Sonlarning ma’no turlari. Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga ko`ra sonlar ikki guruhga: miqdor sonlar va tartib sonlarga bo`linadi.
Tartib sonlar narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlardir, ular - (inchi) qo`shimchasi bilan yasaladi: yigirmanchi yanvar, o`ninchi uy, beshinchi eshik. Tartib sonlar miqdor ifodalamaydi, narsalarning joylashish tartibini bildiradi. O`lchov ma’noli –inchi qo`shimchasi yordamida yasalgan sonlar tartib son sanalmaydi: Xonada yuzinchi chiroq yonib turibdi. Oyog`imga o`ttiz sakkizinchi , enimga qirq sakkizinchi kiyaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |