Олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги



Download 1,27 Mb.
bet78/187
Sana22.08.2021
Hajmi1,27 Mb.
#153056
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   187
Bog'liq
ona tili

O`rin ravishlari: harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o`rnini bildirgan va qayer? so`rog`iga javob bo`luvhi ravishlar o`rin ravishlari sanaladi: ichkari, tashqari, olg`a, u yerda, bu yerda, uzoqdan, naridan, beridan, yaqindan, pastdan, yuqoridan.

Miqdor daraja ravishi: harakat-holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildiradigan bildirgan va qancha? so`rog`iga javob bo`luvhi ravishlar holat ravishlari sanaladi: ko`p, kam, oz, oz-moz, sal, picha, hiyol, hiyla, anchaqittay, uzoq, sira.

Maqsad-sabab ravishi: harakat–holatning yuzaga kelish sabab va maqsadini bildirgan ravishlar maqsad-sabab ravishlari sanaladi va ularga: atayin, jo`rttagi, qastdan, noilojlikdan kabi ravishlari kiradi.

YORDAMCHI SO`ZLAR

Atash ma’nosiga ega bo`lmagan, ma’lum so`roqqa javob bo`lmaydigan gap bo`lagi vazifasida kelmaydigan so`zlardir. Yordamchi so`zlar mustaqil so`zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog`lash, ularning ma’nolariga qo`shimcha ma’no yuklash vazifalarini bajaradi. Ularga ko`makchi, bog`lovchi va yuklama kiradi.



KO`MAKCHI

Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so`zga bog`lash uchun hizmat qiluvchi so`zlar ko`makchi sanaladi. Ko`makchilar xuddi kelishiklar kabi tobe so`zni hokim so`zga bog`lashga xizmat qiladi, o`zidan oldingi so`z bilan bitta so`roqqa javob bo`ladi: siz bilan xamsuhbat bo`lmasdan avval boshqacha xayolda edim.

Ko`makchilar o`zgarmaydi, turlanmaydi yoki yasalmaydi, ma’noli qismlarga ajralmaydi, vosita sabab, maqsad, yo`nalish, qiyos kabi ma’nolarni hosil qiladi.

Ko`makchilar qaysi turkumdan o`sib chiqishiga ko`ra sof ko`makchi va vazifadosh ko`makchilarga ajraladi. Sof ko`makchilarga uchun, kabi, sarin, sayin, qadar, uzra, singari, tufayli, haqida kabi ko`makchilar kiradi. Atash ma’nosini tamoman yo`qotib faqat o`zi birikkan so`zni boshqa so`zga tobelantirib bog`lash uchun hizmat qiladigan ko`makchilar sof ko`makchilar deyiladi: Temur tig`i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. Qishloq uzra qorong`ilik cho`kkan.

Sof ko`makchilar urg`u olmaydi, urg`u ko`makchi bilan birga kelgan mustaqil so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi. Shuning uchun ko`makchi ohang tomonidan o`zidan oldingi so`z bilan bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko`makchi doimo ajratib yoziladi: Buyuk kishilar doim insoniyat uchun qayg`uradi. Bu hol kun sayin takrorlanib turardi.

Ba’zan bilan, uchun, ko`makchilari badiiy uslubda –la, -chun shaklida qo`llaniladi, chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Qalam-la men to`qiyman qo`shiq. Tinchgina yashash-chun tug`ilmaganman.

vazifadosh ko`makchilar ot, ravish yoki fe’ldan o`sib chiqqan so`zlardir. Ularga ost, yon, ust, old, orqa, ro`para, oldin, avval, keyin, so`zng tomosh, qosh, bo`ylab, qaraganda, yarasha, ko`ra, deya, deb, atab, tortib kabi so`zlar kiradi. Bunday so`zlar ko`makchi vazifasida kelganda atash ma’nosini yo`qotadi ma’lum so`roqqa javob bo`lmaydi. O`zi qo`shilgan so`z bilan birgalikda bir so`roqqa javob bo`ladi va bitta gap bo`lagi vazifasida keladi: Go`ro`g`lining G`irko`k degan oti bor. Bir haftadan keyin ishga tushib ketdi. Dehqonlar to`dasi qishloqqa qarab yugurdi. Anvarotin yostiq ostiga qo`l yugurtirdi.

Ko`makchilar yetakchi so`zga bog`lanib unga turli qo`shimcha ma’nolar yuklaydi:



  • sababli, tufayli, uchun ko`makchilari maqsad ma’nosini: Qalamni Salima uchun oldim.

  • tomon, qarab, sari, bo`ylab ko`makchilari yo`nalish ma’nosini;

  • haqida, to`g`risida fikr mavzusi ma’nosini;

  • kabi, singari ko`makchilari o`xshatish ma’nosini qadar ko`makchisi o`xshatish ma’nosini bildiradi.

Ko`makchilar uch xil kelishik shaklidagi so`zlarni boshqarib keladi: 1) bosh va qaratqich kelishigidan keyin qo`llaniladigan ko`makchilar; 2) jo`nalish kelishigidan keyin qo`llaniladigan ko`makchilar; 3) chiqish kelishigidan keyin qo`llaniladigan ko`makchilar.

Bosh va qaratqich kelishigidan keyin qo`llaniladigan ko`makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, yanglig`, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog`li, osha, bo`ylab, bo`yicha, uzra, ichra, degan, bo`yi, chamasi, haqida, to`g`risida, holda ko`makchilari kiradi: Uyi doim do`stlar bilan gavjum. Buvasi eshitsin uchun qattiq yig`ladi. Bu hol kun sayin takrorlanadi. Ko`l osha uzoqlarga tikildi. Qish bo`yi qiynalishdi.



Jo`nalish kelishigidagi so`zlardan keyin qo`llaniladigan ko`makchilar: tomon, qadar, ko`ra, qarab, qaraganda, qaramay, qaramasdan, yarasha,doir, binoan, muvofiq, qarata: kechga tomon mirzolar tarqalishdi. Iltimosiga ko`ra bo`shatishdi. Odatiga qarshi kech qaytdi. Ishlaganiga qarab haq oladi. Eski bo`lishiga qaramay yaxshi ishlaydi. Tarbiyaga doir gaplarni yozib qo`ydi. Ko`pchilikka qarata gapirdi.

Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llagiladigan ko`makchilar: so`ng, keyin, boshqa, tashqari, bo`lak, o`zga, beri, buyon, burun, ilgari, boshlab, tortib: Bir oylab kechiqqandan so`ng Otabek qaytib keldi. Diniy ilmlardan tashqari dunyoviy ilmlarni ham biladi. Ko`p yillardan beri shu yerda ishlaydi. To`ydan ilgari Marg`ilonga borishdi. Eng katta shaharlardan tortib kichik qishloqlargacha aylanib chiqdi.

vazifadosh ko`makchilar bir o`rinda mustaqil so`z, bir o`rinda ko`makchi bo`lib kelishi mumkin shunga ko`ra ular quyidagicha ifodalanadi:

Kitobga qarab o`qidi (qay holda?)ravish. Ishiga qarab haq oladi (qanday?) ko`makchi.

Eski bo`lishiga qaramay yaxshi ishlaydi. Menga qaramay o`tib ketdi.

Do`konda qalamdan tortib hamma narsa bor. Karim Rustamni qo`lidan tortib turg`azdi.

BOG`LOBCHI

Gapning uyushiq bo`laklari va qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o`zaro bog`lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so`zlarga bog`lovchilar deyiladi: Olma, o`rik va gilos gulladi. U keldi lekin indamadi. Havo bulut, lekin yomg`ir yog`madi

Ma’no va vazifalariga ko`ra bog`lovchilar 2 xil bo`ladi:

1.Teng bog`lovchilar

2.Ergashtiruvchi bog`lovchilar


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish