SIFAT SO`Z TURKUMI
Otga bog`lanib uning belgisini bildiradigan va qanday? qanaqa? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlarga sifat deyiladi. Masalan: go`zal, baland, xushbo`y, kemtik. Sifat gapda asosan sifatlovchi-aniqlovchi, kesim vazifasida keladi: Yonbag`irlar ko`m-ko`k. baqqol amaki pakana, yuzi katta iyagi kalta odam. U juda sergap.
Sifatlar tuzilishiga ko`ra: sodda sifatlar, qo`shma sifatlar, juft sifatlar, takroriy sifatlarga bo`linadi.
Sodda sifatlar tarkibiga ko`ra tub va yasama bo`ladi. Tarkibiy qismlarga bo`linmaydigan sifatlar tub sifatlar sanaladi. (Shakl yasalish qismi bundan mustasno). Masalan: qari, qoramtir, eskiroq, sariq.
Asos va yasovchi qismga bo`linadigan sifatlar esa yasama sifatlar deyiladi. Yasama sifatlar asosga qo`shimcha qo`shish yoki so`z qo`shish orqali hosil bo`ladi: guldor, sezgir, turkiy, xushsurat, kechki, sofdil, toshbag`ir.
Do'stlaringiz bilan baham: |