Ismlarni kesimga xoslovchi shakllar. Kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi. Ism orqali ifodalangan kesimlar shaxs sonni bildiruvchi -man,- san,- dir qo`shimchalari,
emas, ekan, emish, bo`lmoq, sanalmoq, hisoblamoq bog`lamalari vositasida ega bilan moslashadi. Demak, -man, -san, -dir qo`shimchalari , emas, ekan, emish, bo`lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq bog`lamalari ismlarni kesimga xoslovchi shakllardir. Masalan: Men o`qituvchiman. Siz ulug` odam bo`lasiz. Men Brach bo`laman. Siz dushmansiz. U boy edi.
Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida darkor, kerak, lozim, shart. so`zlari bo`lganda kesimni ega bilan moslashtiruvchi qo`shimchalar harakat nomiga qo`shiladi: Men borishim kerak.Bolalar tez qaytishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |