SO`Z YASALISHI TAHLILI:
1.Matn tarkibidagi yasama so`zlargina ajratiladi.
2.Matn tarkibidagi yasama so`zlar ma’noli qismlarga ajratiladi.
3.Tahlil jarayonida shakl yasovchi qo`shimchalar inobatga olinmaydi.
4.Agarda so`z tarkibida bir necha so`z yasovchi qo`shimchalar qatnashgan bo`lsa oxirgisi so`z yasovchi qo`shimcha sifatida ajratiladi.
5.Qaysi turkumdan so`z yasalganligi aytiladi.
Namuna: Tepaliklarda qor ostidan zanglagan temir parchalari chiqib turar edi. Ushbu gapda ikkita yasama so`z bor: tepaliklarda – so`zida asos - tepa, yasovchi qo`shimcha – lik, ravishdan ot yasalgan; zanglagan – so`zida asos – zang, la – so`z yasovchi qo`shimcha, otdan fe’l yasalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |