Олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги



Download 1,27 Mb.
bet32/187
Sana22.08.2021
Hajmi1,27 Mb.
#153056
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   187
Bog'liq
ona tili

SO`ZLARNING TURLARI. So`zlar tuzilishiga ko`ra: 1/ sodda so`zlar; 2.qo`shma so`zlar; 3.juft so`zlar; 4.takroriy so`zlarga bo`linadi.

Sodda so`zlar – bir asosdan iborat bo`lgan so`zlardir: kitobxon,baland, mevazor, qoramtir kabi. Sodda so`zlar o`z navbatida ikkiga bo`linadi: sodda tub so`zlar va sodda yasama so`zlar.

Sodda tub so`zlar – Tarkibi asos va yasovchi qo`shimchalarga bo`linmaydigan so`zlardir. Boshqacha aytganda, tarkibida so`z yasovchi qo`shimcha bo`lmagan so`zlar tub so`zlar deyiladi: bola, uycha, yaxshiroq, borgan. Bunday so`zlar tarkibida shakl yasovchi qo`shimcha qatnashishi yoki so`z faqat asosdan iborat bo`lishi mumkin.

Sodda yasama so`zlar. Asosga so`z yasovchi qo`shimchalar qo`shilishi orqali hosil qilingan yangi asos sodda yasama so`zlar deyiladi. Masalan: o`rikzor, sersavlat, zargarlik, qahramonona. Demak, bunday so`zlar tarkibida so`z yasovchi qo`shimcha ishtirok etgan so`zlardir.

So`zning shakl yasovchi qo`shimchalarsiz qismi asos sanaladi: baliqchilar, ishchanlik, to`plandi.

Bir umumiy asosga ega bo`lgan so`zlar asosdosh so`zlar deyiladi: tinch, tinim, betinim, tiniq.

Qo`shma so`zlar- bir necha asoslarning birikuvidan hosil bolgan, ya’ni sintaktik usul bilan yasalgan so`zlardir: tomorqa, bedapoya, Yangiyo`l, yolg`izoyoq, sohibjamol, ozmuncha, devsifat. Qo`shma so`zlarning tarkibi turli so`z turkumlaridan bo`lishi mumkin: ko`ksulton(sifat va ot), qorbo`ron (ot va ot), shirinso`z (sifat va ot) kabi. Fel turkumida qo`shma fe’llar doim ajratib yoziladi: sotib olmoq, ahd qilmoq, borib kelmoq, bayon etmoq. Qo`shma so`zlar ham yasama so`zlardir.

Juft so`zlar- umumlashtirish, jamlash kabi grammatik ma’nolarni ifodalaydi, chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qozon-tovoq, yaxshi-yomon, ana-mana, eson-omon

Juft so`z qismlari quyidagicha tuziladi:



  • har ikki qismi mustaqil qo`llana oladi: ko`rpa-to`shak, esli-hushli, siz-biz;

  • faqat bir qismi mustaqil qo`llana oladi: egri-bugri, temir-tersak;

  • har ikkala qismi mustaqil qo`llana olmaydi: aji-buji, apil-tapil.

Juft so`z qismlar quyidagi ma’no munosabatlarini hosil qiladi:

  • o`zaro sinonim (ma’nodosh) so`zlardan tuziladi: baxt-saodat, kuch-quvvat;

  • o`zaro antonim so`zlardan tuziladi: uzoq-yaqin, qishin-yozin, katta-kichik;

  • sinonim bo`lmagan, uyadosh so`zlardan tuziladi: ota-ona, qovun-tarvuz.

Ba’zan juft so`zlarda semantik usul bilan yasalish (boshqa so`z turkumiga ko`chish) holati kuzatiladi. Masalan: bordi-keldi, qo`ydi-chiqdi, oldi-berdi fe’llari ot so`z turkumiga ko`chadi: Ularning ko`p yillardan beri bordi-keldisi bor.

Takroriy so`zlar. Bu so`zlar ham juft so`zlar kabi chiziqcha bilan ajratib yoziladi, yasama so`z sanalmaydi. Takroriylik, ko`plik, jamlik kabi grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. O`z onamni elas-elas xotirlayman. Takroriy so`zlar birinchi undosh tovushni o`zgartirish bilan ham hosil qilinishi mumkin: ish-pish, bug`doy-mug`loy, non-pon. Takroriy so`zlarni gapda ketma-ket qo`llangan so`zlardan hamda nutqiy takrorlardan farqlash lozim: Suv toshdan toshga urilib oqadi. O`zingni o`zingga maqtagandan qo`rq. Oyi, oyi, tezroq keling!

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish