Jo`nalish kelishigi kimga? nimaga? qayerga? so`roqlariga javob bo`lib, gapda quyidagi vazifalarda qo`llaniladi:
shaxs va narsa otlariga qo`shilib, kimga? nimaga? so`roqlariga javob bo`ladi, gapda vositali to`ldiruvchi bo`lib keladi: Yurakka buyurib bo`lmaydi. Do`stimga xat yozdim.
o`rin-joy otlariga qo`shilib, qayerga? so`rog`iga javob bo`lib keladi, gapda o`rin holi vazifasida keladi: Qishloqqa qaytdi.
payt otlariga qo`shilib. qachon? so`rog`iga javob bo`lib, payt holi vazifasida keladi. Ertaga qayting. Tongga yaqin boramiz.
Jo`nalish kelishigidaga so`zdan keyin sifat va fe’llar qo`llaniladi: yurishga qulay, doskaga yozmoq, ovqatga pazanda.
Do'stlaringiz bilan baham: |