OT YASALISHI
Otlar turli so`z turkumlaridan morfologik, sintaktik va so`zlarni qisqartirish usullari bilan yasaladi. Quyida ot yasalish usullarini ko`rib chiqamiz.
Morfologik usul bilan sodda yasama otlar yasaladi: paxta+kor, arava+soz,qir+g`ich, chop+iq, orom+goh. Ot yasovchi qo`shimchalar beshta ma’noviy guruhga bo`linadi:
shaxs oti yasovchi qo`shimchalar
mavhum ot yasovchi qo`shimchalar
faoliyat-jarayon oti yasovchi qo`shimchalar
o`rin-joy oti yasovchi qo`shimchalar
narsa oti yasovchi qo`shimchalar
Shaxs oti yasovchi qo`shimchalar. Bu qo`shimchalar asosan ot asosdan ot yasaydi.
chi gulchi, suvchi, ishchi, taqachi
dosh sirdosh, sinfdosh, kursdosh
do`z etikdo`z, zardo`z
shunos tilshunos, adabiyotshunos,tabiatshunos
Do'stlaringiz bilan baham: |