Otlarda bo'lishsizlik shakli.
Reja:
Otlarda so'z yasalish:
morfologik usulda ot yasash;
sintaktik usul bilan ot yasash;
abbreviasiya usuli bilan ot yasash;
Otlarda modal shakl yasalishi:
morfologik usul bilan modal shakl yasash;
takrorlash usuli bilan modal shakl yasash
Otlarning tuzilish jihatdan turlari
Otlarda so'z yasalishi.
Ot mustaqil so'z turkumlaridan biri sifatida so'z yasalish xususiyatiga ega. Ot yangi so'zlar hisobiga boyib boradigan so'z turkumidir. Ot so'z turkumiga oid so'zlar asosan, morfologik, sintaktik va abbreviasiya usullari bilan yasaladi.
Morfologik usul bilan ot yasash
Bu usulga ko'ra so'zning leksik ma'no ifoda etuvchi qismiga maxsus ot yasovchi qo'shimchalarni qo'shish bilan yangi ot yasaladi.
Morfologik usul bilan yasalgan otlar ma'no xususiyatlariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
A) Shaxs va kasb-hunar otlarini yasovchi qo'shimchalar. Bu qo'shimchalarga quyidagilar kiradi: -chi, -dosh, -kash, -bon, -boz, -paz, -dor, -shunos, -xon, -soz, -do'z, -gar, -xo'r, -vachcha.
Bu qo'shimchalar, asosan, otga qo'shilib, shaxs va kasb-hunarga (shu mashg'ulot, kasb-hunar bilan shug'ullanuvchi shaxs) oid yangi ot yasaydi: xizmatchi, suratkash, sinfdosh, bog'bon, kaptarboz, oshpaz, chorvador, tilshunos, kitobxon, soatsoz, etikdo'z, zargar, pivoxo'r, xolavachcha kabi
B) Narsa, qurol, o'lchov birligi otlarini yasovchi qo'shimchalar. Bu qo'shimchalarga quyidagilar kiradi: -k (-ik), -ak, -q (-iq, -uq), -oq.
Bu qo'shimchalar asosan, fe'lga qo'shilib, fe'ldan anglashilgan ish-harakatni bajarish uchun qo'llanadigan predmet yoki harakat, holat natijasi bo'lgan predmetning otini yasaydi: kurak, elak, ko'rik, bo'lak, taroq (tara -q), chopiq, yutuq, o'roq kabi
V) O'rin-joy otlarini yasovchi qo'shimchalari. Bu qo'shimchalarga quyidagilar kiradi: -zor, -loq, -iston, -qoq.
Bu qo'shimchalar otga qo'shilib, otdan anglashilgan predmet mavjud bo'lgan, ekiladigan yoki yashaydigan o'rin- joy otini yasaydi: gulzor, o'q O'zbekiston, botqoq kabi.
G) mavhum ot yasovchi qo'shimchalar. Bu qo'shimchalarga quyidagilar kiradi: -lik (-liq), -chilik (garchilik), -gilik (-kilik), -ch(inch).
Bu qo'shimchalar ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, modal so'zlarga qo'shilib yangi mavhum ma'nodagi otlarni yasaydi: go'zallik, borliq, paxtachilik, xafagarchilik, ko'rgilik, ichkilik, ishonch, qo'rqinch kabi.
Sintaktik usul bilan ot yasash.
Bu usulga ko'ra birdan ortiq so'zni ma'lum bir yo'sinda va biriktirish orqali yangi ot yasaladi. O'zbek tilida qo'shma va juft otlar shu usul bilan yasaladi.
A) Qo'shma ot ikki yoki undan ortiq so'zning ma'no va grammatik jihatdan o'zaro tobelanish yo'li bilan birikib, keyinchalik bu sintaktik munosabatning yo'qolishi natijasida hosil bo'lgan va bir predmetni anglatadigan, bir bosh urg'u bilan aytiladigan yangi so'zdir.
Bunday otlarga: belbog', bedapoya, oshqazon, gultojixo'roz, Sirdaryo, so'z boshi kabilar kiradi.
B) Juft otlar. So'zlarning o'zaro teng bog'lanish yo'li birikib, bir predmetni ifoda etadigan yangi so'z.
3)Abbreviasiya usuliga ko'ra, bir butun holda qo'llanadigan otlar yasaladi. Bu usulga ko'ra yasalgan otlar qisqartma otlar-abbreviaturalar deyiladi.
Masalan: DAN (Davlat avtomabil nazorati), AYOQSH (avtomabil ёqilg'i quyish shohobchasi), Tosh DPU (Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti) kabi.
Bu usul bilan faqat ot so'z turkumiga oid so'zlar yasaladi. Abbreviasiya usuli o'zbek tiliga rus tilidan kirgan bo'lsada, lekin hozirgi davr nuqtai-nazaridan qisqrtma otlar o'zbek tilining o'z ichki imkoniyatlari asosida yasalmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |