Олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги



Download 1,27 Mb.
bet81/187
Sana22.08.2021
Hajmi1,27 Mb.
#153056
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   187
Bog'liq
ona tili

ALOHIDA GURUH SO`ZLARI

Bularga undov, taqlid, modal so`zlari kiradi.

Undov so`zlari – his –hayajon, buyruq – xitobni ifodalovchi so`zlardir. Yozuvda undov so`z vergul bilan ajratiladi: Oh-oh qanday shirin. Boy, qo`rqib ketayapman. Undovlar 2 xil bo`ladi:

1.His-hayajon undovlari

2.Buyruq-xitob undovlari

His-hayajon undovlari-kishining turli emotsional holatlarini, his-hayajonni (rohatlanish, hayratlanish, g`azab, nafrat, og`riq, erkalash) ifodalaydi: Oh, voy e, eh, uf, dod, obbo, o`-o`, ie, o`h-ho`, voy-voy.

Buyruq-xitob undovlari – hayvon, jonivorlarni haydash, chaqirish, to`xtatish uchun qo`llanadigan yoki kishilarning diqqatini tortish uchun qo`llanadigan so`zlardir: hoy, ey, allo, chuh, beh, qurey-qurey, tu-tu. Bulardan tashqari, rahmat, qulluq, varakalla, hormang, yashang his-hayajon undovlari hisoblanadi.

Taqlid so`zlar- narsalarning tovushi yoki ko`rinish holatiga, taqlidni ifodalovchi so`zlardir: taq-taq, gurs-gurs, qars-qurs, dik-dik, duk-duk.

Taqlid so`zlari 2 xil:

-Tovushga taqlid so`zlar

-Holatga taqlid so`zlar

Tovushga taqlid so`zlar – eshitish orqali taqlidni bildiruvchi so`zlardir: taq, gurs, duk, dik, pish-pish, chap-chup, gars-gurs, shivir-shivir, pichir, hur-hur.

Shu bilan birgalikda hayvonlarning ovoziga taqlid so`zlar ham uchraydi: mo`, be, va, vov-vov, chug`ur-chug`ur, g`aq-g`aq.

Holatga taqlid so`zlar – narsalarning harakatiga ko`rib taqlid qilish orqali hosil bo`ladi. Lip, milt-milt, yarq, jimir-jimir, g`ij-g`ij, yal-yal.

Modal so`zlar ifodalanayotgan fikrga so`zlovchining turli munosabatlarini (ishonch, gumon, achinish)ni bildiruvchi so`zlardir. Modal so`zlar gapda vergul bilan ajratiladi. Gapda asosan kirish so`z vazifasida keladi. Quyidagi ma’nolarni ifodalaydi.


  1. Ishonch - albatta, shaksiz, shubhasiz, tabiiy. Albatta biz maqsadimizga erishamiz

  2. Gumon ma’nosi – etimol, chamasi, aftidan, balki, shekilli.

  3. Tasdiq ma’nosi – darhaqiqat, haqiqatan.

  4. Fikr xulosalash (fikrning oldingi fikr bilan bog`liqligi) xullas, demak, umuman.

  5. Fikrning tartibi – avvalo, avvalambor.

  6. Fikrning dalillanishi – masalan, jumladan.

  7. Achinish- attang, afsus.

  8. Quvonch ma’nosini – xayriyat, baxtimga.

Xullas, mustaqil so`zlar lug`aviy ma’no anglatadi. Xayriyat sizni ko`rdim. Ehtimol, uchrasharmiz.Bugun yomg`ir yog`ar. Aftidan u yolg`on gapirdi.

Modal so`zlarni sof va vazifadosh turlari farqlanadi. Shekilli, masalan, attang, xayriyat, ehtimol – sof modal so`zlardir. Vazifadosh modal so`zlar mustaqil so`zlardan o`sib chiqgan bo`lib, ularni o`z ma’nosida qo`llangan mustaqil so`zlardan farqlash lozim: Tabiiy mahsulotlardan foydalanamiz. Qariligini aftidan bilish qiyin. - Aftidan, bugun yomg`ir yog`adi. Tabiiy, bu voqeadan shubhalandim. Yuqoridagi ikkita misolda tabiiy, aftidan so`zlari mustaqil so`z sanalsa, qolgan ikkita misolda ular vazifadosh modal so`zlardir. Mavjudlikni bildiruvchi modal so`zlar gapda vergul bilan ajratilmaydi, kirish so`z vazifasida ham keladi. Ular ma’lum gap bo`lagi vazifasida kela oladi yoki kesim tarkibida qo`llanadi: bor, yo`q, kerak, lozim, shart. Menda qalam bor. Karim o`qishi kerak. Oramizda qoloqlar yo`q.




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish