OTLARNING MA’NOLARIGA KO`RA TURLARI:
Bir turdagi predmetlardan birining nomini yoki umumiy nomini bildirishiga ko`ra otlar atoqli otlar va turdosh otlarga bo`linadi. bir turdagi predmetlardan bittasini ajratib ko`rsatuvchi. shaxs, narsa yoki joyga atab qo`yilgan otlar atoqli otlar deyiladi: Amudaryo, Zarafshon, Sirdaryo, Nigora.
Atoqli otlarnimani atab kelishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: shaxs nomlari va joy nomlari. Kishilarga atab qo`yilgan nomlar, ularning ismi, familiyasi, taxallusini bildiruvchi atoqli otlar shaxs nomlari deyiladi: Mir Alisher Navoiy , Yusuf xos Xojib, Mahmud Qoshg`ariy, Hasanali, Erkin Bohidov.
Ma’lum bir geografik hududga atab qo`yilgan nomlar joy nomlari deyiladi: Farg`ona, Xatirchi, Chorsu, Italiya, Markaziy Osiyo, O`zbekiston Respublikasi. Mamlakat va o`lka nomlari qo`shma so`z shaklida bo`lganda har bir qism bosh harf bilan yoziladi: Buyuk Britaniya, Amerika Qo`shma Shtatlari, Saudiya Arabistoni, O`rta Osiyo. Tarkibi turdosh otlarning qo`shilishidan hosil bo`lgan joy nomlari qo`shib yoziladi: Oltiariq, Yettisuv, Oqtosh, Bildirsoy, Qizilqum, Yangiobod, Qumqo`rg`on. Tarkibida bo`yi, orti, oldi so`zlari ishtirok etgan joy nomlari qo`shib yoziladi: Orolbo`yi, Kavkazorti.
Atoqli otlar tashkilot, korxona, muassasa nomlarini ham bildiradi: Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Oliy Majlisi, O`zbekiston Milliy universiteti, «vahor» kontsert zali, «O`zbekiston» mehmonxonasi, «Sharq gullari» firmasi.
xalqaro tashkilot va oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so`z bosh harf bilan yoziladi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, vazirlar Mahkamasi, Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi;
vazirliklar. idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan yoziladi: Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Quvasoy tsement zavodi;
turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlarga berilgan shartli nomlar qo`shtirnoq ichida bish harf bilan yoki birinchi qismi bosh harf bilan beriladi: «Istiqlol» saroyi,»Umid gulshani» oromgohi.
Atoqli otlar tarixiy sana va vayram nomlarini ham bildiradi. Tarixiy sana va vayramlarning birinchi nomlari tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan yoziladi: 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni, 9 may – Xotira va qadrlash kuni.
Turdosh otlar bir turdagi shaxs, narsa, o`rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlardir. Turdosh otlar quyidagi ma’noviy guruhlarga bo`linadi:
Shaxs otlari – kim? so`rog`iga javob bo`lib, shaxslarni yoshiga, yashash joyiga, mansabiga, ijtimoiy holatiga, nasl-nasabiga qarindoshlik darajasiga ko`ra nomlab keladi. Masalan: yigit, qiz, ayol, erkak – jins jihatdan; amma, xola, tog`a, amaki - qarindoshlik darajasiga ko`ra; leytenant, dotsent, polkovnik – unvoni jihatdan; tikuvchi, oshpaz, sartarosh – kasb-koriga ko`ra; chol, kampir, bola – yoshiga ko`ra; mahalladosh, qishloqdosh – yashash joyiga nisbatan nomlangan.
Shaxs otlari yasama otlar ham bo`lishi mumkin. Ular shaxs oti yasovchi qo`shimchalar yordamida yasaladi: sinfdosh, suvchi, dorboz, soatsoz, kitobxon kabi.
-lik qo`shimchasi o`rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo`shilib, shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi, Atoqli otlarga qo`shilgan –lik qo`shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: andijonlik, qishloqlik, amerikalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |