuqorida keltirilgan ikkinchi va to‘rtinchi gapda obyektiv, relyativ, atributiv aloqalar ham ifodalaiadi. Bular predikativlikni ifoda etgan bo‘laklar yoki bo‘laksiz, o‘zlaricha, gap tashkil qilolmaydi. Bular gap tuzilishidagi rollari va ahamiyatlari jihatdan ikkinchi darajadagi qismlar, ya’ni ikkinchi darajali bo‘laklardir.

Sodda gaplar har vaqt bir so‘z bilan ifodalangan bo‘laklardan iborat bo‘lavermaydi. Erkin va turg‘un birikmalar ham biri butun holda gapning bir bo‘lagini ifodalashi mumkin. Bu bosh bo‘laklarga ham, ikkinchi darajali bo‘laklarga, ham tegishlidir.

Masalan: Aqlli yigit bo‘lgani uchun, shu vaqtgacha og‘iz ochmagan (H.)

Gap bo‘laklari ayrim so‘z turkumlari (masalan, ot, sifat, son, fe’l va boshqalardan) yoki so‘z turkumlarining turli gruppasiga yuxud so‘zlar birikmasi bilan ifodalanadi!

Bosh bo‘laklar

Nutqimizda sodda gaplar ikki tarkibli yoki bir tarkiblii bo‘ladi. Ikki tarkibli gaplarda predikativ aloqa bosh bo‘laklarning o‘zaro munosabati bilan ro‘yobga chiqsa, bir tarkibli gap predikasiyasi bir bosh bo‘lak asosida ifodalanadi.

Demak, gap shakllanishining asosi — bosh omili hisobangan predikativ yadro bir yoki ikki bo‘lak orqali ifodalanadi. Ularning har biri ham gapni hosil qilishda, o‘z atrofida boshqa bo‘laklarni uyushtirishda bosh vosita sifatida xizmat qiladi.

Shuning uchun tilimizdagi gaplarning mavjud strukturalarini nazarda tutib, ularning shakllanishidagi asosiy bo‘laklarni, ya’ni predikativ yadrolar ifodasini, bosh bo‘laklar va bir tarkibli gaplarda bosh bo‘lak tarzida qarash ma’qul bo‘ladi.

Bosh bo‘laklar ikkiga: ega va kesimga ajraladi. Ikki tarkibli gaplarda har ikkala bosh bo‘lak bo‘lib, bir tarkibli gaplarda esa ularning biri ifodalanib, ikkinchi darajali bo‘laklarni o‘ziga ergashtirib keladi.



Ega

Gap nisbiy tugallangan fikr ifodasidir. Sodda gap qurilishining asosiy bo‘lgan bosh bo‘laklar (ega va kesim) ana shunday nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi. Ikki tarkibli gaplardagi fikr ifodasini bosh bo‘laklarning bittasigagina yuklab bo‘lmaydi.

Ega gap strukturasida o‘ziga xos grammatik shakllanishi va ma’no funksiyasi bilan xarakterlanadi. Eganing asosiy ifoda materiali predmet (keng ma’noda) anglatuvchi bosh kelishikdagi so‘zdir. Shuningdek u so‘zlar birikmasi orqali ham ko‘rinadi. Ega o‘zining shu xususiyatlari bilan gapday boshqa bo‘laklardan ajralib turadi.

Ega ikki tarkibli gapning bosh bo‘laklaridan biridir.

Ma’lumki, gap biror predmet yoki hodisa haqida nimadir aytish maqsadida shakllantiriladi. Demak, sodda gap tuzilishi uchun asos bo‘ladigan biror tushuncha kerak. Sodda gapda butun bo’laklar ana shu asosiy tushunchani ifodalash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki biror vosita orqali predmet tasavvuridagi so‘zga yoki birikmaga bog‘lanadi. Shuning uchun ham u bosh bo‘lak tarzida o’qiladi. Bu xususiyat uning shaklida ham ko‘rinadi. Bunday hokim tushuncha bosh kelishik shaklida bo‘ladi. Bu holatlar shuni ko‘rsatdiki, gapda fikr ifodalanishiga asos bo‘lgan bosh kelishikdagi hokim bo‘lak ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ega kesimda ifodalangan bo‘lishli yo bo‘lishsiz ish-harakat, holat, belgining o‘ziga oidligini — o‘zi haqida aytilganini bildirib turgan bo‘lakdir. Shuningdek, eganing kimligi, nimaligi, qancha ekani, o‘rni, mavjudligi, mavjud emasligi kesimda ham ko‘rinadi. Ega kesimda ifodalangan aktiv va passiv belgilar o‘ziga aloqador ekanini bildiradigan bo‘lakdir. U predikativ aloqaning hokim qismidir.

Shuini ta’kidlash o’rinliki, kesimning shakllanishi eganing semantik-grammatik holatiga bog‘liq.

Eganing sintaktik jihatdan, asosan, ikki xususiyati bor.

1) U bosh bo‘lak bo‘lib, hech qanday boshqa bo‘lakni izohlamaydi, ya’ni biror bo‘lakka tobe bo‘lmaydi, boshqa bo‘laklarni o‘ziga tobe etib keladi.

2) bosh kelishikda kelgan ot, ot-olmosh va otlashgan so‘zlar, hatto, undovlar bilan, shuningdek, yetakchi bo‘lagi bosh kelishikda bo‘lgan birikma orqali ifodalanishidir. Ega bosh kelishik formasida kelishi bilan ko‘plik, egalik affiksini yoxud har ikki affiksni birdan olishi ham mumkin. Misol: Rashid kichkina, osoyishta rus shaharchasida davolandi. (O.)

Ega ba’zan -dan formasini olib kelgan ot bilan ifodalanishi ham mumkin. Bunda ega, to‘dadan qismi, butundan bo‘lakni ifodalaydi: Masalan: (U.) Bog‘chaning hech bir karichi bo‘sh qolmagan, unda har turli ko‘katlardan bor edi. (A. Q.) Magazinga ajoyib uzumlardan keldi.

Eganing tuzilishi

Ega bir so‘z yoki so‘zlar birikmasidan tashkil topishi mumkin. Masalan: Bektemir har vaqt turli qurollarga zehn solardi. (O.) Qiyom chog‘i bo‘lishiga qaramay, uyni shom oldi qorong‘isi bosgandek. Demak, tuzilishiga ko‘ra, ega sodda va birikma egaga bo‘linadi. Ega uch shaxsning har biriga oid gaplarda ham yo sodda, yo birikma holida (ko‘proq uchinchi shaxsda) uchrashi mumkin.


Sodda ega

Bir so‘z bilan ifodalangan ega sodda ega hisoblanadi. U so‘z tarkibi jihatdan tub, yasama yoki qo‘shma so‘z shaklida bo‘lishi mumkin. Ega birlikda ham, ko‘plikda ham, egalik affikslari bilan ham, yoxud har ikki affiks bilan ham kela oladi. ,

Sodda eganing ifoda materiali otdan yoki ular o‘rnida qo‘llangan olmoshlardan bo‘ladi. Shuningdek, harakat nomi, otlashgan olmosh, sifat, son boshqa so‘z turkumlari ham sodda eganing ifoda materiali bo‘la oladi.

Eganing ot bilan ifodalanishi uchinchi shaxsga oid konstruksiyali gaplarda yuz beradi. U bosh kelishikda kelgan atoqli va turdosh otlarning har qanday turlari orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Mehnatni men qilaman-u, rohatini Qalandarov ko‘radimi?

Ega harakat nomi orqali ifodalanishi mumkin. Harakat nomlaridan -moq affiksi formasi -lar bilan turlanmasdan, -sh (ish), -v (u v) affikslilari esa ba’zan -lar bilan turlanib, ba’zan turlanmay ega vazifasini bajaradi. Misollar: Nogohon Yo‘lchining chekkasidagi ko‘kimtir shishni ko‘rib, ko‘zlariga qo‘rquv to‘ldi. (O.) Tortishuv qizib ketdi. (A. Qh.) —Qo‘limni qo‘y, baqirish shungami! (O.)

Olmoshlar bilan ifodalangan egalar boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalangan egalardan ba’zi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ot bilan ifodalangan egalar faqat predmet tasavvurini anglatsa, olmoshlarning juda ko‘pi orqali ifodalangan egalar, leksik mohiyatlari asosida, birlik yoki ko‘plikdagi predmet tasavvuridan tashqari,, qo‘shimcha ma’nolarni ham bildiradi. Shaxs, birlik, ko‘plik, so‘roq, belgilash, bo‘lishsizlik kabi ma’nolar ana shunday qo‘shimcha ma’nolar sanaladi. Otdan yo otlashgan so‘zlarda ifodalangan egalar uchinchi shaxs konstruksiyali gaplarda qo‘llangani holda, olmoshlar uchala shaxsga oid gaplarda ega bo‘lib kela oladi: ularning ba’zilari birinchi, ba’zilari ikkinchi, ayrimlari uchinchi shaxs, boshqalari uchala shaxsdagi konstruksiyali gaplarning egasi sifatida qo‘llanadi. Shuningdek, olmoshlar ega funksiyasida qo‘llanganda, egalik va ko‘plik affikslarini olish-olmasligiga qarab ham ot va otlashgan egalardan farqlanadi. Birinchi shaxsga oid men, biz (ba’zan bizlar) olmoshlari ega bo‘lib kelganda, bosh kelishikda kelib, egalik affiksi bilan turlanmaydi. Men har vaqt birlik formasida keladi, biz ba’zan



-lar affiksini oladi. Shuningdek, bu tipdagi gaplarda egalik affiksining birinchi shaxs ko‘plik formasida kelgan bosh kelishikdagi o‘zimiz (o‘zim ham), hammamiz, barchamiz, barimiz, ba’zimiz (onda-sonda ba’zilarimiz), har birimiz, har qaysimiz singari olmoshlar ham ega vazifasida qo‘llaniladi. Bu xil olmoshlarning birinchi shaxs konstruksiyali gaplarda ega sifatida kelishlari ularning ma’nolariga va gap tuzilishidan kuzatilgan maqsadga bog‘liqdir.

Agar gapda egani qandaydir ma’noda ta’kidlash lozim bo‘lsa, men, biz (ba’zan bizlar) olmoshlari ega tarzida alohida ifodalanadi. Bunday zaruriyat bo‘lmasa, ular ega sifatida alohida bayon etilmaydi. Egaga e’tibor berilmaganda, kesimdan eganing birinchi shaxsda ekani anglashiladigai bo‘lsa, uni (egani) ayrim so‘z bilan aytishga hojat qolmaydi; agar kesimdan ega birinchi shaxs olmoshlari ekanligi anglashilmasa, ularning ega sifatida maxsus aytilishi shart bo‘lib qoladi. Masalan: Men yaxshi, sen yaxshi kabi. Egalik affiksini olgan belgilash yoki o‘zlik olmoshlari birinchi shaxsga oid konstruksiyali gaplarda ega vazifasida kelganda, ular ta’kidlash ma’nosida qo‘llanadi. Misol: Men opamdan juda minnatdorman.(M. G.)

Uchinchi shaxs kishilik olmoshi u va uning ko‘pligi -ular ushnchi shaxs konstruksiyali gaplarda ega vazifasida keladi. )>u vazifada egalik affiksini olmaidi. Misollar: U har xil og‘ir yumushlar qilib ko‘rgan bo‘lsa ham, to‘nka kovlama- 1in edi. (O.) Ular daraxt ostidagi salqinda o‘tirishdi. (O.)

Birikma ega

Gap har vaqt bir so‘z bilan bayon etilgan predmetlar to‘g‘risida biror narsa aytishdan iborat bo‘lavermaydi. Gapda o‘shanday predmet yoki belgi o‘zining qandaydir xususiyati va boshqa biror aniqlanadigan tomoni bilan birga o’qilishi va aytilishi ham mumkin. Hatto ega va kesim tarzida o‘zaro bog‘langan tarkib ham bir butun holda ega sifatida ishlatiladi. Ana shular natijasida kesim aniqlovchi va aniqlanmish, ba’zan ega va kesim tarzidagi yoki boshqa xil tarkibdan tug‘ilgan murakkab —konkretlashtirilgan tushuncha haqida aytilgan bo‘ladi. Demak, ega so‘zlar birikuvi orqali ifodalanadi. Bizga aqli o‘tkiri kelsin. Odil ko‘rgan odam (mana) shumi? Odilni ko‘rgan odam keldi. Sendan kitob olish menga yoqadi.

Bu misollarda yoyiq egalardan hokim so‘zni ajratib olib, kesim o‘sha hokim so‘z haqidagina aytilgan deyilsa, shu gapni aytishda ko‘zda tutilgan maqsadga, shu gap strukturasidagi ma’no munosabatiga to‘g‘ri kelmay qoladi. Chunki bu misollarda kesim umuman va faqat o‘tkiri, odam va olish haqida aytilmayotir, balki aqli o‘tkirining kelishi, Odilni ko‘rgan odam shumi ekani yoki kelgani, sendan kitob olish menga yoqqani to‘g‘risida gap borayotir. Ko‘rinadiki, bu gaplardagi aniqlanmishlar o‘z aniqlovchilaridan ajralgan holda kesim tomonidan izohlanayotgani yo‘q. Shubhasizki, ular bir butun holda izohlanmoqda. Shu bilan birga bunday butunlik tarkibidagi qismlar o‘zaro grammatik aloqaga kirishadi, uning kesim bilan semantik-grammatik munosabati — moslanishi shu birikmadagi bosh kelishikda kelgan so‘nggi hokim so‘z orqali yuzaga keladi. Binobarin, qayd etilgan tarkiblar bir butun holdagina egadir.

Birikmaning butunicha ega bo‘lishi frazeologik tarkiblarda ham uchraydi. Masalan, Ko‘p og‘iz bir bo‘lsa, bir o g‘ iz yengilar. (Maqol)

Demak, bir necha so‘zlarning o‘zaro birikuvi bilan ifodalangan egalar birikma ega bo‘ladi.



Kesim

Ma’lumki, predikativlik hodisasi sodda gaplarning muhim va asosiy xususiyatini tashkil qiladi. U gapda har qaysisi bir so‘zdan yoki bir necha so‘zdan iborat ikki bo‘lakning o‘zaro ■semaytik va grammatik munosabati tufayli (ikki tarkibli gaplarda) yuzaga keladi. Shuningdek, sodda gap bir so‘z orqali ham ma’lum intonatsiya yordamida ifodalanishi mumkin. Bir tarkibli gapda predikativlik struktura jihatdan ko‘pincha kesim orqali ro‘yobga chiqadi. Demak, kesim egasi maxsus so‘z orqali ifodalanmagan gapda ham mavjud bo‘ladi.

Sodda gaplarda predikativlikni anglatish har vaqt egani izohlashga asoslana bermaydi. Ifodaning nisbiy tugalligini yuzaga keltirishda kesim asosiy rol o‘ynaydi. U ifodaning sodda gap tarzida shakllanishidati asosiy omillarning biri va eng ahamiyatlisidir.

Kesim so‘z yoki so‘zlar birikuvi bilan ifodalanadi. Bunday kesimli gaplar ikki xil konstruksiyada bo‘ladi.

Birinchi xil konstruksiya ikki tarkibli gap bo‘lib, ularda kesim ma’lum ega to‘g‘risidagi hukmni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, kesim egaga oid ish-harakatning bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanini ifodalaydi yoxud uning holati sifati, kim yo nimaligi, miqdori, o‘rni, yo‘nalgan tomoni, mavjudligi yo mavjud emasligi singari jihatlarni bayon etadi, yoxud u haqdagi so‘roqni bildiradi. Demak, ikki tarkibli gaplardagi ega kesimni izohlab, unga tobe bo‘lib, uning xarakteriga mos shakllarda kelib, gapdagi bosh bo‘laklarning biri tarzida ko‘rinadi.

Ikkinchi xil konstruksiya esa bir tarkibli gap bo‘lib,. uning bosh bo‘lagi hisoblangan kesim yolg‘iz ifodalanib, egaga bog‘lanmaydi, chunki eganing o‘zi ifodalanmaydi. Bunday gaplarda kesimdan anglashilgan bo‘lishli yo bo‘lishsiz ish- harakat, holat yoki biror belgi maxsus bir predmetga — egaga bog‘liq bo‘lmaydi. Shaxsi noma’lum, shaxsi umumlashgan gaplarda esa kesim ma’lum biror konkret shaxs bilan bog‘lanmaydi.

Kesimning nutqdagi funksiyasi gapni shakllantirishdangina iborat emas. U gapdagi sintaktik va semantik xususiyatlar asosida, bir yoki bir necha gap bo‘laklarini o‘ziga ergashtirib, fikrni to‘la ifodalash imkoniyatini ham tug‘diradi.


Download 67,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish