1.So`roq va taajjub yuklamalari – mi, -chi, -a(ya), nahotki: sen-chi, bordingmi?, shunga-ya.
2. Kuchaytiruv, ta’kid yuklamalari – hatto, -ku, ham, -u(yu), -da, -oq, -yoq: Sen ham bor, kitob ham oldim, bordi-yu ko`rdi, kelibsan-u, ko`ribsan-da, bugunoq, ertagayoq.
3.Ayiruv, chegaralov yuklamalari – gina (kina, qina), faqat, faqatgina, xolos. Bolalardan bittasigina keldi, faqat o`qishdi, shu xolos.
Ba’zan yolg`iz so`zni ham ayiruv-chegaralov yuklamasi vazıfasıda keladi (faqatga sinonim): Qizlardan yolg`iz(faqat)Ra’no keldi.
4.O`xshatish, qiyoslash yuklamalari – go`yo, go`yoki, xuddi, naq: Naq bo`riday, xuddi o`ziday.
5.Gumon yuklamasi – dir:Borgandir, bugun dars bo`lgandir.Bu yuklama –dir kesimlik qo`shimchasi bilan shakldosh (omonim) sanaladi: Suv hayot – manbayidir 6.Inkor yuklamalari – hech, sira.Hech o`qimaydi, sira aytmaydi, hech ko`rmayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |